Oʻlchanadigan kattaliklarning


Download 0.79 Mb.
bet3/6
Sana22.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1381253
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ularning turlari. Xalqaro temperatura shkalasi

3.2. Nomlangan shakalar. Tartib (qator) shkalari
Berilgan kattalikni oʻlchash uchun boshlangʻich asos boʻlib xizmat qiladigan kattalik qiymatlarining tartibga keltirilgan majmui kattalik shkalasi deyiladi. Oʻlchashlar nazariyasida oʻlchashlar shkalasining beshta asosiy turi mavjud nomlangan shkala tartib shkalasi oraliq shkalasi nisbat shkalasi va absolyut (mutlaq) shkala (3.4-rasmga qarang).
Nomlangan shkalalar, ularda:
- ekvivalentlik munosabatlari qoʻllanishi mumkin
- tartib munosabati (masalan, “katta - kichik”) qoʻllanilmaydi - proporsionallik munosabati qoʻllanilmaydi
- jamlash munosabati qoʻllanilmaydi - nol kriteriyasi mavjud emas
- oʻlchash birligi mavjud emas.
Nomlangan shkalalar yordamida sifat tavsiflari yoziladi, bunda quyidagi oʻlchovlar ishlatiladi ranglar atlasi va boshqa rang oʻlchovlarixromo-kobaltli shkala.



3.4-rasm. Oʻlchash shkalasi turlari.

3.5-rasm. Nominal shkalaga misol: ranglar atlasi.

Tartib (qator) shkalasi oʻlchanadigan kattaliklarning oʻsish yoki kamayish tartibida joylashgan oʻlchamlari, unda:
- ekvivalentlik munosabati qoʻllaniladi
- tartib munosabati (“katta-kichik” turidagi) qoʻllaniladi - proporsionallik munosabati qoʻllanilmaydi
- jamlash munosabati qoʻllanilmaydi - nol tushunchasi mavjud yoki yoʻq - oʻlchash birligi mavjud emas. Misol
Moosa minerallarining qattiqlik shkalasi(Brinnel, Vikkers, Rokvell, Shor va b) jismlarning qattiqlik shkalalariyorugʻlik sezuvchan shkalalari(yorugʻlik sezuvchanlik) ishqorli, yodli, gidroksilli, efirli sonlarshamol kuchining balli (Bofort shkalasi boʻyicha, yer silkinish (qimirlash) kuchi (Rixter shkalasi boʻyicha),
atom elektrostansiyalaridagi portlashlar (MAGATE shkalasi byicha) va buzilishlarga mustahkamligi.
Quyidagi 3.1-jadvalda qattiqlikning minerologik shkalasi keltirilgan.
3.1-jadval Qattiklikning minerologik skalasi
Ball Qattiqlik 0 Talk qattiqligidan kichikroq
1 Talk qattiqligiga teng yoki undan katta, ammo gips qattiqligidan past
2 Gips qattiqligiga teng yoki undan katta, ammo ohak shpati qattiqligidan past
3 Ohak shpatiqattiqligiga teng yoki undan katta, ammo flyuorit (плавиковыйшпат - минерал CaF2) qattiqligidan past
4 flyuorit (плавиковый шпат - минерал CaF2) qattiqligiga teng yoki undan katta, ammo apatit qattiqligidan past
5 Apatit qattiqligiga teng yoki undan katta, ammo dala shpati qattiqligidan past 6 Dala shpati qattiqligiga teng yoki undan katta, ammo kvars qattiqligidan past 7 Kvars qattiqligiga teng yoki undan katta, ammo topoza qattiqligidan past
8 Topoza qattiqligiga teng yoki undan katta, ammo korund qattiqligidan past 9 Korund qattiqligiga teng yoki undan katta, ammo olmos qattiqligidan past
10 Olmos qattiqligiga teng yoki undan katta

Tartib (qatorlar) shkalasini oʻtkazilgan eksperimentlar natijasi asosida, tanlab olingan tayanch (reper) nuqataga nisbatan ma’lim ketma-ketlikda hosil qilish mumkin. Bunda shartli ravishda harflar bilan belgilangan har bir qiymat oʻzidan oldingi qiymatdan katta, oʻzidan keyin keluvchi qiymatdan esa kichik boʻladi, ya’ni quyidagi shart bajarilishi kerak: Q1 < Q2 < Q3 < … < Qn.
Agar shkalada tayanch (reper) nuqtalarni belgilashda raqamlar qoʻllanilsa, u holda ular ballar deb ataladi.
3.6-rasmda tartib (qatorlar) shkalasini qurish grafigi tasvirlangan.
3.6-rasm. Tartib (qatorlar) shkalasini quirsh.

Tartib (qatorlar) shkalasida hech qanaqa matematik amallar aniqlanmaydi. Tartib (qatorlar) shkalasidan Qi – kattalik qanday aniq qiymatga ega ekanligini, shuningdek u Qj – kattalika nisbatan necha marta (yoki qanch qiymatga) katta yoki kichik ekanligini aniqlash mushkul. Shunday boʻlsada tartib (qatorlar) shkalasi ancha keng qoʻllanilishga ega [25].


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling