O‘lchash usullari va vositalari. O‘lchash xatoliklari Reja
– rasm. O‘lchash vositalarining turlari
Download 178.63 Kb.
|
olchash usullari va vositalari. olch
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.5 – rasm. O‘lchovlar (tarozi toshlari).
- Namunaviy modda
- O‘lchash asbobi
4.4 – rasm. O‘lchash vositalarining turlari.
O‘lchovlar – keng tarqalgan o‘lchash vositalaridan hisoblanadi. O‘lchov deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan o‘lchash vositasiga aytiladi. Masalan, tarozi toshi, elektr qarshiligi, kondensatori va shu kabilarni o‘lchovlarga misol qilib olishimiz mumkin (4.5 – rasm). 4.5 – rasm. O‘lchovlar (tarozi toshlari). O‘lchovlarning ham turlari va xillari ko‘p. Standart namunalar va namunaviy moddalar ham o‘lchovlar turkumiga kiritilgan. Standart namuna – modda va materiallarning xossalarini va xususiyatlarini tavsiflovchi kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladigan o‘lchov sanaladi. Masalan, g‘adir – budurlikning namunalari, namlikning standart namunalari. Namunaviy modda esa, muayyan tayyorlash sharoitida hosil bo‘ladigan va aniq xossalarga ega bo‘lgan modda sanaladi. Masalan, “toza suv”, “toza metall” va hokazolar. “Toza rux” 4200 C haroratni hosil qilishda ishlatiladi. O‘lchovlar ko‘p qiymatli (o‘zgaruvchan qarshiliklar, millimetrlarga bo‘lingan chizg‘ich) va bir qiymatli (tarozi toshi, o‘lchash kolbasi, normal element) turlarga bo‘linadi. Ba’zan o‘lchovlar to‘plamidan ham foydalaniladi. Kattalikning o‘lchamini hosil qilish va foydalanishda quyidagi qatorni yodda tutishimiz lozim bo‘ladi: Ishchi o‘lchash vositalari, namunaviy o‘lchash vositalari, ishchi etalon, solishtirish etaloni, nusxa etalon, ikkilamchi etalon, maxsus etalon, birlamchi etalon va davlat etaloni. O‘lchash asbobi deb, kuzatish (kuzatuvchi) uchun qulay ko‘rinishli shaklda o‘lchash ma’lumoti signalini ishlab chiqishga mo‘ljallangan o‘lchash vositasiga aytiladi. O‘lchash asboblarining turlari quyidagicha (4.5 – rasm): 4.5 – rasm. O‘lchash asboblarining o‘lchash natijasi ma’lumotlarini ko‘rsatishiga ko‘ra turlarga bo‘linishi. 4.3. Etalonlar, ularning tabaqalanishi Fan va texnikaning eng yuqori saviyasidagi aniqlik bilan ishlangan namunaviy o‘lchovlar etalonlar deb ataladi. Etalonlar ishlatiladigan va davlat etalonlariga bo‘linadi. Davlat etalonlari namunaviy o‘lchov va asboblarni tekshirishda qo‘llaniladi va Davlat standarti idoralarida saqlanadi. Etalon deb, kattalikning o‘lchamini hosil qilish, saqlash va uni boshqa o‘lchash vositalariga uzatish uchun xizmat qiladigan o‘lchovlarga aytiladi. Kattalikning birligi etalondan razryad etalonlariga uzatiladi, ulardan esa pog‘onasimon tarzda ishchi o‘lchash vositalariga uzatiladi. Etalonlarning tabaqalanish pog‘onasi quyidagicha joylashgan: – birlamchi etalonlar; – ikkilamchi etalonlar; – ishchi etalonlar. Zamonaviy ilm – fan yutuqlarini qo‘llagan holda, mazkur o‘lchashlar sohasidagi mavjud bo‘lgan imkoniyat doirasida va eng yuqori aniqlikda kattalikning birligini hosil qiluvchi etalonga birlamchi etalon nomi berilgan. Birlamchi etalon milliy (davlat) yoki xalqaro bo‘lishi mumkin (4.6 – rasm). Download 178.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling