Oldi-sotdi shartnomasi
700 000 2. Narxi
Download 26.09 Kb.
|
Договор Прайм 2.7
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Hisob-kitob qilish tartibi. 3.1.
2. Narxi. 2.1. Mazkur Shartnomaga asosan yetkazib berilayotgan Tovarga Shartnomaning 1.1. bandida belgilangan kelishilgan narxlar bo‘yicha haq to‘lanadi. 2.2. Shartnomani tuzish vaqtidagi uning umumiy summasi 2 700 000 (Ikki million yetti yuz ming) so‘mni tashkil etadi, QQS bilan 15%. 2.3. Tovarning narxi o‘zgarmas bo‘lib, mazkur Shartnomani imzolash vaqtidan boshlab 10 (o‘n) bank ish kuni ichida to‘liq to‘langan taqdirda o‘zgartirilmaydi. Xaridor tomonidan to‘lov 5 (besh) kalendar kunidan ko‘proq muddatga kechiktirilsa, Sotuvchi Tovarning narxini o‘zgartirish huquqiga ega. 3. Hisob-kitob qilish tartibi. 3.1. Mazkur Shartnoma Tomonlariga 100% lik oldindan to‘lov belgilangan. 3.2. Tovar uchun to‘lov mazkur Shartnoma imzolangandan keyin 10 (o‘n) bank ish kuni ichida amalga oshirilishi lozim. 3.3. To‘lov sanasi sifatida pul mablag‘larining Sotuvchi hisob raqamiga kelib tushgan sanasi hisoblanadi. 4. Yetkazib berish shartlari. 4.1. Sotuvchi o‘z hisob raqamiga 100% lik oldindan to‘lov kelib tushgan vaqtdan 25 (yigirma besh) bank ish kuni ichida Tovarni yetkazib berish majburiyatini oladi. 4.2. Tovarni yetkazib berish quyidagi manzilda joylashgan Sotuvchi omboridan o‘zi olib chiqish sharti orqali amalga oshiriladi: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, S. Mashxadiy ko‘chasi, 20A. 4.3. Tovarni Sotuvchi omboridan ortib jo‘natish shanba, yakshanba va bayram kunlaridan tashqari, begim kunlarida soat 9:00 dan 15:00 gacha amalga oshiriladi. 4.4. Tovarga egalik huquqining boshqaga o‘tishi, shuningdek, tasodifiy o‘lim yoki shikastlanish holati Tovarni Sotuvchi omboridan ortib jo‘natish vaqtida ro‘y berishi mumkin. Sotilgan tovar almashtirilmaydi va qaytarilmaydi. 4.5. Xaridor (uning vakili) tomonidan imzolangan hisobvaraq-faktura, yuk xati, qabul qilish – topshirish dalolatnomasi Tovarni yetkazib berish faktini tasdiqlovchi hujjatlar sifatida xizmat qiladi. Hisobvaraq-faktura, yuk xati, qabul qilish – topshirish dalolatnomasi Xaridor tomonidan Tovarning qabul qilingan miqdoriga doir e’tirozlari yo‘q ekanligini bildiradi. 4.6. Tovar faqat Xaridor tomonidan tegishli ravishda rasmiylashtirilgan ishonchnoma, oluvchi shaxsini tasdiqlovchi pasport taqdim etilganidan keyin beriladi. O‘rnatilgan tartibda to‘ldirilmagan ishonchnoma taqdim etilsa, tuzatishlar va o‘chirib yozilgan joylari bo‘lgan ishonchnoma ko‘rsatilsa, ishonchnoma muddati tugagan bo‘lsa, shuningdek, ishonchnoma berilgan oluvchining pasporti (pasportining nusxasi) taqdim etilmagan taqdirda, Shartnoma bo‘yicha Tovar berilmaydi. Download 26.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling