Oktabr Toshkent shahrida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni gʻoliblarini aniqlash boʻyicha komissiya bayoni №
Download 96 Kb.
|
bayon marafon 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raislik qiluvchi
- A.Sobirxonov
- Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi bosh direktori O.Toʻychiyev soʻzga chiqib, quyidagilar haqida maʼlumot berib oʻtdi
- QAROR QILADI
“T A S D I Q L A Y M A N ” Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi Bosh direktori _________________ O.Toʻychiyev 2022-yil ____ oktabr Toshkent shahrida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni gʻoliblarini aniqlash boʻyicha komissiya BAYONI №____
KUN TARTIBI: “Technoways” texnologik rivojlanish marafoni Respublika bosqichini tashkil etish, gʻolib boʻlgan loyihalarni moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida (O. To‘ychiyev, A. Sobirxonov, D. Nuriddinov) Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi bosh direktori O.Toʻychiyev soʻzga chiqib, quyidagilar haqida maʼlumot berib oʻtdi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-sonli qarori bilan tasdiqlangan 38.3-bandida “Technoways” texnologik rivojlanish marafoni (keyingi o‘rinlarda marafon deb yuritiladi) Respublika bosqichi g‘oliblarini aniqlash va “Bo‘lajak olim” dasturlari doirasida o‘rnatilgan tartibda moliyalashtirish belgilangan bo‘lib, mazkur marafonning Respublika bosqichi joriy yilning 17-19-oktabr kunlari Toshkent shahrida joylashgan “INNO” Innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnopark binosida bo‘lib o‘tdi. Marafonda 90 nafar ishtirokchilar tomonidan 72 turdagi tekstil, oziq-ovqat, qurilish materiallari, elektrotexnika, charmsanoat, farmatsevtika, robototexnika kabi yoʻnalishlardagi innovatsion ishlanmalar va mahsulotlar namoyish etildi, qolgan 18 nafar ishtirokchilar Respublika bosqichida o‘zlarining innovatsion g‘oyalari bilan qatnashishdi. Ishtirokchilarning ishlanmalarini baholash boʻyicha komissiya tomonidan har bir ishtirokchining gʻoya va loyihalari koʻrib chiqilib, baholandi. Yuqoridagilarni inobatga olib, Komissiya QAROR QILADI: “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni ishtirokchilarini baholash boʻyicha komissiya aʼzolari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Tanlov komissiya aʼzolari tomonidan koʻrib chiqilgan loyihalarni baholash varaqalari ilova qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin. “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni Respublika bosqichi gʻoliblari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlansin. Tanlov tashkilotchilari tomonidan Respublika bosqichi gʻoliblari va oʻtkazish natijalari yuzasidan OAV larda keng yoritilsin hamda yopilish va gʻoliblarni taqdirlash marosimi yuqori saviyada tashkil etilsin. Mazkur bayonda belgilangan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisining Iqtidorli yoshlarni loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i D. Nuriddinov zimmasiga yuklatilsin. Download 96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling