O‘lchash natijalariga matematik ishlov berish. Reja: O‘lchash vositalari standartlashtirilmagan


Download 73.99 Kb.
bet5/5
Sana18.06.2023
Hajmi73.99 Kb.
#1583989
1   2   3   4   5
Bog'liq
O‘lchash natijalariga matematik ishlov berish.

O‘lchash vositasining sezgirligi. O‘lchash vositasining chiqish kattaligi orttirmasi y ning shu orttirmani hosil qilgan kirish kattaligining o‘zgarishi ga nisbati o‘lchash vositasining sezgirligi deb ataladi. Sezgirlik S harfi bilan belgilanadi va quyidagicha ifodalanadi:
.
Statik xarakteristikasi chiziqli bo‘lgan o‘lchash vositasining sezgirligi o‘zgarmas, nochiziq statik xarakteristikasiga ega o‘lchash vositasining sezgirligi esa o‘zgaruvchan bo‘ladi.
O‘lchash vositasining doimiysi. Sezgirlikka teskari bo‘lgan miqdorshkala bir bo‘lagining qiymati yoki o‘lchash vositasining doimiysi deb ataladi:

O‘lchash vositasining boshlang‘ich sezgirligi. O‘lchanayotgan kattalikning o‘lchash vositasi yordamida o‘lchash mumkin bo‘lgan eng kichik o‘zgarishi o‘lchash vositasining boshlang‘ich sezgirligi yoki sezgirlik ostonasi deb ataladi.
O‘lchash vositasining o‘lchash diapazoni. O‘lchanayotgan kattalikning yo‘l qo‘yilgan xatoligi normallashtirilgan qiymatlari sohasi o‘lchash vositasining o‘lchash diapazoni deyiladi.
O‘lchash vositasi metrologik xossalarining vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaslik xususiyati uning mo‘tadilligidir.
Zanjirga ulangan o‘lchash asbobi ma’lum miqdorda quvvat iste’mol qiladi va kichik quvvatli zanjirlarda uning ish holatini o‘zgartiradi hamda qo‘shimcha xatolikni yuzaga keltiradi. O‘lchash asbobi iste’mol qilayotgan quvvat uning kirish qarshiligining qiymati bo‘yicha belgilanadi.
O‘lchash vositasining ishonchliligi uning asosiy xarakteristikalari normallashtirilgan qiymatlarining belgilangan vaqt oralig‘ida ishlash mobaynida saqlanishi bilan belgilanadi. Ishonchlilik son jihatdan belgilangan tashqi sharoit va vaqt oralig‘i mobaynida o‘lchash vositasining normal ishlash ehtimoli bilan tavsiflanadi.
Download 73.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling