Олдиндан зўриқтирилган темир-бетон технологияси


Download 6.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/61
Sana02.11.2023
Hajmi6.92 Mb.
#1739571
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61
Bog'liq
Камилов Х Олдиндан зўриқтирилган

 
5.3.2 Stend usuli 
Temir-beton mahsulotlarini ishlab chiqarishning stend usuli quyidagi 
asosiy belgilari bilan ajralib turadi: hamma prostess qo‗zg‗almas qoliplarda yoki 
stendlarda amalga oshiriladi; mahsulotlar ishlov berish jarayonida qo‗zg‗almas 
xolda turadi; ishchi va texnologik uskunalar bir qolipdan boshqasiga o‗tib turadi; 
xar bir stend yoki qoliplarga bir necha bir-biriga o‗xshash mahsulot biriktirilgan 
bo‗ladi (5.18 – rasm). 
Ishlab chiqarishning stend usuli turlari klassifikatsiyasining asosini turli 
omillar tashkil etadi:
- stendga biriktirilgan mahsulotning o‗lchamlari; 
- konstruksiyaning stendda joylashishi;
- stend qurilmasining konstruktiv jihatlari;
- ishlab chiqarish siklining davomiyligi. 


87 
 
5.18 - rasm. Ikki nishabli balkalarni stend usulida ishlab chiqarishning texnologik sxemasi:
1 — to‘ldirgichlar ombori; 2 — uzatish galereyasi; 3 — sement uchun aktiv qo‘shimchalar 
bo‘limi; 4 — yig‘ish bunkerlari; 5 — dozatorlar; 6 — beton qorgich; 7 — qabul qilish qurilmasi;
8 — sement siloslari; 9 — beton tarqatish aravasi; 10 — gidrodomkrat; 11 — beton tarqatgich;
12 — armaturani o‘tkazish bo‘limi; 13 — armatura elementlarini guruhlash uskunasi;
14 — ko‘prikli kran; 15 — armatura o‘ramini ushlagich; 16 — sterjenlarni mustaxkamlash 
mashinasi; 17 — sterjenli o‘ramlarni payvandlash uskunasi; 18 — o‘zi yurar arava; 19 — tayyor 
mahsulotni taxlash maydoni; 20 — sementni bo‘shatish qurilmasi. 
 
Ishlab chiqarish uchun biriktirilgan mahsulotlarning o‗lchovi va turiga qarab 
stend qurilmalari maxsus (zina pillapoyalari va maydonchalarini tayyorlash uchun 
kassetalar, kranosti balkalari poligonal ferma va boshqalar uchun stendlar) va 
universal (texnologik jihatdan bir turli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun) bo‗ladi. 
Stend qurilmalarining konstruktiv jihatlariga mahsulotlarning ularda vertikal, 
gorizotal, ketma-ket, donalab, paket xolida joylashishi ta‘sir etadi. Tuzilishiga ko‗ra 
stend qurilmalari statsionar va qismlarga ajratiladigan bo‗lishi mumkin.


88 
Statsionar qurilmalar metall qolip, yuzasi silliqlangan beton va temir-beton 
matrista-qoliplar ko‗rinishida tayyorlanadi. Qismlarga ajratiluvchi metall va 
temir-beton qoliplar yechiluvchi kasseta va stend-qoliplar ko‗rinishida bo‗ladi. 
Paketli stendlar uchun armatura o‗ram paketlari (uchlaridagi qisqichlari bilan) 
alohida qurilmada yig‗iladi va stend yoki qoliplarning tigaklariga o‗tqazib 
mahkamlanadi. Uzun stendlarda stendning bir uchiga o‗rnatilgan armatura simini 
o‗ramidan yechib, stendning bevosita qoliplash liniyasining uzunligi bo‗yicha 
ikkinchi uchiga tomon tortib borib, tirgaklarga mahkamlanadi.
Paketli stendlarda ko‗ndalang kesim yuzasi nisbatan kichik va kesim 
yuzasida armaturaning ixcham joylashgan mahsulotlani ishlab chiqarish 
maqsadga muvofiqdir. Katta ko‗ndalang kesim yuzaga ega, balandligi va e‘ni 
katta, donalab yoki guruhli armaturalash mo‗ljallangan uzun mahsulotlarni uzun 
stendlarda ishlab chiqarish maqsadga muvofiqdir. 
Uzun o‗lchamli oldindan zo‗riqtirilgan mahsulotlar uzunligi 75 m va 
undan uzun, uzunligi bir va eniga ikki va undan ortiq qisqa stendlarda ishlab 
chiqariladi. Uzun stendlar bir vaqtning o‗zida bir chiziqda ketma-ket joylashgan 
va yagona qoliplash tizimini tashkil qilgan qoliplarda bir necha bir hil 
mahsulotlar ishlab chiqariladi. Bu liniyada armaturani taranglash, betonlash va 
mahsulotlarning qotishi ana shu liniyaning butun uzunligi bo‗yicha bajariladi. 
Oldindan zo‗riqtirilgan konstruksiyalarni ishlab chiqarishning qisqa 
stendlaridan bir turi bu kuchli qoliplardir. 
Quyida ba‘zi temir-beton konstruksiyalarini stend usulida ishlab 
chiqarilishini misollarda ko‗rib chiqamiz. 



Download 6.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling