Oktabr oy mavzusi: kuz ranglari kirish
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Октябр 1-ҳафта ривожлантирувчи
- Bu sahifa navigatsiya:
- QURILISH, KONSTRUKTORLASH VA MATEMATIKA MARKAZI 1.6
SAN’AT MARKAZI
1.5 TABIIY MATERIALDAN CHIZILGAN RASM Maqsad: chizishda noan’anaviy usullarni bilish va ulardan foydalanish. Vazifa: 1. rasm chizishning noan’anaviy usullari haqida bilimlarni shakllantirish; 2. estetik didni tarbiyalash; 3. tasavvur va xayolotni rivojlantirish. Uskunalar va materiallar: qushlarning rasmlari to‘plami, qog‘oz, bo‘yoqlar, guash, an’anaviy bo‘lmagan rasm chizish uchun tabiiy materiallar (patlar, barglar, paxta, novdalar va daraxt yong‘oqlari). Faoliyat jarayoni: 1. Markaz materiallarini ko‘rib chiqish; 2. An’anaviy bo‘lmagan rasm chizish texnikasini o‘rgatish; 3. Rasm va tabiiy materialni tanlash; 4. Bolalarning amaliy ishlari. Qo‘shimcha ravishda: ko‘rgazmani tashkil etish. E’tibor qaratish: 1. tasavvurni va mayda motorikani, 2. toza ishlash va gigiyena me’yorlariga rioya qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish. QURILISH, KONSTRUKTORLASH VA MATEMATIKA MARKAZI 1.6 QUTIDAM «QUSHLAR UCHUN OZIQLANISH JOYI» Maqsad: quti yordamida qushlar uchun oziqlanish joyini rejalashtirish va konstruktorlash. Vazifa: 1. kuzda oziqlanish joyining maqsadi haqidagi bilimlarni kengaytirish; 2. konstruktorlashda ranglar va shakllarni o‘zaro taqqoslash qobiliyatini takomillashtirish. Uskunalar va materiallar: har xil o‘lchamdagi qutilar, yelim, yopishtiriladigan tasma, qaychi, o‘rash qog‘ozi yoki bo‘yoqlar. Faoliyat jarayoni: 1. Oziqlanish joylarining turlari tasvirlangan rasmlar; 2. Bolalar tomonidan ishni rejalashtirish; 3. Oziqlanish joyini tayyorlash va tashkil qilish; 4. Oziqlanish joyini namoyish qilish. Qo‘shimcha ravishda: nisbatan katta o‘lchamdagi oziqlanish joylarini bog‘ hovlisidagi daraxtlarga o‘rnatish. E’tibor qaratish: 1. bolalarning jamoa bilan ishlash qobiliyati; 2. oziqlanish joyidan foydalanish va uning xavfsizligiga e’tibor berish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling