O‘lchash natijalariga matematik ishlov berish. Reja: O‘lchash vositalari standartlashtirilmagan
Download 73.99 Kb.
|
O‘lchash natijalariga matematik ishlov berish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘lchash asbobining absolut xatoligi
- O‘lchash asbobining normallashtirilgan qiymati
O‘lchash vositalarining xatoligi ifodalanish usuliga ko‘ra absolut, nisbiy va keltirilgan xatoliklarga bo‘linadi.
O‘lchanayotgan kattalikning o‘lchash asbobida o‘lchangan qiymati xo‘l bilan shu kattalikning namuna asbob yordamida aniqlangan haqiqiy qiymati xh orasidagi farq o‘lchash asbobining absolut xatoligi deb ataladi va quyida-gicha hisoblanadi: O‘lchash asbobining absolut xatoligi o‘lchanayotgan kattalik birligida ifodalanadi. Absolut xatolikning teskari ishorasi bilan olingan qiymati tuzatma deb ataladi. Absolut xatolik o‘lchash aniqligini yetarli darajada baholay olmaydi. Haqiqatan ham absolut xatolikka ega bo‘lgan 5 A va 1 A li ampermetrlar har xil aniqliklarga ega. O‘lchash aniqligi to‘g‘risida to‘laroq ma’lumotni nisbiy xatolik tushunchasi beradi. Absolut xatolikni o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati ga nisbati nisbiy xatolik deb ataladi va harfi bilan belgilanadi: . Ammo nisbiy xatolik o‘lchash asboblari aniqligini o‘lchash diapazonining faqat berilgan nuqtasidagina baholaydi. O‘lchash asbobining butun ishchi diapazoni bo‘yicha aniqligini baholash uchun esa keltirilgan xatolik tushunchasidan foydalaniladi. Keltirilgan xatolik harfi bilan belgilanadi va absolut xatolikni o‘lchanayotgan kattalikning normallashtirilgan qiymati xn ga nisbati bilan aniqlanadi: O‘lchash asbobining normallashtirilgan qiymati deganda uning ishchi diapazonidagi yoki shkalasidagi eng katta qiymati tushuniladi. Masalan, voltmetrlarning o‘lchash chegarasi 0 – 50 V bo‘lsa, bunday voltmetr uchun xn = 50 V ga teng, bordiyu boshqa bir voltmetrning o‘lchash chega-rasi –3 V dan +3 V gacha bo‘lsa, bunday voltmetr uchun xn = 6 V ga teng bo‘ladi. Keltirilgan xatolikning ruxsat etilgan qiymati bo‘yicha barcha o‘lchovlar va o‘lchash asboblari aniqlik klassiga bo‘linadi. Aniqlik klassi esa o‘z navbatida son bilan belgilanib, bu son keltirilgan xatolikning eng katta ruxsat etilgan qiymatini ifodalaydi. Keltirilgan xatolikning yana bir qulayligi shundan iboratki, u ko‘p chegarali o‘lchash vositalari uchun ham bir xil qiymatga egadir. Shuning uchun ham bu xatolik o‘lchash vositalari xossalarini normallashtirishda qulay hisoblanadi. O‘lchash vositalarining xatoligi o‘lchanayotgan kattalikning vaqt bo‘yicha o‘zgarish qonuniyatiga qarab statik va dinamik xatoliklarga bo‘linadi. Vaqt bo‘yicha o‘zgarmaydigan kattaliklarni o‘lchashda yuzaga keladigan xatolik statik xatolik deb ataladi. Dinamik rejimdagi xatolik bilan o‘lchanayotgan kattalikni berilgan vaqt paytidagi o‘lchash statik xatoligi orasidagi farq dinamik xatolik deb ataladi. Download 73.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling