IV. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar — 100 soat*
7.
|
Davomati va o‘zlashtirishi past o‘quvchilar bilan ishlash. Sport, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rik tanlovlar o‘tkazish. “Barkamol avlod” sport o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish. Darsdan tashqari vaqtda o‘quvchilar bilan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish (guruh rahbarligidan tashqari). Jamoatchilik asosida tashkil etiladigan barcha ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlarga ko‘maklashish va boshqalar***.
|
100 soat
| |
Izoh: * Shaxsiy yillik ish rejalarini ishlab chiqishda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi rahbariyati yillik ish rejasidagi umumiy soatlardan chiqmagan holda bo‘limlar uchun ajratilgan soatlar hajmini mazkur normativlarga nisbatan 30 foizgacha kamaytirishi yoki ko‘paytirishi mumkin.
** Bir stavka dars soati hajmi 800 akademik soat hisoblanadi.
*** Ko‘zda tutilmagan boshqa ishlar qo‘shimcha asoslangan holda ish rejasiga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2015-yil 2-sentabrdagi 38/QQ, 35-Q/Q-son qaroriga
2-ILOVA
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining umumkasbiy va maxsus fanlari o‘qituvchilari uchun namunaviy yillik
ish rejasi
Do'stlaringiz bilan baham: |