T/r
|
Ish turlari
|
O‘quv yili davomidagi soatlar hajmi
|
Izoh
|
I. O‘quv ishlari — 1020 soat*
|
1.
|
Nazariy, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazish.
|
800 soat**
|
O‘quv rejasiga binoan 1 akademik soatga 1 soat yuklama yoziladi.
|
2.
|
Fanlar bo‘yicha konsultatsiyalar o‘tish.
|
40 soat
|
O‘quv rejasida belgilangan yuklamaning 5% hajmida.
|
3.
|
O‘quvchilarning reyting nazorati ishlarini tekshirish. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi ishida ishtirok etish.
|
180 soat
| |
II. O‘quv-metodik, ilmiy va ilmiy-metodik ishlar — 320 soat*
|
4.
|
Nazariy, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazishga tayyorlanish.
|
100 soat
|
Ilgaridan mavjud fanlar yuklamasining 30% yoki yangi yuklatilgan fan yuklamasining 50% miqdorida.
|
5.
|
Ochiq o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish. Mavjud jihozlar asosida o‘quv dasturida belgilangan yangi amaliy mashg‘ulotlar yoki laboratoriya ishlariga uslubiy ishlanmalar tayyorlash. O‘quvchilarni fan olimpiadasi, kasbiy ko‘rik tanlovga tayyorlash. O‘quvchilarni ilmiy konferensiyalarga tayyorlash. Zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo‘llash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish va joriy etish. Darslik yozish. Elektron darsliklar tayyorlash. Multimedia ishlanmalarini tayyorlash. O‘quv qo‘llanmalar tayyorlash. Uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash. Ma’ruza matnlari to‘plamini ishlab chiqish. Fan bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar tayyorlash. Fan, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotidan ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish. Reyting tizimi uchun yangi nazorat savollari (amaliy, test, og‘zaki, yozma va hokazo) ishlab chiqish. Fanga ajratilgan mustaqil ishni qabul qilish. Interaktiv darslar uchun uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish va joriy etish. Ta’lim muassasasi pedagogik kengashi qaroriga binoan ilmiy tadqiqot, tajriba-sinov ishlarini olib borish. Ilmiy maqola, ma’ruza, hisobotlar yozish, ma’lumotlar tayyorlash. Doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish. Ommaviy axborot vositalarida chiqish qilish. Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida o‘qish. Seminar, trening va konferensiyalar o‘tkazish va boshqalar***.
|
220 soat
| |
|