Олдиндан зўриқтирилган темир-бетон технологияси
Download 6.92 Mb. Pdf ko'rish
|
Камилов Х Олдиндан зўриқтирилган
- Bu sahifa navigatsiya:
- Burdj Xalifa.
- 6.11 – rasm. Ostankino teleminorasi. 6.12-rasm. Burj Khalifa osmono‟par minorasi.
- Kingdom Tower
111 Ostankino teleminorasi: Balandligi – 540 m (minoraning dastlabki balandligi 533 metr bo‗lgan, keyinchalik bayroq o‗rnatiladigan tig‗ o‗rnatilgan). Beton qismining balandligi – 385- m. Poydevorning chuqurligi 4,6 metrdan chuqur emas. Minoraning poydevor bilan vazni - 51 400 t. Inshootning konussimon asosi 10 ta tirgakka tayanadi. Tayanch-oyoqlar orasidagi o‗rtacha diametr – 65 metr. Minoraning xalqasimon kesimi 149 dona po‗lat arqonlar bilan tortib siqib mahkamlangan. Minora uchining kuchli shamol ta‘siridagi og‗ishi – 12 metr. Burdj Xalifa. Beton va temir-betondan tayyorlangan konstruksiyalarning po‗latga nisbatan mustahkam va ishonchligining isboti sifatida 2010 yili Dubayda (BAA) qurib bitkazilgan Burj Khalifa osmono‗par minorasini keltirishimiz mumkin. Bu bino hozirgi vaqtda inson tomonidan yaratilgan eng baland inshoot bo‗lib, uning balandligi 828 metrni tashkil etadi. Burj Khalifa ni qurish uchun maxsus markadagi beton ishlab chiqilib, uzoq vaqt 50 0 С haroratga chidamli qilib yaratilgan. Ushbu dunyoda boshqa o‗xshashligi yo‗q bu gigant inshootning noyobligini uning asosiy xarakteristikalaridan bilib olishimiz mumkin: metall shpilining uchigacha bo‗lgan umumiy balandlik – 828 m, temir-beton binoning balandligi – 643,3 m, qavatlar soni – 164, umumiy yuza - 344000 m 2 . 6.11 – rasm. Ostankino teleminorasi. 6.12-rasm. Burj Khalifa osmono‟par minorasi. 112 Osmono‗par binoni qurish ishlari 2004 yili boshlangan bo‗lib, xaftasiga 1- 2 qavatdan barpo etilgan. Inshootning qurilishiga 320 ming kub metr oldindan zo‗riqtirilgan temir-beton va 60 ming tonnadan ortiq po‗lat armatura sarf bo‗lgan. Bino poydevori va konstruksiyasini beonlash uchun siqilishdagi mustahkamligi 80 N/mm 2 bo‗lgan 170 ming m 3 betondan foydalanilgan. Qurilish ishlari eng ilg‗or zamonaviy texnologiyalardan foydalanib kuniga uzluksiz 12 soatdan 2 smenada olib borilgan. Yuqori mustahkamlikka ega beton 611 m balandlikgacha betonnasoslar yordamida yetkazib berilgan. Bu esa hozirgi vaqtgacha dunyo rekordi bo‗lib qolmoqda. Monolit konstruksiyalar qolipini echish har 10 soatda amalga oshirilgan. Bu ko‗rsatkichlar zamonaviy beton modifikatorlaridan foydalanish hisobiga amalga oshirilgan. Burj Khalifa me‘morchilik va muxandislik tafakkurining buyuk yutuqlaridan biri bo‗lib, shubxasizki jasurlik bilan qabul qilingan qurilish loyihalardan biri sifatida tarixda o‗z o‗rnini egalladi. Shubxasizki bu inshoot o‗zining balandligi bo‗yicha yetakchiligi uzoq vaqt saqlanib qolmasa kerak, chunki xademay u o‗z o‗rnini biror boshqa dadil va ajoyib loyihaga bo‗shatib berishisha shubxa yo‗q. Hozirgi vaqtda ana shunday loyihalardan ba‘zilari mavjud. Bularga kelajakda qurilishi qurilishi mo‗ljallanayotgan quyidagi ob‘ektlarni misol qilib keltirishimiz mumkin: - Kingdom Tower (Jidda shahri. Saudiya Arabistoni. Balandligi – 1000 m (6.13-rasm); - Mubarak Al Kabir minorasi (Kuvayt). Balandligi – 1001 m (6.14 – rasm); - Ozarbayjon minorasi, (Boku, Ozarbayjon). Balandligi -1050 m (6.16 – rasm); - Nakxiil minorasi, (Dubay, BAA). Balandligi – 1200 m (6.15 – rasm). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling