Okoz: 14. 00. 00. 00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14. 01. 00. 00 Sog‘liqni saqlash / 14. 01. 04. 00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash
Download 92.82 Kb.
|
1 2
Bog'liqO‘RQ-399 04.01.2016
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar] [TSZ: 1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat] 17-modda. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari, qoida tariqasida, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Dori vositalarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari yangi farmakologik vositalarni izlashni, keyinchalik ularning xossalarini o‘rganishni, farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining tarkibini ishlab chiqishni, dori moddalarini (substansiyalarni) va dori vositalarini ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqishni, belgilangan tartibda klinik oldi tadqiqotlarni o‘tkazishni, farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining xavfsizligiga, sifatiga va ularning sifatini nazorat qilish usullariga doir talablar ko‘rsatilgan normativ hujjatlarni tayyorlashni o‘z ichiga oladi. Tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari tibbiy buyumlarning yangi turlarini izlashni, keyinchalik ularning texnik xususiyatlarini o‘rganishni, ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqishni, tibbiy buyumlarning xavfsizligiga, sifatiga va ularning sifatini nazorat qilish usullariga doir talablar ko‘rsatilgan normativ hujjatlarni tayyorlashni o‘z ichiga oladi. [OKOZ: 1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika] [TSZ: 1.Iqtisodiyot / Sanoat] 18-modda. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish ularni ishlab chiqarishni hamda ularning sifatini nazorat qilishni tashkil etish qoidalariga muvofiq seriyali ishlab chiqarishdan iborat bo‘lib, u to‘liq texnologik sikl bo‘yicha yoki uning alohida bosqichlari bo‘yicha ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi. Qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini ishlab chiqarish taqiqlanadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1651-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1863-moddasi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, eksport, ilmiy-tadqiqot ishlari, klinik oldi tadqiqotlar va klinik tadqiqotlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amalga oshirilishi mumkin. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilar dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qiluvchi ichki idoraviy xizmatlarga ega bo‘lishi kerak. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tamg‘alash hamda joylash-o‘rash qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-oktabrdagi 365-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Dori vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamenti”ning 5-bobi. [OKOZ: 1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.04.00 Ulgurji savdo; 2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar bo‘yicha savdo] [TSZ: 1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar ko‘rsatish] 19-modda. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilar hamda dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish hamda saqlash qoidalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalarini va tibbiy buyumlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilardan, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi boshqa tashkilotlardan, shuningdek dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chet ellik ishlab chiqaruvchilardan hamda ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlardan xarid qilish huquqiga ega. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalarini va tibbiy buyumlarni farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlarga, tibbiyot tashkilotlariga, shuningdek dori vositalaridan va tibbiy buyumlardan tibbiyotda qo‘llash maqsadida o‘z ehtiyojlari uchun foydalanuvchi tashkilotlarga realizatsiya qilish huquqiga ega. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning omborxona binolari sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga javob berishi kerak. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning omborxona mudiri farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini xarid qilish hamda ulgurji realizatsiya qilish taqiqlanadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1651-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1863-moddasi. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan “Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 14-iyuldagi PF-916-sonli “Respublikada dori-darmonlar sotishni tartibga solish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi PQ-2647-sonli “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish” qoidalari 13-bandning o‘n birinchi xatboshisi. [OKOZ: 1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar bo‘yicha savdo] [TSZ: 1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar ko‘rsatish] 20-modda. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faqat dorixonalar hamda ularning filiallari tomonidan amalga oshiriladi. Dori vositalarini chakana realizatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi retseptlar bo‘yicha yoki tasdiqlangan Retseptsiz beriladigan dori vositalarining ro‘yxatiga ko‘ra retseptsiz amalga oshiriladi. LexUZ sharhi Qarang: “Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qo‘llash tartibi, shuningdek dorixonalar tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 2118, 29.06.2010-y.) 10 — 21 va 30 — 38-bandlari va nizomga 2-ilova, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2019-yil 12-noyabrdagi 96-sonli “Retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i. O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki dorixonalar tomonidan tayyorlangan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishga ruxsat beriladi. Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana realizatsiya qilish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1651-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1863-moddasi. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan “Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi PQ-2647-sonli “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2000-yil 14-dekabrdagi 635-sonli “Dorixona va tibbiyot muassasalarida tramadol dori vositasini saqlash, hisobini olib borish va berish qoidalari to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 996, 29.12.2000-y.). 21-modda. Dorixona Dorixona dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni, shuningdek ularni tayyorlashni amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi shaklida tashkil etilishi mumkin. Dorixonalarning filiallari, davolash-profilaktika muassasalarining dorixonalari ham dorixonalar jumlasiga kiradi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 4-bobining 1 (“Umumiy qoidalar”) va 2 paragraflari (“Tijorat tashkilotlari”), Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 284-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Farmatsevtika faoliyatini (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bundan mustasno) litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizom. Dorixonalar sanitariya va gigiyena ashyolarini, shifobaxsh oziqlantirish mahsulotlarini, ma’danli suvlarni, shuningdek davolash-kosmetika mahsulotlarini, biologik faol qo‘shimchalarni realizatsiya qilishni ularning qo‘llanilishi va realizatsiya qilinishi uchun tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirishi mumkin. Dorixona mudiri oliy farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Dorixona filialining mudiri farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, berish, realizatsiya qilish qoidalariga va ularning sifatini ta’minlovchi saqlash sharoitlariga dorixonalar tomonidan rioya etilishi kerak. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Qonunning 20, 22, 23-moddalari. Dorixonalar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga javob berishi kerak. LexUZ sharhi Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Bosh sanitar vrachi tomonidan 2007-yil 29-dekabrda 0243-07-son bilan tasdiqlangan “Tayyor dori vositalari va tibbiyot buyumlarini realizatsiya qilish bo‘yicha dorixonalar va ularning filiallari tuzilishiga qo‘yiladigan sanitariya qoidalari va normalari”. 22-modda. Dorixonalarda dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash Dori vositalari dorixonalarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalaridan (substansiyalardan) tayyorlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Tayyorlashga ruxsat etilgan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilmagan dori vositalarini tayyorlash taqiqlanadi. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, shuningdek ularni saqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilaydigan tartibda dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi. 23-modda. Dori vositalarini, tibbiy buyumlarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilib tashlash Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlarga, tibbiyot tashkilotlariga, shuningdek dori vositalaridan va tibbiy buyumlardan tibbiyotda qo‘llash maqsadida o‘z ehtiyojlari uchun foydalanuvchi tashkilotlarga dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlashga ruxsat beriladi. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash hamda tashish ularning xavfsizligi, sifati va but saqlanishi ta’minlanadigan sharoitlarda amalga oshirilishi kerak. Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini realizatsiya qilish maqsadida saqlash, tashish taqiqlanadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1651-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1863-moddasi. Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalari, shuningdek muomaladagi dori vositalari va tibbiy buyumlar ularning inson sog‘lig‘iga zararli ta’sirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda muomaladan chiqarilishi va yo‘q qilib tashlanishi kerak. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida nizom” 13-bandining to‘rtinchi xatboshisi, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan “Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini, shuningdek muomaladagi dori vositalari va tibbiy buyumlarni ularning inson sog‘lig‘iga zararli ta’sirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda muomaladan chiqarish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom”gi nizom. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yo‘q qilib tashlash ularning egalari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 5-bob. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni eksport va import qilish, olib kirish hamda olib chiqish [OKOZ: 1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport; 2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import] [TSZ: 1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import] 24-modda. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni eksport va import qilish Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni eksport va import qilish, shu jumladan ilmiy-tadqiqot ishlari, klinik oldi tadqiqotlar, klinik tadqiqotlar o‘tkazish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘rgazmalarda, yarmarkalarda, xalqaro anjumanlarda namoyish etish uchun mo‘ljallangan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni eksport va import qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi PQ-2647-sonli “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-fevraldagi 22-sonli “Import qilinadigan iste’mol tovarlarining ayrim turlarini markirovka qilish va bojxonada rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-maydagi 127-sonli “O‘zbekiston Respublikasiga iste’mol tovarlari olib kirishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-fevraldagi 49-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 211-moddasining 6-bandiga asosan import qilinganda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar qo‘llanilmaydigan dori vositalari ro‘yxati”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 132-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 211-moddasining 6-bandiga asosan import qilinganda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar qo‘llanilmaydigan dori vositalari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom, “Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan xomashyolar ro‘yxati” (ro‘yxat raqami, 1952, 08.05.2009-y.). Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini import qilish taqiqlanadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksning 24-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 29-yanvardagi PQ-1913-sonli “Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatdoshliligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qarori. Oldingi tahrirga qarang. Orfan dori vositalari hamda orfan kasalliklarga tashxis qo‘yishda va ularni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar importi, o‘ta xavfli infeksiyalar, shuningdek epidemiologik jihatdan xavf tug‘diradigan infeksiyalar profilaktikasida, ularga tashxis qo‘yishda hamda ularni davolashda qo‘llaniladigan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyurtmasi bo‘yicha import qilinadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda tibbiy texnika importi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan holda amalga oshirilishi mumkin. (24-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-629-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son) [OKOZ: 1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.01.00 Alohida turdagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish] [TSZ: 1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari] 25-modda. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni quyidagi hollarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan hamda bojxona rasmiylashtiruvisiz olib kirish va olib chiqishga ruxsat beriladi, agar ular: mamlakatda bo‘lish davrida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa; O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning hududidan tashqarida yashab turgan bemorni davolash-profilaktika muassasasi tomonidan tasdiqlangan tibbiy ko‘rsatma asosida, davolash kursi doirasida davolash uchun mo‘ljallangan bo‘lsa; diplomatik vakolatxonalarning va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning diplomatik hamda ma’muriy-texnik xodimlari, shu jumladan ular bilan birga yashab turgan oila a’zolarining shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lsa; O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan yoki uning hududidan chiqib ketayotgan transport vositasining yo‘lovchilariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan va tibbiy dorilar qutichasi tarkibiga kiritilgan bo‘lsa. Xalqaro ilmiy, madaniy, sport tadbirlarining ishtirokchilarini hamda xalqaro ekspeditsiyalarning ishtirokchilarini davolash uchun mo‘ljallangan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni olib kirish hamda olib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 8-iyundagi 191-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi nizom. 6-bob. Yakunlovchi qoidalar 26-modda. Nizolarni hal etish Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 27-modda. Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi (“Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar”), O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javbgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 164, 1651-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186, 1863-moddalari. (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 1-son, 3-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son) Download 92.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling