Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining ahamiyati reja. Oksidlanish-qaytarilish jarayonlari. Oksidalinish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzish usullari. Oksidlanish va qaytarilish jarayonlari


Download 75.37 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi75.37 Kb.
#1496085
1   2   3
Bog'liq
ERGASHEVA SITORA (2)

Demak oksidlovchi qaytariladi, va qaytaruvchi oksidlanadi. Oksidlanish–qaytarilish bir-biriga bog‘liq jarayonlardir. Masalan: |-2e-↓ |-2 e- ↓ 1) Mg+Cl2= Mg2+Cl-2; 2) H02+Cu2 + O =H+2O+Cu Bu reaksiyada magniy xlorga elektron berib qaytaruvchi, xlor bu elektronlarni qabul qilib oksidlovchi, ikkinchi reaksiyada esa vodorod qaytaruvchi, mis ioni oksidlovchidir. Element atomi oksidlanganda uning oksidlanish darajasi ortadi, qaytarilganda esa oksidlanish darajasi pasayadi. Masalan: Sn2+-2e= Sn4+ jarayonida qalayning oksidlanish darajasi +2 dan +4 gacha ortdi, Cr6++3e=Cr3+ jarayonida xromning oksidlanish darajasi +6 dan +3 gacha kamayadi. Element atomi o‘zining eng yuqori oksidlanish darajasida (masalan: S6+, Р5+, Cl7+, Cu2+, Mn7+ ionlarda) boshqa elektron yo‘qota olmaydi va faqat oksidlovchi xossasini namoyon qiladi. Va aksincha, element atomi o‘zining eng kichik oksidlanish darajasida uziga elektron qabul qila olmaydi va faqat qaytaruvchi xossasini namoyon qiladi. Agar element atomi o‘zining o‘rtacha oksidlanish darajasiga ega bo‘lsa, u eritmaning muhitiga qarab yo oksidlovchi yoki qaytaruvchi xos-sasini namoyon qiladi.

Ion-elektron metodi yordamida eritmalarda boradigan oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarining to‘liq tenglamalarini tuzish uchun quyidagi tartibga rioya qilish kerak. 1 Reaksiya uchun olingan va reaksiya natijasida hosil bo‘ladigan mahsulotlarning tarkibini bilish, ya’ni reaksiyaning molekulyar tenglama yozish zarur. 2 Elektrolitik dissotsilanish nazariyasiga binoan reaksiyaning ion sxemasini yozish kerak. 3 Ayrim holda oksidlanish–qaytarilish jarayonlarini ion-elektron tenglamasini yozishda quyidagilarga asoslanadi. a) Ayni element atomlarining soni tenglamaning ung va chap tomonlarida teng bo‘lish kerak.(«material balans») b) Reaksiya uchun olingan modda tarkibida kislorod kam bo‘lsa, kislotali muhitda (vodorod ioni bilan birikib) suv hosil qiladi. Neytral yoki ishqoriy muhitda esa ajralib chiqqan kislorod suv bilan birikib, gidroksid gruppani hosil qiladi. v) Reaksiya uchun olingan modda tarkibida kislorod ko‘p bo‘lsa kislotali va neytral muhitda suv, ishqoriy muhitda gidroksid-ioni hosil bo‘ladi. g) oksidlanish va qaytarilish jarayonlarining umumiy zaryadi tenglamaning chap va ung tomonlarida bir-biriga teng bo‘lishlari kerak («elektrik balans»).


Download 75.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling