Oksidlar Elementlarning kislorodli birikmalari oksidlardir
Download 36.16 Kb.
|
ó ǵ ú á I ń
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kislotali oksidlar
- Ishlatilishi. Karbonat angidrid – CO 2 .
- Kremniy (IV) oksid SiO 2
Na2O CaO Al2O3 CO2 N2O5,
Asosli oksidlar Metallarning kislorod bilan hosil qilgan ko'pchilik oksidlari asosli oksid hisoblanadi. Na2O, K2O, MgO, CuO, BaO, CaO,FeO kabi oksidlar ularga misol bo'ladi. Bu oksidlarni asosli deyilishiga sabab, ularga tegishli asoslar muvofiq keladi. Masalan, Na2O ga NaOH (natriy gidroksid), CaO ga Ca (OH) 2, CuO ga Cu(OH) 2 muvofiq keladi. Asosli oksidlar, asosan metallarning oksidlari bo’lib , metall atomlari musbat (+1,+2,+3….) oksidlanish darajasiga ega bo’lib, kislorod atomlari (-2) oksidlanish darajasiga ega bo’ladi.Kislorod atomi II valentli, metal atomlari I,II, ba’zan III valentli bo’ladi. Olinishi. 1. Asosli oksidlar metallar bevosita kislorod bilan birikkanda hosil bo'ladi: 4Na+O2→2Na2O; 2Ca+O2→2CaO 2.Asoslar (gidroksidlar)ning parchalanishidan hosil bo'ladi: Ca(OH)2→ CaO + CO2 ; Cu(OH)2 → CuO+H2O; 2Fe(OH)3 → Fe2O3+3H2O ; 3. Tuzlarning parchalanishidan hosil bo'ladi: СаСО3 → CaO + CO2; (CuOH)2CO3 → 2CuO+H2O+CO2; Mg(HCO3)2 →MgO + H2O + 2CO2; Cu(NO3)2→ CuO + NO + O2 ; Na2CO3 → Na2O + CO2; Ca3(PO4)2→CaO + P2O5; 4.Metall sulfidlarini kuydirish yo’li bilan olinadi: 2CuS + 3O2 → 2CuO + 2SO2 ; 2MnS + 3O2 →2MnO + 2SO2 Kimyoviy xossalari. 1. Asosli oksidlarning ayrimlari oddiy sharoitda suv bilan birikib suvda eriydigan asos (ishqor)lami hosil qiladi: K2O + H2O→2KOH; СаО+Н2О→Са(ОН)2; MgO+H2O→Mg(OH)2; 2. Kislotalar bilan reaksiyaga kirishganda tuz va suv hosil bo 'ladi: CuO + H2SO4→CuSO4 + H2O; FeO + 2HCl→FeCl2 + H2O; CaO + 2CH3COOH → Ca(CH3COO)2 + H2O; CuO + 2HNO3 →Cu(NO3)2 + H2O; 3. Kislotali oksidlar bilan reaksiyaga kirishganda tuz. hosil bo 'ladi: CaO + CO2 →CaCO3; CaO + P2O5 →Ca3(PO4)2; FeO + SiO2 → FeSiO3; Na2O + CO2 → Na2CO3; K2O + SO2 → K2SO3; Fizikaviy xossalari. Asosli oksidlarning barchasi qattiq moddalar bo’lib, kristall va amorf tuzulishga, o’ziga xos rangga ega : FeO (qoramtr) Ag2O, CuOqora, CaO,Na2O,K2O,MgO,MnO-oq rangli , CoO-ko’kimtir yashil, NiO-yashil. 73 Ishqoriy metallarning oksidlari suvda yaxshi eriydi , ishqoriy-yer metallari oksidlari qisman, boshqa asosli oksidlar suvda yomon eriydigan moddalar.Yuqori tempraturalarda suyuqlanuvchan, elektr tokini o’tkazmaydigan birikmalardir. Ishlatilishi. Tabiatda uchraydigan asosli oksidlardan temir (FeO, Fe2O3, Fe3O4 va mis CuO oksidlari bevosita metall (temir va mis) olishda xomashyo sifatida ishlatiladi. ZnO, Fe2O2 va Cr2O2 kabi oksidlar bo'yoqlar tarkibini tashkil qiladi. Bir qator metallarni kislorodsiz tabiiy birikmalardan ajratib olishda oraliq mahsulot sifatida ulaming oksidlari hosil qilinib, keyin metall ajratib olinadi. Kalsiy oksid - CaO .Turmushda keng qo'llaniladigan asosli oksidlardan biri. kalsiy oksid. U tabiatda keng tarqalgan tabiiy ohaktoshni (CaCO3) kuydirish yo'li bilan olinadi. CaO -so'ndirilmagan ohak qurilish sanoati uchun asosiy xom ashyo materiali bo’lib hisoblanadi.Undan turli qorishmalar, sement tayyorlanadi. Tuproqning kislotaliligi ortib ketganda ma’lum miqdorda uni neytrallash uchun ham ishlatiladi. Daraxtlar va boshqa o’simliklardagi zararkunandalarni bartaraf etish uchun uning suvli eritmalaridan foydalanish yaxshi natija beradi. Kimyoviy moddalar ishlab chiqarishda ham katta ahamiyatga ega , metallurgiya va oziqovqat sanoatida ham ishlatiladi. Kislotali oksidlar Suv bilan ta’sirlashib kislotalarni hosil qiluvchi oksidlarga kislotali oksidlar deyiladi. Metallmaslaming kislorod bilan hosil qilgan birikmalari kislotali oksid hisoblanadi. СO2, SO2, P2O5, SO3, N2O5, CI2O7 kabi oksidlar ularga misol bo'ladi. Bu oksidlami kislotali deyilishiga sabab ularga tegishli kislotalar muvofiq keladi. Masalan, CO2 ga H2CO3 (karbonat kislota), SO2 ga H2SO2, (sulfit kislota), P2O5, ga H3PO4 (ortofosfat kislota), SO3 ga esa H2SO4 (sulfat kislota) N2O5 ga HNO3 (nitrat kislota) , CI2O7 ga HCIO4 (perxlorat kislota) muvofiq keladi. Ayrim yuqori valentlikka ega bo'lgan metallaning oksidlari ham kislotali oksidlar xossasiga ega bo'ladi. Bunday oksidlarga СгО3 (xrom (VI)-oksid), Mn2O7 (marganes (VII)-oksid) MnO3 (marganes (VI)-oksid)lar misol bo'lib, ularga 74 H2CrO4 (xromat), HMnO4 (permanganat) va H2MnO4 (manganat) kislotalar muvofiq keladi. Сг2О3, Mn2O7, MnO3 kabi metallarning yuqori oksidlanish (+6, +7….) darajalaridagi oksidlari kiradi. Ularni “angidrid” lar (suvsizlantirilgan kislotalar) nimi bilan yuritiladi. Nomlanishi. Odatda kislotali oksidlami nomlashda metallmasning nomi yozilib, undan keyin qavs ichida uning valentligi yoziladi va oksid so'zi qo'shiladi. Masalan, CO2 - uglerod (IV)-oksid; SO3 - oltingugurt (VI)-oksid N2O3 - azot (III)-oksid Olinishi. 1. Kislotali oksidlar metallmaslar bevosita kislorod bilan birikkanda (kislorod muhitida yonganda) hosil bo'ladi: 1.Metallmaslarning havo kislorodida yonishi natijasida: C + O2→ CO2 ; S + O2→ SO2; 4P + 5O2 → 2P2O5; 2.Kuchsiz (beqaror) kislotalar tuzlariga kuchli kislotalar ta’sir ettirib, ba’zi hollarda qizdirish natijasida: Na2CO3 + 2HCl → 2NaCl + H2O + CO2 ↑ K2SO3 + 2HCI → 2KCI + H2O + SO2 ↑ Na2SiO3 + H2SO4 → Na2SO4 + H2O + SiO2 3.Birikmalarni oksidlash (yondirish) usuli bilan: 4NH3 + 5O2 → 4NO + 6H2O 2NO + O2 → 2NO2 CuS + O2 → CuO + SO2 2CO + O2 → CO2 4.Kislotalar tarkibidan suvni ajratish (degidratlash) usuli bilan: H2SiO3 → SiO2 + H2O H2CO3 → H2O + CO2 ↑ HClO4 + P2O5 → H3PO4 + CI2O7 H2C2O4 → H2O + CO2 + CO 75 5.Metall oksidiga metallmaslarning ta’siri natijasida: HgO + 2CI2 → HgCI2 + CI2O (gipoxlorid angidridi) 6.Metallar va metallmaslarga kislota eritmalarini ta’sir ettirish yo’li bilan hosil qilinadi: Cu + 4HNO3(k) → Cu(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O Cu + 2H2SO4(k) → CuSO4 + SO2 + 2H2O 2H2SO4 + C → 2SO2 + 2H2O + CO2 Kimyoviy xossalari. 1. Suv ta’sirida tegishli kislotalarni hosil qiladi: 2NO2 + 2H2O → HNO3 + HNO2 SO2 + 2H2O → H2SO3 P2O5 + 2H2O → H3PO4 MnO7 + H2O → HMnO4 2.Asos (ishqor)lar bilan reaksiyaga kirishib tuz va suv hosil qiladi: CO2 + 2NaOH → Na2CO3 + H2O yoki CO2 + 2NaOH → NaHCO3 SO3 + KOH → K2SO4 + H2O yoki SO3 + KOH → KHSO4 N2O5 + Ca(OH)2 → Ca(NO3)2 + H2O 2Cu(OH)2 + CO2 → (CuOH)2CO3 + H2O 3.Asosli oksidlar bilan birikib tuzlarni hosil qiladi: CO2 + Na2O → Na2CO3 CaO + CO2 → CaCO3 K2O + SiO2 → K2SiO3 MnO + SO3 → MnSO4 Fizikaviy xossalar. Kislotali oksidlar gazsimon (CO2 , SO2) , suyuq ( SO3 , Cl2O5,) , qattiq (P2O5, N2O5 , Сг2О3, Mn2O7) holatlarda bo’ladi. Ayrimlari suvda kam eriydi (SiO2), gazsimon oksidlarning bosimi ortishi bilan suvda eruvchanligi ortadi. Suvli eritmalari nordon ta’mli bo’ladi. Ular Сг2О3 – qizg’ish sariq , P2O5, N2O5 , SiO2 oq rangli, V2O5 - sariq , Mn2O7 – qoramtr binafsha ranglarda bo’ladi. Ishlatilishi. Karbonat angidrid – CO2 . Karbonat angidrid havoning doimiy tarkibiy qismi bo’lib , uning 0.03 % ini tashkil etadi.O’simliklarning asosiy ozuqasi.Barcha yashil o’simliklar havodan bargi orqali karbonat angidridni , ildizi orqali suvni olib , quyosh nuri ta’sirida ularni organik ozuqa moddalarga – qandlarga aylantiradi va havoga kislorodni ajratib chiqaradi. Bu jarayon – fotosintez deb ataladi. Karbonat angidriddan salqin ichimliklarni gazlashda keng foydalaniladi.Sovituvchi vosita sifatida karbonat angidridning qattiq holga keltirilgani – “ quruq muz” dan foydalaniladi. Karbonat angidrid kir yuvish sodasi, ichimlik sodasi va boshqa ko’plab moddalar ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi[48]. Kremniy (IV) oksid SiO2 - kremniy (IV) oksid ham tabiatda keng tarqalgan oksid bo’lib, asosan, qum shaklida uchraydi. Qum eng muhim qurulish materiallaridan hisoblanadi. Kremniy bu oksidining kristall tuzulishi o’ziga xos bo’gan turi kvars deb ataladi. Ultrabinafsha nurlarni to’liq o’tkazish xuxusiyatiga ega bo’lganligi uchun kvars tibbiyotda ultrabinafsha nur bilan ishlovchi asboblarda qo’llaniladi. Qiyin suyuqlanuvchan bo’lganligi undan kimyoviy shisha idishlar tayyorlash imkonini beradi. Kvarsning turli tabiiy ko’rinishlari : ametist , sapfir , xalsedon, yoqut minerallari –qimmatbaho va yarim qimmatbaho zargarlik toshlari sifatida ham ishlatiladi. Undan tashqari , yarimo’tkazgichlar fizikasi uchun kremniy yarimo’tkazgichi tayyorlashda asosiy material hisoblanadi. Download 36.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling