Ilashish muftasi nosozliklari belgilari va ularni bartaraf etish
usullari. Ilashish muftasi pedalining erkin yo‘lini rostlash ishqalanuvchi
yuzalarining yeyilishi bois kerak bo‘ladi. Yeyilish natijasida podshipnik
va richaglar
orasidagi tirqish, jumladan, ilashish muftasi pedalining
erkin
yurishi ham kamayadi. Agar tirqish yo‘qolsa va richaglar mufta
podshipnikiga
tegib qolsa, u holda disklarni siquvchi kuch va ilashish
muftasi vositasida uzatilayotgan moment kamayadi, chunki ilashish
muftasi to‘liq qo‘shilmaydi. Bunday ilashish
muftasining yetaklanuvchi
diski yetakchilarga nisbatan ishqalanadi. Ilashish muftasi ishqalanganda
avtomobilni ko‘p muddat ishlatish yetaklanuvchi
disklarning friksion
qoplamalarini tez fursatda yeyilishiga, ularni
kuchli issiqlik natijasida
qirilishiga, ilashish muftasini ajratish muftasining podshipnigini erta
yeyilishiga olib keladi. Tirqish va pedalning erkin yurishi juda ham
kattalashib ketsa, ilashish muftasi to‘liq ajralmaydi.
8