Олдиндан зўриқтирилган темир-бетон технологияси
Download 6.92 Mb. Pdf ko'rish
|
Камилов Х Олдиндан зўриқтирилган
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.9 – rasm. Kompozit armaturalar.
22 2. 11 - j ad v al St er je n li v a siml i arm at u ran in g s o rt ame n ti 23 Kompozit armatura Co‗ngi vaqtlarda betondan tayyorlangan turli konstruksiyalarni armaturalashda kompozit armaturadan (2.9 – rasm) foydalanish keng tarqalmoqda. Bu material – kompozit armatura kimyo va materialshunoslikning oxirigi yutuqlaridan foydalanib tayyorlanmoqda, chunki u noyob xossalarga ega. Kompozit armatura namlik ta‘sirida chirimaydi va zanglamaydi. Bir xil mustahkamlikka ega po‗lat simli armatura bilan solishtirilganida uning massasi 9 marotaba past. Kompozit armatura issiqlik va sovuq ta‘siriga chidamli va o‗z xossalarini -70 0 С dan to 100 0 С harorat oralig‗ida o‗z xossalarini yaxshi saqlay oladi. 2.9 – rasm. Kompozit armaturalar. Kompozit armaturani ishlab chiqarish uchun epoksid qatroni va shisha tolalar tutamini tashkil etuvchi shisharovingdan foydalaniladi. Kompozit armaturani ishlab chiqarish bir necha bosqichdan iborat. Dastlab shisha tolalarga epoksid kompaundi shimdiriladi. Keyin qatron shimdirilgan shisharovinglar tutamlari ma‘lum haroratgacha qizdirilgan filera deb nomlanuvchi voronka orqali o‗tkazilib polimerizatsiya qilinadi. Polimerizatsiyaning bunday jarayoni ilmiy tilda pultruziya (inglizcha ―pull‖ – tortmoq va ―through‖ – orqali, orasidan) deb ataladi. Pultruziya bosqichida kerakli diamertdagi yuzasi silliq xivich hosil bo‗ladi. Beton bilan yaxshi tishlashishi uchun armaturaning yuzasi qovurg‗ali yuzaga ega bo‗lishi kerak. Shuning uchun bunday yuzani hosil qilish uchun so‗ngi bosqichda zagatovkani taram-taram izlari bor valestlar orqali prokatka qilish orqali amalga oshiriladi. 24 Armaturalar yuzasida davriy profil xosil qilish usulida esa zagatovka ustiga epoksid qatroni shimdirilgan diametri kichik shisharovingni spiral qilib o‗rab chiqib amalga oshiriladi va yuqorida keltirilgan tarzda polimerizatsiya amalga oshiriladi. Kompozit armaturani ishlab chiqarishning texnologik tizimi (2.10 – rasm) ketma-ket joylashtirilgan shisha yoki bazalt tolalaridan rovinglar o‗ralgan g‗altaklar o‗rnatilagn shpulyarnik, tekislovchi qurilma, yumshatish kamerasi, tortuvchi qurilmali shimdirish vannasi, siqish qurilmasi, formovka qurilmasi, spiralni o‗rash qurilmasi, polimerizatsiya kamerasi, suv bilan sovitish uzeli, tortuvchi qurilma, armaturani kesish va o‗rash uzelidan iborat. Ushbu texnologik tizimda davriy profilli kompozit armaturani ishlab chiqariladi. Download 6.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling