Oʻlchanadigan kattaliklarning


Download 0.79 Mb.
bet6/6
Sana22.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1381253
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ularning turlari. Xalqaro temperatura shkalasi

3.8-rasm. Nisbat shkalasiga misol.

Absolyut shkalalar, bularda:
 ekvivalentlik munosabati qoʻllaniladi;
 qatorlar munosabati (masalan, “katta-kichik”) qoʻllaniladi;
 proporsionallik munosabati qoʻllaniladi;  bir qiymatli, tabiiy nol kriteriyasi
mavjud;
 oʻlchash birligi tushunchasi mavjud. Misol:
1. Kuchaytirish va kuchsizlantirish koeffisiyentlari.
2. Tebranma tizimning aslligi (dobrotnost). 3. Foydali ish koeffisiyenti, aks ettirish
koeffisiyenti, amplituda modulyasiya koeffisiyenti va boshqalar.

3.8-rasm. Absolyut shkalaga misol: haroratning Kelvin shkalasi.

3.8-rasmda asosiy shkalalarning ierarxik strukturasi tasvirlangan.



3.8-rasm. Asosiy shkalalarning ierarxik strukturasi.

3.9-rasmda keltirilgan misol orqali shkalalar haqida aniqroq tasavvurga ega boʻlish mumkin.




3.5. Xalqaro temperatura shkalasi
1990 yilgi Xalqaro Harorat Shkalasi (XHSh-90), 1989 yilda, 18 - OʻTXK talabiga binoan, 1968 va 1948 – yillarda qabul qilingan Xalqaro Amaliy Harorat Shkalasi (XAHSh - 68, XASh - 48), hamda, 1927 yildagi Xalqaro Harorat Shkalasi (XHSh - 27) larning oʻrnini bosuvchi shkala sifatida, Oʻlchov va Tarozilar Xalqaro Qoʻmitasi tomonidan joriy qilingan edi. Ushbu XHSh-90 ham, avvalgilariga oʻxshaydi, lekin unda, tayanch nuqtalar uchun, yanada aniqroq qiymatlar belgilanganligi, hamda, keng diapazonlarda qoʻllash imkoniyati va termodinamik shkalaga yana hamyaqinroqekanligiga koʻra, anchatakomillashgandir. Bushkalada ham, termodinamik harorat T ning birligi Kelvin (K) boʻlib, u suvning uchlanma nuqtasining termodinamik haroratining 1/273,16 qismi sifatida qabul qilingan. Bu harorat, mazkur shkala uchun yagona tayanch nuqtasi hisoblanadi va u, termometrlarni XHSh - 90 ga koʻra sozlashda asosiy oʻrin tutadi.
Selsiy shkalasidagi harorat oʻlchov birligi – Selsiy gradusining °C ning qiymati bilan, kelvin gradusi K ning qiymatiga teng. Haroratlar farqi, Kelvin gradusida ham, yoki, selsiy gradusida ham ifodalanishi mumkin. Muzning erish harorati, XHSh-90 da ham, XAHSh-68 dagi kabi, 0 °C (273.15 K) etib belgilangan, lekin, suvning qaynash harorati, XHSh-90 da 99.975 °C (±0.005 °C noaniqlik bilan) tarzida belgilangan, XAHSh-68 da esa, bu qiymat 100.00 °C ga teng edi. Kiritilgan oʻzgartirishlar, gaz termometriyasi yordamida qayd qilingan oʻta aniq oʻlchash natijalariga koʻra amalga oshirilgan boʻlib, bunda asosiy e’tibor, yutilish effektining ahamiyatiga asoslangan edi (muayyan haroratda, sferik idish devorlariga yutilgan gazdagi turli aralashmalar, nisbatan yuqori haroratlarda qayta ajralib chiqib, gazning umumiy bosimining ortishiga sabab boʻladi).
XHSh-90, monoxromatik nurlanish uchun Plank qonuniga koʻra amaliy oʻlchash mumkin boʻlgan haroratni 0,65 Kga orttirib qoʻyadi. Umuayyan aniq qayd etilganva tajribada osonqayta hosilqilinadiganharoratnuqtalariga asoslaganboʻlib, koʻplab harorat diapazonlari uchun, hisob boshi va tayanch nuqtasi sifatida xizmat qiladi.
XHSh-90 harorat shkalasi toʻrtta diapazonga taqsimlangan. 0,65 K dan 5 K gacha boʻlganharoratdiapazoni, 3He va 4He ningbosim-haroratbogʻliqligiga asosan aniqlangan. 3 K dan 24,5561 K gacha boʻlgan harorat diapazoni esa, Neonning uchlanma nuqtasiga asoslangan holda ishlaydigan, oʻta aniq sozlangan Geliyli gaz termometri yordamida hosil qilingan. 13,8033 K (vodorodning uchlanma nuqtasi) dan, 1234.93 K (kumushning qotish harorati) gacha boʻlgan diapazon, muayyan nuqtalardagi aniq qayd qilingan harorat qiymatlariga tayangan holda, oʻta aniq sozlangan platinali qarshilik termometrlarida aniqlangan. 12343,93 K dan yuqori harorat diapazonlari, Plank nurlanish qonuni nuqtai nazaridan, hamda unga muvofiq
keluvchi usul, oltinning qotish harorati 1337,33 K kabi, muayyan aniq belgilangan harorat qiymatiga koʻra aniqlangan.
Biz shunga alohida urgʻu beramizki, 1 K va 1 °C daraja qiymatlari (ya’ni shkaladagi boʻlinmalari) oʻzaro teng. Shu tufayli ham, biz haroratlar farqi ∆T boʻyicha ish koʻrayotganimizda, harorat intervallari har ikkala shkalada aynan bir xil boʻladi. Moddaning haroratining 10°C ga ortishi, bu aynan, 10 K ga ortishi ham demakdir. Ya’ni,
∆𝑇(𝐾) = ∆𝑇(°𝐶)
Ba’zi termodinamik ifodalarda, harorat T tarzida keltiriladi va uning °C da, yoki K da ekanligi haqidagi savol ochiq qoldiriladi. Agar soʻz haroratlar farqi (𝑎 = 𝑏∆𝑇 kabi ) haqida borayotgan boʻlsa, ulardan istalganidan foydalanish mumkin. Lekin, agar ifodalarda, haroratlar farqidan boshqacha boʻlgan (𝑎 = 𝑏𝑇 kabi) harorat nazarda tutilgan boʻlsa, unda, K qoʻllanilishi lozim. Agar ifoda uchun birlik tanlashda ikkilanishlar paydo boʻlsa, doimo K ni tanlagan ma’qul, chunki, termodinamik ifodalar uchun K ni qoʻllash oʻrinsiz yoki, xato boʻladigan holatning oʻzi yoʻq, lekin, agar °C dan foydalanilsa, natijaning xatolikka uchrashi ehtimoli yuqori boʻlgan termodinamik ifodalar bisyor.

Mavzuni takrorlash uchun:
1. Kattalik shkalasi deganda nimani tushunasiz? 2. Skalalarning qanday turlari mavjud?
3. Nomlangan shkalar haqida tushuncha bering.
4. Tartib (qatorlar) shkalasi va uning qoʻllanilishi haqida aytib bering. 5. Intervalllar shkalasi qanday hosil qilinadi?
6. Nisbat shkalasi nima?
7. Absolyut shkala haqida tushuncha bering.
8. Xalqaro temperatura shkalasi haqida ma’lumot bering.
Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling