Олдиндан зўриқтирилган темир-бетон технологияси


 - rasm. Anker hosil qilish mashinasi


Download 6.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/61
Sana02.11.2023
Hajmi6.92 Mb.
#1739571
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61
Bog'liq
Камилов Х Олдиндан зўриқтирилган

4.7 - rasm. Anker hosil qilish mashinasi:
1 – boshqaruv pulti, 2 – rama, 3 – siljitish mexanizmi, 4, 8 – chap va o‘ng anker hosil qilish 
siquvchi qurilmalari, 5 – resiper, 6 – bunker, 7 – yuklovchi qurilma. 
4.8 - rasm. Diametri 10-12 mm 
taranglashtiriluvchi armatura sterjenlarida 
siqib anker hosil qiluvchi pnevmatik 
uskuna 
4.9 - rasm. Shaybadan yasalgan 
ankerli taranglashtiriladigan 
armatura sterjeni.


40 
A-IV va A-V klassli issiq xolida cho‗zilgan armaturani 950 dan 1100
0
С, 
termik mustahkamlangan Aт-IV va Aт-V klassli armaturalarni 850-950
0
С 
haroratgacha qizdirish taviya etiladi. Taranglashtirilgan sterjenlardan kuchni bir 
xilda tarqalishi uchun hosil qilingan ankerlarni tayanch shaybalari yoki konus 
teshikli vtulkalar bilan ta‘minlash tavsiya etiladi. Simli va arqonli armaturani 
tayyorlash armatura o‗ramini echish, o‗lchash, kesish, paketlarni yig‗ish, 
vaqtinchalik ankerlarni hosil qilish yoki inventar qisqichlarni o‗rnatish, tashish va 
armatura elementlarini qoliplarga o‗rnatish kabi operatsiyalarni o‗z ichiga oladi. 
Armatura simi va arqonlarini tormoz bilan ta‘minlangan o‗ram va baraban 
ushlovchi qurilmadagi o‗ram yoki barabandan echish tavsiya etiladi. Arqonli 
armaturani to‗g‗irlashga ruxsat etilmaydi. 
Uzunligi 30 mgacha bo‗lgan qisqa stendlar va qoliplar uchun armatura simi 
va arqonlari СМЖ-213 tizimida tayyorlanadi (4.10 - rasm). 
СМЖ-213 tizimi avtomatik rejimda ishlaydi. Armatura o‗ramini ushlab 
turuvchidan (1) armatura simi yoki arqoni o‗zatish mexanizmi roliki (2) orqali 
o‗tkaziladi. Undan so‗ng uzatish stanogi yoqiladi va sim yoki arqon qabul qilish 
stolining (4) tor va to‗g‗ri kanali orqali qattiq tirgakli so‗ngi o‗chirgichgacha (5) 
harakatlanadi. So‗ngi o‗chirgich armatura uzatishni to‗xtatish va kesish 
mexanizmini yoqish to‗g‗risida signal beradi. 
Kesilgandan so‗ng kesish mexanizmi dastlabki holatga qayta turib
armaturani chiqarish va uzatish mexanizmini yoqish to‗g‗risida signal beradi. 
Sikl shunday qaytarilaveradi. Bu usul armaturani yuqori aniqlikda o‗lchash 
imkonini beradi. 
Armatura simi va arqonlarini СМЖ-213 tizimiga o‗rnatilgan armatura 
konstruksiyasini o‗zgartirmaydigan ishqalanuvchi diskli arralar va mexanik 
qaychilar yordamida kesiladi.



Download 6.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling