Олдиндан зўриқтирилган темир-бетон технологияси
Ostankino televizion minorasi
Download 6.92 Mb. Pdf ko'rish
|
Камилов Х Олдиндан зўриқтирилган
Ostankino televizion minorasi. Moskvadagi Ostankino televizion
minorasining diametri 74 m balandligi 3 m bo‗lgan monolit poydevori teleminoraning 32000 tonna vaznini ko‗tarib turibdi. 6.10 – rasm. Moskva shahridagi Oston Kino teliverion minorasi. 110 Poydevor 104 po‗lat arqon bilan zo‗riqtirilgan. Har bir po‗lat arqon 5 mm diametrli 24 simdan tashkil topgan va gidravlik domkratlar yordamida 60 t kuch bilan taranglashtirilgan. Teleminoraning devorining ichki yuzasidan 50 mm masofada diametri 38 mm bo‗lgan gilza ankerli 150 po‗lat arqon umumiy 10400 t kuch bilan tarang qilib tortilgan. Bu esa teleminorani shamol ta‘siridan hosil bo‗ladigan kuchlar va quyosh nuridan bir tomonlamali qizishidan hosil bo‗ladigan deformatsiyalanishini kamaytiradi. Hammaga ma‘lumki, xar qanday inshootni qurilishi poydevordan boshlanadi. Inshoot qanchalik baland bo‗lsa, uning poydevori uchun chuqurlik shunchalik chuqur qaziladi. Ostankino teleminorasining balandligi yarim kilometr atrofida qilib loyihalanganiga qaramay, uning poydevorining chuqurligi bor-yo‗g‗i 4,5 metr qilib, ya‘ni uning balandligining 1 foizidan ham kam kattalikni tashkil etadi. Inshoot bolalarning «vanka-vstanka» o‗yinchog‗iga o‗xshatib qurilgan. Bu o‗yinchoqni qanchalik yiqitishga harakat qilinmasin u har doim tikka turib qolaveradi, chunki uning asosiy vazni tag qismida joylashgan. Ostankino teleminora- sining xam umumiy vaznining to‗rtdan uch qismini (55 ming tonna) uning poydevori va uning balandligining to‗qqizdan birini tashkil etuvchi oyoqlarining vazni tashkil etadi. Shuning uchun uni na kuchli bo‗ronlar, na zilzilalar yiqita oladi. Shuning uchun kengligi 9,5 va diametri 60 metr bo‗lgan xalqasimon poydevor barpo etilgan. Bunday ulkan temir-beton inshoot betonlash ishi uzluksiz bajarilgandagina mustaxkam bo‗ladi. Shuning uchun teleminorani barpo etish uchun 500 kecha- kunduz davomida va obi-havo sharoitlariga qaramay, balandlik 384 metrga etgunga qadar uzluksiz betonlash ishlari amalga oshirilgan. Shundan so‗ng uning ustiga vazni 23 tonna bo‗lgan 149 metrlik metall antenna o‗rnatilgan. Download 6.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling