Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining ahamiyati reja. Oksidlanish-qaytarilish jarayonlari. Oksidalinish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzish usullari. Oksidlanish va qaytarilish jarayonlari
Download 75.37 Kb.
|
ERGASHEVA SITORA (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- –oksidlanish jarayoni
Ion-elektron metodi. Eritmada boradigan oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarining to‘liq molekulyar tenglamalarini tuzishda elektron-balans metodidan foydalanib oksidlanish darajasi tushunchasini ishlatish o‘zining fizik mahnosini yo‘qotadi. Chunki elektron balans metodida ishlatiladigan Cr6+, Mn7+, N5+ va boshqa kationlar eritmada umuman bulmaydi. Ular suvli eritmada suvning kislorodi bilan birikib, Cr0-4,Mn0-4, N0-3 ionlar xolida mavjud bo‘ladi. Bundan tashkari, elektron–balans metodi oksidlanish-qaytarilish jarayonida gidroksid va vodorod ionlari hamda suv molekulalarining rolini ko‘rsatmaydi. Shuning uchun ham suvli eritmalarda boradigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzishda ion-elektron metodidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu metodda koeffitsientlar ion-elektron tenglama yordamida topiladi. Ion-elektron tenglamaning elektron –balans tenglamadan farqi shuki, unda elektrolitik dissotsilanish nazariyasiga binoan suvli eritmada xakikatdan mavjud bo‘lgan ionlar yoziladi.Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzishda elektron - balans va ion-elektron (yarim reaksiyalar) metodlaridan foydalaniladi. Elektron-balans metodi yordamida oksidlanish-qaytarilish reak-ciyalarining tenglamalarini tuzishda oksidlovchi va qaytaruvchilarni qabul kilgan va yo‘qotgan elektronlar sonini aniqlash kerak. Kay-taruvchining umumiy yo‘qotgan elektronlar soni, oksidlovchining umu-miy qabul kilgan elektronlar soniga teng bo‘lishi kerak. Masalan, alyuminiyning kislorod bilan oksidlanish reaksiyasi misol bo‘ladi: Al+O2= Al2O3 Reaksiya tuzilishidan ko‘rinadiki reaksiyadan oldin alyuminiyning oksidlanish darajasi nolga, reaksiyadan keyin esa +3 ga teng.Kislorodning oksidlanish darajasi esa noldan –2 gacha uzgardi. Oksidlanish darajasining bu o‘zgarishini elektron tenglamalar bilan ifodalaymiz; Al- 3e-= Al3+ 4qaytaruvchi O2+4e-=2O2- 3 oksidlovchiAnorganik kimyodagi barcha reaksiyalarni ikki turga bo‘lish mumkin: 1.Reaksiyaga kirishuvchi elementlarning oksidlanish darajasi uzgar-may koladigan reaksiyalar, 2. Oksidlanish darajasi o‘zgarishi bilan boradigan reaksiyalar. Birinchi tur reaksiyalarga almashinish, parchalanish va birikish reaksiyalari misol bo‘la oladi. Masalan: НСl+КОН=КСl+Н2О CaCO3→CaO+CO2 ^ Bu misollarda xech qaysi elementning oksidlanish darajasi o‘zgarmaydi. Ikkinchi tur reaksiyalarga sikib chikarish va boshqa reaksiyalar misol bo‘la oladi. Bunday reaksiyalar oksidlanish –qaytarilish reaksiyalari deyiladi . Ularda elektronlar bir atom yoki ionlardan ikkin-chi atom yoki ionlarga utadi. ^ Uziga elektron biriktirib olgan atom, ion, molekulalar oksidlovchi deb, elektron yo‘qotadigan atom, ion, molekulalar qaytaruvchi deyiladi. Elektron biriktirib olish jarayoni–qaytarilish jarayoni deb, elektron berish jarayoni –oksidlanish jarayoni deyiladi.Yo‘qotilgan va qabul qilib olingan elektronlar soni teng bo‘lishi uchun umumiy ko‘paytuvchini aniqlaymiz va elektronlar sonini tenglab, tarkibida oksidlanish darajasini uzgargan elementi bo‘lgan molekulalarni oldiga qo‘yamiz. 4Al+3O2=2Al2O3 Ikkinchi misol fosforning nitrat kislota bilan oksidlanishi: P + HNO = H3PO4 + NO uchun elektron tenglama yozsak: P0-5e=P5+ │3│qaytaruvchi H5++3e=H2+│5│oksidlovchi Reaksiyadagi oksidlovchi va qaytaruvchilar oldiga topilgan sonlarni yozamiz: 3P+5HNO3=3H3PO4+5NODownload 75.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling