Oldi-sotdi shartnomasi


Tomonlarning javobgarligi


Download 26.09 Kb.
bet4/5
Sana21.02.2023
Hajmi26.09 Kb.
#1217702
1   2   3   4   5
Bog'liq
Договор Прайм 2.7

7. Tomonlarning javobgarligi.
7.1. Tomonlarning Mazkur Shartnomada nazarda tutilmagan majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq belgilanadi.
7.2. Sotuvchi Xaridorning uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlari uchun javobgar hisoblanmaydi.
7.3. Mazkur Shartnomada nazarda tutilgan to‘lov muddati kechiktirilsa, Xaridor Sotuvchiga har bir kechikkan kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,1 % miqdorida, ammo shartnomaning umumiy summasining 40% idan oshmagan miqdorida penya to‘laydi.
7.4. Yetkazib berish muddati kechiktirilsa, mahsulot yetkazib berilmasa, Sotuvchi har bir kechikkan kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan qismidan 0,1% miqdorida Xaridorga penya to‘laydi, lekin penyaning umumiy miqdori yetkazib berilmagan mahsulot qiymatining 20% idan oshmasligi kerak.


8. Mazkur Shartnomaning amal qilish muddati.
8.1. Mazkur Shartnoma tomonlar tomonidan imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va «_____» ______________yilgacha amal qiladi.
8.2. Agar mazkur Shartnomaning 2.2, 3.1 va 3.2 bandlarida nazarda tutilgan to‘lov amalga oshirilmagan bo‘lsa yoki to‘liq hajmda amalga oshirilmagan bo‘lsa va to‘lov 5 (besh) kalendar kuniga kechikayotgan bo‘lsa, Sotuvchi boshqa Tomonga yozma bildirish xatini yo‘llagan holda, Shartnomani bajarishdan bir tomonlama voz kechishga haqli. Shartnoma Xaridorga shartnoma bir tomonlama bekor qilinganligi to‘g‘risidagi bildirish xatini o‘z ichiga olgan pochta jo‘natmasi yuborilgan kundan boshlab 5 kundan keyin tugaydi.


9. Fors-major holatlari.
9.1. Tomonlar Shartnoma yoki uning bir qismini bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi, qachonki bunday bajarmaslik holatiga yengib bo‘lmaydigan kuchlar sabab bo‘lsa. Yengib bo‘lmaydigan kuchlar yoki fors-major holatlariga quyidagilar kiradi: suv toshqini, yong‘in, zilzila, portlash, bo‘ron, tuproqning ko‘chishi, epidemiya va boshqa tabiiy hodisalar, shuningdek, urush yoki boshqa harakatlar, ish tashlash, Mazkur Shartnomani bajara olmaslikka sabab bo‘luvchi davlat hukumatining me’yoriy hujjatlarni qabul qilishi.
9.2. Yuzaga kelgan vaziyat tomonlar tomonidan fors-major holati sifatida qabul qilinadi, faqat ular Shartnoma imzolanganidan keyin yuzaga kelgan bo‘lishi, Shartnomani bajarish uchun to‘sqinlik qilishi va O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi shart.
9.3. Agar fors-major holatlari yuzaga kelsa, tomonlar tomonidan majburiyatlarni bajarish muddati ushbu holatlar yuzaga kelgan vaqtga mutanosib ravishda kechiktiriladi..

Download 26.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling