Oktabr oy mavzusi: kuz ranglari kirish


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana23.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1046191
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Октябр 1-ҳафта ривожлантирувчи

TIL VA NUTQ MARKAZI
1.7
MAVZU BO‘YICHA TOPISHMOQLAR 
VA TEZ AYTISHLAR
Maqsad: 
topishmoqlar hamda tez aytishlarni bilish va ayta olish. 
Vazifa: 
1. 
bolalarni faol suhbatga jalb qilish;
2. 
nutqning ifodaliligiga e’tiborni qaratish. 
Uskunalar va materiallar: 
topishmoqlar va tez aytishlarga oid rasmlar. 
Faoliyat jarayoni: 
1. 
«Qushcha» barmoqlar gimnastikasini ijro etish;
2. 
Bolalar tomonidan o‘zaro topishmoqlarni aytish;
3. 
Rasmlar bilan ishlash yoki AKT;
4. 
Tez aytishlarni qaytarish va jamoa bilan birgalikda o‘qish.
Qo‘shimcha ravishda: 
bolalar kuz haqidagi qiziqarli hikoyalarni eslaydilar.
E’tibor qaratish: 
1. 
topishmoqlarni va tez aytishlarni to‘g‘ri ayta bilish;
2. 
do‘stlarni tinglash qobiliyati,
3. 
kuzatish va tabiatga muhabbatni shakllantirish.


ILM-FAN VA TABIAT MARKAZI
1.8
TABIIY BO‘YOQLAR
Maqsad: 
sabzavot va mevalardan bo‘yoq ranglarini ajratish.
Vazifa: 
1. 
sabzavot va mevalarning ajoyib xususiyatlari haqida bilimlarni shakllantirish 
(lavlagi, sabzi, apelsin);
2. 
mantiqiy fikrlashni rivojlantirish: tajribalar o‘tkazish, tahlil qilish va xulosa 
chiqarish. 
Uskunalar va materiallar: 
fartuk, sabzavotlar, mevalar, kesish taxtasi, pichoq, qo‘lda sharbat chiqargich, idishlar, 
oq mato bo‘laklari, oq qog‘oz.
Faoliyat jarayoni: 
1. 
“Tabiatdan olingan bo‘yoqlar” mavzusidagi rasmni tomosha qilish;
2. 
Sabzavot va mevalardan rangni ajratish bo‘yicha tajriba o‘tkazish;
3. 
Oq matoni bo‘yash;
4. 
Xulosalarni aniqlash va jadvallarni to‘ldirish: har bir rang uchun tegishli sabzavot 
yoki mevani chizish. 
Qo‘shimcha ravishda: 
qog‘ozda tabiiy bo‘yoqlar bilan chizishga harakat qilish.
E’tibor qaratish: 
1. 
tajribalar o‘tkazish va xulosalar chiqarish qobiliyati;
2. 
ish joyini tozalash.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling