Oktabr oy mavzusi: kuz ranglari kirish


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana23.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1046191
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Октябр 1-ҳафта ривожлантирувчи

KUZ RANGLARI
1-hafta
Mavsumiy o‘zgarishlar. 
ko‘chib yuruvchi qushlar
OKTABR
OKTABR


QURILISH, KONSTRUKTORLASH 
VA MATEMATIKA MARKAZI
1.1
BOLALAR MAYDONCHASINI QURAMIZ
Maqsad: 
kubiklar va qurilish bloklaridan bolalar maydonchasini rejalashtirish va qurish.
Vazifa: 
1. 
hajmli shakllar haqidagi bilimlarni kengaytirish va ularni qurilishda ishlata olish;
2. 
ranglarni farqlashni va geometrik shakllarni o‘zaro taqqoslashni o‘rganish.
Uskunalar va materiallar: 
kubiklar, geometrik shakllar, lego figuralari, arg‘imchoq elementlari.
Faoliyat jarayoni: 
1. 
«Bolalar maydoni» mavzusidagi rasmni tomosha qilish;
2. 
Bolalar tomonidan ishni rejalashtirish;
3. 
Bolalar maydonchasini qurish.
Qo‘shimcha ravishda: 
o‘z kompozitsiyasini kichik o‘yinchoqlar bilan to‘ldirish (aravachalar, qiyaliklar, 
o‘yinchoqlar, daraxtlar va boshqalar), badiiy so‘z bilan hamrohlik qilish. 
E’tibor qaratish: 
1. 
bolalarning jamoada ishlash qobiliyati;
2. 
tasavvurni rivojlantirish


LAVHA-ROLLI O‘YINLAR 
VA SAHNALASHTIRISH MARKAZI
1.2
ONALAR VA QIZLAR
Maqsad: 
oila a’zolarini bilish va nomlash. 
Vazifa: 
1. 
oila a’zolariga hurmatni tarbiyalash;
2. 
sahnalashtirish jarayoniga jalb qilish;
3. 
oilaning kichik a’zolariga g‘amxo‘rlikni shakllantirish. 
Uskunalar va materiallar: 
sumkalar, fartuklar, ona va qiz uchun qo‘shimcha kiyimlar, o‘yinchoq idishlar, 
qo‘g‘irchoqlar, soch aksessuarlari, kiyimlar, bezaklar. 
Faoliyat jarayoni: 
1. 
O‘z oila a’zolarini nomlash;
2. 
«Onalar-qizlar» lavha o‘yinini rejalashtirish;
3. 
Lavha-rolli o‘yinlarni ijro etish.
Qo‘shimcha ravishda: 
bolalar yangi oilaviy lavhani ijro etishlari mumkin (masalan, mehmonlarning kelishiga 
tayyorgarlik ko‘rish). 
E’tibor qaratish: 
1. 
bolalarning oilada muloqot qilish qobiliyati;
2. 
vaziyatlarni ijro etish qobiliyati.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling