Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining mohiyati. 2 Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining turlari


Download 371.5 Kb.
bet3/11
Sana14.05.2023
Hajmi371.5 Kb.
#1461228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
oksidlanish

Oksidlanish darajasi. Ayni birikma batamom ionli tuzilishga ega deb faraz
qilinganda, uning tarkibidagi biror elementning shartli zaryadi o'sha elementning
oksidlanish darajasi deyiladi. Elementlarning oksidlanish darajasini aniqlashda
quyidagilarga rioya qilinadi:
1. Erkin holda elementlarning oksidlanish darajasi 0 ga teng deb qabul
qilingan.
2. Vodorodning oksidlanish darajasi metall bilan hosil qilgan
gidridlaridan boshqa hamma birikmalarida +1 ga teng: H2 +1O, H2 +1SO4, H+1Cl, H2 +1S
Gidridlarda bo 'lsa, uning oksidlanish darajasi −1. Masalan, NaH.
3. Peroksid va ftor bilan hosil qilgan birikmalardan boshqa hamma
holatlarda kislorodning oksidlanish darajasi −2 ga tengdir. Masalan,
H2O−2, HNO3−2, SO3−2. Peroksidlarda kislorodning oksidlanish darajasi−1 ga teng.
Masalan, H2O2−1, H− − O−1 − O−1 − H, Na2O2, Na−O−1 − O−1 − Na. Ftor bilan
hosil qilgan birikmalarda kislorodning oksidlanish darajasi +1(O2 +1F2−1) va
+2(O+2F2−1) ga teng.
4. Metallarning oksidlanish darajasi birikmalarda doimo + qiymatli
bo'ladi va u asosan, metall joylashgan gruppaning raqamiga teng bo'ladi. Masalan,
natriyning oksidlanish darajasi +1, kalsiyning oksidlanish darajasi +2, aluminiyning
oksidlanish darajasi +3.
Murakkab modda tarkibidagi barcha elementlarning oksidlanish darajalari
yig'indisi nolga tengligini nazarda tutish kerak. Masalan, KMnO4 tarkibidagi
marganes atomining oksidlanish darajasini aniqlash zarur. Buning uchun kaliyning
oksidlanish darajasini +1 va kislorodnikini −2 deb olib, marganesning oksidlanish
darajasi 𝑥 quyidagi tenglama asosida topiladi:
+1 + 𝑥 + (−2) ⋅ 4 = 0, bunda 𝑥 = +7
Sulfat kislotadagi oltingugurtning oksidlanish darajasi:
H21+SxO4 2−, (+1) ⋅ 2 + 𝑥 + (−2) ⋅ 4 = 0, 𝑥 = +6dir. Sulfit kislotadagi oltingugurtning oksidlanish darajasi:
H21+SOO32−, (+1) ⋅ 2 + 𝑥 + (−2) ⋅ 3 = 0, 𝑥 = +4 dir.
Ayrim hollarda bunday yo'l bilan topilgan oksidlanish darajasi unchalik to’g’ri bo'Imasligi mumkin. Masalan, Na2 1+S2 xO3
(+1)2 + 2𝑥 + (−2) ⋅ 3 = 0, = +2
Bunday holda birikmaning struktura formulasini tuzish talab etiladi:

Bu yerda oltingugurtning bittasi +4, ikkinchisi 0 oksidlanish darajasiga egadir. Yoki natriy persulfatni olib (Na21+S2 xO8 2−) ko radigan bo'lsak,
(+1) ⋅ 2 + 2𝑥 + (−2) ⋅ 8 = 0, 𝑥 = +7
Oltingugurtning oksidlanish darajasi +7 ga o'xshaydi, bunday bo'lishi mumkin emas, ya'ni oltingugurtning yuqori oksidlanish darajasi +6 dir. Agar struktura formulasini yozadigan bo 'lsak:

oltingugurtning oksidlanish darajasi +6, kislorodniki −1 va −2 dir.

Download 371.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling