Oksidlar Elementlarning kislorodli birikmalari oksidlardir


Oltingugurt (VI) oksid SO


Download 36.16 Kb.
bet3/5
Sana13.12.2022
Hajmi36.16 Kb.
#1000522
1   2   3   4   5
Bog'liq
ó ǵ ú á I ń

Oltingugurt (VI) oksid SO3. Oltingugrtning bu oksidini sulfat angidrid
deb ham ataladi. Bu oksid tabiatda erkin holda uchramaydi. Uni temir kolchedanini
kuydirishda hosil bo’ldigan sulfit angidridni (oltingugurt (IV) oksid SO2) oksidlab
olinadi. Asosan sulfat kislota ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Sulfat kislota esa
ko’plab boshqa moddalar , dorivor preparatlar olishda asosiy xom ashyolardan
hisoblanadi, individual tarzda avtomabillar akkumulator batareyalarida ishlatiladi.
Azot (IV) oksid NO2. Bu oksid tabiatda uchramaydi. Asosan sintetik
yo’lbilan olinadi va nitrat kislota ishlab chiqarish uchun sarflanadi. Nitrat kislota
esa azotli mineral o’g’itlar nitrobirikmalar, ko’plab dorivor moddalar ishlab
chiqarishda asosiy manbalardandir.
77
Amfoter oksidlar. Ayrim elementlarning oksidlari ham asosli, ham
kislotali xossalarga ega bo'ladi. Bunday oksidlar amfoter oksidlar deyiladi.
Amfotr oksidlar qatoriga BeO, ZnO, Аl2О3, Cr2O3,Sb2O5, PbO, PbO2,MnO2, SnO2 ,
Fe2O3, kabi oksidlar misol bo'ladi. Ular kislotalar bilan ham, asoslar bilan ham
reaksiyaga kirishib, tuz va suv hosil qiladi. Masalan:
ZnO+2NaOH→Na2ZnO2+H2O
ZnO+2HCl→ZnCl2+H2O
Olinishi: 1.Ko’pchilik boshqa oksidlar qatori bu oksidlar ham kislorod
bilan ayni elementlarning o’zaro bevosita ta’sirlashuvi natijasida hosil bo’ladi.
4Al + 3O2 → 2Al2O3
2Zn + O2 → 2ZnO
2.Gidrooksidlarni termik parchalab olinadi.
2Al(OH)3 → Al2O3 + 3H2O
Be(OH)2 → BeO + H2O
3.Ayrim tuzlarni termik parchalab olinadi.
(NH4)2Cr2O7 → N2 + Cr2O3 + 4 H2O
BeCO3 → BeO + CO2

Download 36.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling