O’lchash xatoliklari va ularning turlarini o’rganish
Muntazam xatoliklarni bartaraf etish
Download 32.54 Kb.
|
O\'lchash xatoliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- - xatoliklar manbaini o‘lchashlarni (profilaktika) boshlashdan oldin o‘chirib tashlash;
Muntazam xatoliklarni bartaraf etish.Sistematik xatoliklar o‘lchashlar natijalarining buzilishiga olib keladi. Eng katta xavf bo‘lib aniqlanmagan sistematik xatolik hisoblanadi. Sistematik xatoliklar sababli ilmiy xulosalar noto‘g‘ri bo‘lib chiqqan, ishlab chiqarish to‘xtab qolgan, iqtisodiy yo‘qotishlar yuzazga kelgan. Sistematik xatolikni har qanday usullardan foydalanib, bartaraf etish kerak. Sistematik xatolikni bartaraf etish usullarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: - xatoliklar manbaini o‘lchashlarni (profilaktika) boshlashdan oldin o‘chirib tashlash;- xatoliklar manbaini o‘lchashlarni (profilaktika) boshlashdan oldin o‘chirib tashlash; - o‘lchash jaaryonida sistematik xatolikni chiqarib tashalash; - o‘lchashlar natijalariga tuzatishlarni kiritish. Geodezik ishlarning asosiy qismi o‘lchashlardan iborat. Geodezik o‘lchash bevosita va bilvosita o‘lchashlarga bo‘linadi. Bevosita o‘lchashda o‘lchov birligi hisoblanuvchi asbob o‘lchanayotgan ob’ektga taqqoslanadi. Masalan: joyda masofani po‘lat lenta bilan, burchakni teodolit bilan o‘lchash, qog‘ozda esa masofani chizg‘ich bilan, burchakni transportir bilan o‘lchash bevosita o‘lchash bilan hisoblanadi. Bavosita o‘lchashda ob’ekt bevosta o‘lchanmasdan, uning kattaligi boshqa o‘lchash natijalaridan foydalanib aniqlanadi. Masalan, borib bo‘lmaydigan masofani aniqlash uchun uchburchakning bir tomoni va ikkita gorizontal burchak o‘lchanadi. So‘ngra masofa bevosita o‘lchash natijalaridan foydalanib sinuslar teoremasiga muvofiq hisoblab chiqariladi. Geodezik o‘lchashlarni teng aniqlikda yoki teng emas aniqlikda bajarish mumkin. Bir xil malakali ishchilarning bir xil sharoitda, bir xildagi aniq asbob bilan teng marta o‘lchashda teng aniqlikda o‘lchash bo‘ladi. Bu sharoitlardan birontasi o‘zgarsa, teng emas aniqlikda o‘lchash bo‘ladi. O‘lchash natijalaridan foydalanishdan oldin ob’ektning qanchalik aniq o‘lchanganligini bilish kyerak. O‘lchash aniqligiga baxo byerish uchun o‘lchash paytidagi xatoga nima sabab bo‘lishini bilish zarur. Bu masalalar bilan o‘lchash xatosi nazariyasi shug‘ullanadi. O‘lchash xatolari kelib chiqish sabablariga ko‘ra qo‘pol, sistematik va tasodifiy xatolarga bo‘linadi. Qo‘pol xato asosan o‘lchash yoki hisoblash vaqtida yanglishish, bu ishni bajarayotgan kishining parishonxotirligi, charchaganligi, xamda ishga beparvolik bilan qarashi natijasida kelib chiqadi. Bir ob’ekt o‘rniga boshqani o‘lchab qo‘yish, hisoblash vaqtida yanglishish qo‘pol xatoga misol bo‘la oladi. Qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun odatda o‘lchash va hisoblash ishlari qayta bajariladi. Sistematik xato biror ob’ektni bir necha marta o‘lchaganda doimo bir xil ishora bilan bir xil miqdorda takrorlanavyeradigan xatodir. Sistematik xatoning kelib chiqishiga o‘lchash asbobining etarli darajada aniq va to‘g‘ri bo‘lmasligi, o‘lchayotgan kishini shaxsiy xususiyatlari, tashqi muxitning ta’siri va boshqalar sabab bo‘lishi mumkin. Bunday xatoni kamaytirish uchun har gal o‘lchash asbobi sinchiklab tekshiriladi va ma’lum o‘lchash metodi qo‘llaniladi. Agar asbob xamisha bir xil xato ko‘rsatadigan bo‘lsa, o‘lchash hamda hisoblash paytida asbobning xatosini e’tiborga olish va olingan natijalarga tegishlicha tuzatish kiritish, shu yo‘l bilan o‘lchash xatolarini sistematik xatodan iloji boricha xoli qilish zarur. Download 32.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling