Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining mohiyati. 2 Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining turlari
Download 371.5 Kb.
|
oksidlanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muxim qaytaruvchilar
Muxim oksidlovchilar:
1.Oddiy moddalar: F2, Cl2, Br2,J2, O2,S. Kimyoviy reaksiyalar vaktida bu moddalar elektronlar biriktirib olib, manfiy zaryadlangan zarrachalarni xosil kiladi: F−, Cl−, Br−, J−, O2−, S2−. 2.Kislorodli kislotalar : H2SO4, HNO3 va ularning tuzlari : KMnO4( kaliy permanganat), K2Cr2O7 ( kaliy bixromat ); xlorning kislorodli kislotalari ( HClO, HClO3, HClO4 ) va ularning tuzlari ( gipoxloritlar , xloratlar va perxloratlar) ; ba'zi kislotalarning angidridlari, masalan, CrO3 (xrom (VI) - oksid ), Mn2O7 ( marganes (VII)- oksid ), O3 ( ozon) , N2O2 ( vodorod peroksid ), metallarning peroksidlari (Na2O2, SaO2) va boshqalar. 3.Metallarning yukori oksidlanish darajasiga ega bo'lgan ionlari , masalan Fe3+, Au3+, Cu2+, Sn4+. Muxim qaytaruvchilar: 1.Metallar, ayniksa ishkoriy-yer metallar ( Li, Na, K va boshqalar ) va ishkoriy-yer metallari( Ca, Sr, Ba). 2.Vodorod, uglerod ( koks), uglerod (II) - oksid CO. 3.Kislorodsiz kislotalar va ularning tuzlari : gidridlar tarkibidagi vodorod ioni N − (NaH, KH, CaH2 va boshqalar ). Ba'zi moddalar sharoitga qarab xam oksidlovchi, xam qaytaruvchi vazifasini bajarishi mumkin (masalan, HNO2, H2SO3 ). Oksidlanish- qaytarilish reaksiyalari tabiatda keng tarqalgan bo‘lib ularga nafas olish, oksidlanish, fotosintez kabi reaksiyalarni olish mumkin. Analitik kimyoda keng qo‘llaniladigan oksidometriya oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga asoslangan bo‘lib, eritmadagi oksidlovchi va qaytaruvchilarning miqdorini hajmiy analiz bilan aniqlash usulidir. klinik va tibbiiy kimyoda, biologik farmatsiyada, Oksidometriya tekshiruvlarda, masalan, Cu2+ , K+ ionlari konsentratsiyasini, aseton, gidroxinon, antipirin, askorbin kislotani, fermentlardan katalaza peroksidini aniqlashda keng qo‘llaniladi. Barcha kimyoviy reaksiyalarni ikkiga bo‘lish mumkin. Birinchi xil reaksiyalarda jarayonda ishtirok etayotgan moddalar tarkibidagi elementlarning oksidlanish darajasi o‘zgarmay qoladi. Masalan, neytrallanish reaksiyasi, almashishish, ba‘zi parchalanish va birikish reaksiyalarini olish mumkin: HCl+NaOH=NaCl+H2O MgCO3=MgO+CO 2 CaCl2+K2CO3=2KCl+CaCO3 SO3+H2O=H2SO4 Ikkinchi xil reaksiyalarda bir yoki bir necha elementlarning oksidlanish darajasi o‘zgaradi:
Download 371.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling