O‘lchash natijalariga matematik ishlov berish. Reja: O‘lchash vositalari standartlashtirilmagan
Download 73.99 Kb.
|
O‘lchash natijalariga matematik ishlov berish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Standartlashtirilmagan
- Avtomatik o‘lchash
O‘lchash natijalariga matematik ishlov berish. Reja: 1.O‘lchash vositalari standartlashtirilmagan, 2. O‘lchash natijalariga matematik ishlov berish. O‘lchash vositalari standartlashtirilmagan, standartlashtirilgan, avtomatik, avtomatlashtirilgan va intellektual o‘lchash vositalariga bo‘linadi. Standartlashtirilmagan o‘lchash vositasiga texnikaviy yoki metrologik xossalari davlat standarti talablariga muvofiq bo‘lmagan o‘lchash vositalari kiradi. Bunday vositalar ishlab chiqarishning ichki ehtiyojlarida qo‘llanilishi mumkin. Standartlashtirilgan vositalar Davlat standart talablariga muvofiq bo‘ladi. Avtomatik o‘lchash vositasi bevosita o‘lchash hamda o‘lchash natijalarini hisoblash, qayd qilish, uzatish va boshqaruvchi signallarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq barcha ishlarni avtomatik tarzda o‘zi bajaradigan intellektual o‘lchash vositasi bo‘lib, xotiraga ega bo‘ladi va o‘lchash vaqtida berilgan dastur bo‘yicha tanlashni, o‘lchash natijalariga ishlov berishni, ularni baholashni, shuningdek, boshqa vazifalarni mustaqil ravishda avtomatik tarzda bajaradi. Ma’lumotlar belgilanishiga ko‘ra o‘lchash vositalari quyidagicha klassifikatsiyalanishi mumkin: 1) shkalali o‘lchash vositalari; 2) raqamli o‘lchash vositalari; 3) o‘ziyozar o‘lchash vositalari. O‘lchash vositalarining barcha ekspluatatsion xossalari ularning metrologik xarakteristikalari deb ataladi. Bu xarakteristikalar O‘zRSТ 8.009-94 da keltirilgan bo‘lib, o‘lchash vositalarini tanlashda o‘ta zarur omillardan hisoblanadi. Shuning uchun ham quyida amalda keng qo‘llanuvchi boshqa metrologik xarakteristikalarni ko‘rib chiqamiz. Xatolik. Xatolik o‘lchashning asosiy xarakteristikalaridan hisoblanadi. ГОСТ (Davlat standarti) 1626-3-70 ga ko‘ra o‘lchash xatoligi o‘lchash natijalarining o‘lchanayotgan kattaliklarining haqiqiy qiymatlaridan og‘ishidir. O‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati uchun namunaviy o‘lchash vositalari yordamida aniqlash mumkin bo‘lgan qiymat qabul qilinadi. Ba’zan o‘lchash vositalari xatoliklarini nolga yaqin ekanligini ko‘rsatuvchi va ularning sifatini aks ettiruvchi o‘lchash vositalarining aniqligi tushunchasi qo‘llaniladi. Download 73.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling