Oʻlchashlar noaniqligining baholanishiga oid xalqaro darajadagi hujjatlar tahlili


Download 49.96 Kb.
bet3/4
Sana14.05.2023
Hajmi49.96 Kb.
#1461910
1   2   3   4
Bog'liq
o lchashlar noaniqligining baholanishiga oid xalqaro darajadagi

xnq1 xiq – i-inchi kirish kattaligining oʻrta arifmetigi. bu yerda i-inchi kirish kattaligini oʻlchashning standart noaniqligi quyidagi ifodadan aniqlanadi va bunda natija oʻrta arifmetik sifatida aniqlanadi.
1 ni

uA (xi )  n(n  (xiq xi ).
1) q 1 (4)

    1. turdagi standart noaniqlik x kattalikni baholash uchun foydalaniladi, u takroriy kuzatishlar natijasida olinmagan. U bilan bog‘liq boʻlgan baholangan standart noaniqlik uB(xi) – x ning kutilishi mumkin boʻlgan oʻzgaruvchanligiga asoslangan barcha qulay axborotlarga asoslangan ilmiy mulohazalar bazasida aniqlanadi. Bunday axborotlar fondi oʻz ichiga quyidagilarni oladi:

  • dastlabki oʻlchashlarga doir berilganlar;

  • tajribalar natijasida olingan ma’lumotlar yoki mos keluvchi material va asboblarning xulqi va xossalariga oid ma’lumotlar;

  • tayyorlovchining spetsifikasi;

  • qiyoslash, kalibrlash, asbob toʻg‘risida tayyorlovchining ma’lumotlari, sertifikatlar va shunga oʻxshashlar toʻg‘risida ma’lumotlar; – noaniqliklar.

B turdagi noaniqlik uchun sub’ektiv ehtimollik nazariyasining apparati qoʻllaniladi: ehtimollik ishonch oʻlchovini xarakterlaydi, hodisalar chastotasini emas. B turdagi noaniqlikni aniqlashda foydalaniladigan berilganlarning noaniqligi toʻg‘risida aprior ma’lumotdan keng foydalaniladi.
B turdagi noaniqlik berilgan boʻlishi mumkin, masalan, xuddi ayrim karrali standart chetlanishlar kabi, 90, 95 yoki 99 foiz ishonch darajasiga ega boʻlgan interval kabi. Agar boshqa hech narsa koʻrsatilmagan boʻlsa, unda noaniqlikni hisoblash uchun normal taqsimotdan foydalanilgan deb taxmin qilish mumkin. SHuning uchun standart noaniqlikni keltirilgan qiymatni normal taqsimot koeffitsientiga boʻlib aniqlash mumkin.
Koʻpincha, X ta’sir etuvchi omil bilan bog‘liq boʻlgan standart noaniqlikni baholashga toʻg‘ri kelib, uning qiymati berilgan x-Δ dan x+Δ gacha chegaralarda joylashgan boʻladi. X kattalik toʻg‘risida mavjud ma’lumotlar boʻyicha X ning berilgan chegaralar ichida boʻlishi mumkin boʻlgan qiymatlari uchun ehtimollikning ayrim aprior taqsimotini qabul qilish kerak.
SHundan keyin standart noaniqlik Δni k koeffitsientga boʻlib topiladi, ushbu koeffitsient qabul qilingan taqsimot funktsiyasiga bog‘liq boʻlib:
u(x) = Δ/k . (5)
Bunda quyidagilar nisbatan tipik hodisa boʻlib hisoblanadi:

  • faqat chegaralar ma’lum boʻlib, ularda X, ya’ni 2Δ qiymat boʻlishi mumkin

  • xmol – qiymati va chegaralari ma’lum, odatda simmetrik, yoʻl qoʻyiladigan qiymatlar ±Δ; – interval (xmolp) ma’lum boʻlib, p ehtimollikning berilgan qismini egallaydi.

Birinchi holda, tekis taqsimot taqsimot tahlil qilinganda k koeffitsientning qiymati simmetrik chegaralar uchun √3 deb qabul qilinishi mumkin.
Ikkinchi holda, xmol qiymati ma’lum boʻlgan hol uchun, X ning xmol yaqinida boʻlish ehtimolligi xmol±Δ chegarasi yaqinida boʻlishdan koʻproq boʻladi. Ya’ni, ehtimollikning uchburchakli taqsimotini tekis (toʻg‘ri burchakli) va normal taqsimot orasidagi oʻrta deb qabul qilish mumkin. k koeffitsientning qiymati ushbu holda √6 ga teng boʻladi.
Uchinchi holda, ehtimollikning taqsimoti normal deb olinadi va k koeffitsientning qiymati berilgan ehtimollikka bog‘liq boʻladi. Masalan, p=0,99 uchun k=2,58.
Noaniqlikni B turi boʻyicha baholash an’anaviy statistik yondashuv ramkasidan tashqariga chiqish va zaruriy statistik axborotlarni olish qiyinlashgan yoki mumkin boʻlmagan hollarda noaniqliklarning tashkil etuvchilarining qiymatini topish imkonini beradi [12,13,14].
Jamlangan standart noaniqlik turi mavjud boʻlib, bu oʻlchash natijasining standart noaniqligidir. Bunda natija boshqa kattaliklar qatorining qiymatlaridan olinadi. Baholangan standart chetlanish, chiqish bahosi yoki oʻlchash natijasi y bilan bog‘liq boʻlsa, jamlangan standart noaniqlik deyiladi va uc(y) koʻrinishda belgilanadi. Korrelyatsiyalanmagan kirish baholanish uchun jamlangan standart noaniqlik quyidagi ifodadan aniqlanadi:
2

Download 49.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling