Октябрь 2020 17-қисм
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
8Fizika matematika 2 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriya mashg’ulotlarini aralash bajarish usuli.
- Siklik usul.
Октябрь 2020 17-қисм
Тошкент 2. Laboratoriya mashg’ulotlarini aralash bajarish usuli. 3. Siklik (yoki mavzu bo‘yicha) Frontal usul. Har bir o‘quvchi ma’ruzada o‘tilgan mavzuga taalluqli muayyan bir ishni bajarish imkoniga ega bo‘ladi. Ushbu usul darsni tashkil qilish va o‘tkazishni, dars davomida o‘quvchilarning faoliyat ini boshqarib borishni yengillashtiradi. Frontal usul laboratoriyalarda bir xil qurilmalardan bir nechta bo‘lishi, lozim bo‘lganda laboratoriya xonalarining va barcha o‘quvchilarning bir xil mazmunli va bir tartibdagi vazifalarning bajara olishiga sharoit tug’dirishini talab qilinadi. Bundan tashqari laboratoriya ishlarining bir xilligi, qiyin o‘zlashtiradigan o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini chegaralaydi hamda boshlang’ich kurs o‘quvchilarining dastlabki bilimlarining puxta shakllanishiga imkon beradi. Ushbu usuldan fizika fani laboratoriya ma shg’ulotlarining boshlang’ich davrlarida foydalanish mumkin. Laboratoriya mashg’ulotlarini aralash bajarish usuli. Har bir o‘quvchi ma’ruzada o‘tilgan yoki o‘tilmaganidan qat’iy nazar alohida-alohida laboratoriya ishlarini bajaradi. Bu ishlarning mazmuni ham, bajarish usuli ham turlicha. Laboratoriya va ma’ruza mavzularining bir-biri bilan mos kelmasligi o‘quvchilarning tegish li adabiyot bilan mustaqil ishlashga o‘rgatadi, fikrlash jarayonlarini faollashtiradi. Ammo, kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, laboratoriya mashg’ulotlarini o‘tkazish uchun kam soat ajratilgan oliy o‘quv yurtlarida bu usul ba’zan muammolarni tug’diradi, chunonchi, o‘quvchilarning mustaqil ishlashlari uchun vaqtning yetishmasligi sezilib qoladi. Lekin ushbu usul oliy o‘quv yurtlarining yuqori kurslarida o‘qitiladigan maxsus fanl ar bo‘yicha yaxshi natijalarga olib keladi. Siklik usul. Bu usulda esa praktikumga kiritilgan laboratoriya ishlari, umumiy fizika kursining ma’lum bo‘limlari asosida yoki biron-bir fizik kattalikning turli o‘lchash usullarini birlashtirish yo‘li bilan gruppalanib tashkil qilinadi, bu usul laboratoriya va ma’ruza mashg’uloti mavzularini moslashtirish imkonini beradi, laboratoriya ishlarining gruppalanishida samarali variantlarni qo‘llashga ko‘maklashadi. Umumiy fizika kursining har bir bo‘limiga doir laboratoriya ishlari ikki gruppaga bo‘linib, ikki siklda o‘tkaziladi: birinchi siklga kiritilgan ishlarni o‘lchov asboblari bilan tanishuv va fizik tajriba o‘tkazish texnikasini o‘rganish ishlari gruppasi deb ataladi. Ular semestrning dastlabki 3-4 haftasi davomida bajariladi. Ma’ruzada o‘tilgan mavzularni mustahkamlashga doir kasbiy va ijodiy xarakterga ega bo‘lgan laboratoriya ishlari esa aosiy praktikum ishlari hisoblanadi va ma’ruzaning yirik mavzulari bo‘yicha gruppalangan. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Budarina S.À., “Fizikadan laboratoriya mashg’ulotlari” Ò O‘qituvchi 1993 2. Isroilov À.À. “ Fizikadan eksperimental vazifalar” Ò.: O‘qituvchi,1993. 3. http://www.allforchildren.ru/sci/index physics.php |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling