Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining mohiyati. 2 Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining turlari


Download 371.5 Kb.
bet6/11
Sana14.05.2023
Hajmi371.5 Kb.
#1461228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
oksidlanish

Zn+2HCl= ZnCl2+ H2







+2 +6

+4

Cu0+ H2S+6O4 = CuSO4-2 + SO2 + H2O
Yuqoridagi misollarda (neytrallanish, almashinish, parchalanish) elementlarning oksidlanish darajasi o‘zgarmagan edi. Ikkinchi xil reaksiyalarda bo‘lsa elementlarning oksidlanish darajasi, masalan Zno dan Zn+2 ga o‘zgardi.Cu o dan +2 ga , oltingugurt bo‘lsa +6 dan +4 ga o‘zgardi.
Elementlarning oksidlanish darajasi o‘zgarishi bilan boradigan reaksiyalarga oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deyiladi.
Oksidlanish darajasi atomning molekuladagi shartli zaryadi bo‘lib, u
molekula hosil qilishda atom nechta elektron bergani yoki olganini ko‘rsatadi. Oksidlanish darajasi umumlashgan elektron juftning elektomanfiyligi kattaroq
element atomi tomon siljishi tufayli vujudga keladi. Elektron juftni o‘z tomoniga siljitgan element atomi manfiy oksidlanish darajasiga, o‘zining elektron juftini berayotgan element atomi esa musbat oksidlanish darajasiga ega bo‘ladi. Oksidlanish darajasi musbat, manfiy yoki nolga teng bo‘lishi mumkin. Ba‘zan kasr oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan elementlar ham uchraydi.
Barcha oddiy moddalar uchun oksidlanish darajasi nolga teng. P0, Cl20, H20, C0, Al0, Cr0 va hokazo.
Vodorodni birikmalardagi oksidlanish darajasi +1 ga teng. Faqat metal gidridlarida vodorodni oksidlanish darajasi -1ga teng (K+1H-1, Ca+2H-2, Al+3H3-1).
Kislorodning oksidlanish darajasi ko‘pchilik birikmalarda -2 bo‘ladi:H2O -2 , PbO2-2 , HNO3-2,KMnO4-2 va hokazo. Faqat peroksidlarda kislorodning oksidlanish darajasi -1 ga teng: H2O2-1, Na2O2-1, BaO2-1 va boshqalar.Faqat birgina birikma, u ham bo‘lsa OF2 da kislorodning oksidlanish darajasi +2 ga teng bo‘ladi.
Metallarning oksidlanish darajasi har doim musbat va odadda son jihatdan metallning valentligiga teng: Na+12SO4, Ca+2(NO3)2,Al+3 (SO4)3 va boshqalar.
Agar murakkab modda ikkita elementdan tashkil topgan bo‘lsa bu elementlarning oksidlanish darajasi valentlikka teng, lekin u + yoki - ishoraga ega bo‘ladi. Masalan, H+Cl-, H2+S-2, S+6O3-2, Mn2+7O7-2 va bosqalar.


Download 371.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling