Oldi-sotdi shartnomasi


Sotuvchi Tovar O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonuniy tartibda olib kelinganini kafolatlaydi. 5. Miqdori va sifatiga qarab qabul qilish


Download 26.09 Kb.
bet3/5
Sana21.02.2023
Hajmi26.09 Kb.
#1217702
1   2   3   4   5
Bog'liq
Договор Прайм 2.7

4.7. Sotuvchi Tovar O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonuniy tartibda olib kelinganini kafolatlaydi.
5. Miqdori va sifatiga qarab qabul qilish.
5.1. Sotuvchi Tovarni hisobvaraq-faktura va yuk xatiga muvofiq yetkazib beradi.
5.2. Tovarni qabul qilishda Xaridor yoki uning vakili Tovarning tashqi ko‘rinishi, miqdori, hisobvaraq-faktura va yuk xatiga muvofiq uning nomenklaturasini tekshiradi.
5.3. Xaridor yoki uning vakili tomonidan Tovarga nisbatan e’tirozlar bildirilmagan taqdirda, Xaridor vakili hisobvaraq-faktura, yuk xati, qabul qilish – topshirish dalolatnomasi va boshqa hujjatlarni imzolaydi. Tegishli hujjatlarning imzolanishi Tovarning miqdori, sifati to‘liq hajmda tekshiruvdan o‘tkazilganini bildiradi.
5.4. Tovar tanlab olinganidan keyin uning miqdori va sifatiga doir e’tirozlar Sotuvchi tomonidan qabul qilinmaydi.


6. Mahsulot sifati. Kafolat muddati.
6.1. Yetkazib berilayotgan Tovar sifati ishlab chiqaruvchi korxonaning TSH va Dst talablariga mos kelishi va Sertifikatlar orqali tasdiqlanishi kerak.
6.2. Ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan Tovarga kafolat muddati belgilanadi – bu muddat Tovarni ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan ishlab chiqarilgan vaqtdan boshlab 18 (o‘n sakkiz) oyni tashkil etadi. Agar tovar Xaridor tomonidan ishlab chiqaruvchi korxonaning kafolat muddati davomida ishlatilmagan bo‘lsa, Sotuvchi xarid qilingan tovarning ishlashi bo‘yicha hech qanday javobgarlikni zimmasiga olmaydi.
6.3. Sotuvchining berilayotgan tovarga nisbatan o‘rnatgan kafolat muddati, Tovar yetkazib berilgan va Xaridor tomonidan Sotuvchining Tovarni tashish, saqlash va foydalanish bo‘yicha tavsiyalariga rioya etilgan holda tegishli hujjatlar imzolangan kundan boshlab, 12 (o‘n ikki) oy deb belgilangan. Kafolatni taqdim etish bayoni Kafolat talonida ko‘rsatiladi va u Tovar jamlanmasining ajralmas qismi hisoblanadi.
6.4. Sotuvchi ishlab chiqaruvchi korxona va Sotuvchi tomonidan belgilangan kafolat muddatining tugashi, Xaridor tovarlardan foydalanish qoidalari, tovarlarni tashish, saqlash va undan foydalanish bo’yicha Sotuvchining tavsiyalarini buzishi yoki uchinchi shaxslarning harakatlari yoki fors-major holatlari tufayli tovarlarni Xaridorga topshirgandan keyin yuzaga kelgan kamchiliklar uchun javobgar bo‘lmaydi.

Download 26.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling