Олдиндан зўриқтирилган темир-бетон технологияси
6.13-rasm. Kingdom Tower
Download 6.92 Mb. Pdf ko'rish
|
Камилов Х Олдиндан зўриқтирилган
113
6.13-rasm. Kingdom Tower minorasi. 6.14- rasm. Mubarak Al Kabir minorasi. 114 6.15-rasm. Nakxiil minorasi, Dubay. 6.16- rasm. Ozarbayjon minorasi. 115 Takrorlash uchun savollar 1. Monolit qurilishda armaturani taranglashtirish qanday usullarda amalga oshiriladi? 2. Kanal xosil qiluvchilarning qanday turlarini bilasiz va ular qanday o‗rnatiladi? 3. Kanallarga sement qorishmasi qanday in‘eksiya qilinadi? 4. Monolit qurilishda oldindan zo‗riqtirilgan konstruksiyalarni tayyorlashda armatura ning qanday turlaridash foydalaniladi? 5. Anker moslamalari nima uchun xizmat qiladi va ularning turlari xaqida gapirib bering. 116 VII BOB. TURLI SHAROITLARDA BETON ISHLARINI OLIB BORISH 7.1 Beton va temir-beton ishlarini sovuq vaqtda olib borish Tashqi muhitning harorati manfiy bo‗lganda beton va temir-beton ishlarini olib borishda yuqori sifatni ta‘minlash maqsadida zarur talablarni bajarish zarur. Manfiy haroratda beton tarkibidagi suv muzlaydi va xasil bo‗lgan muz kristallarining hajmi suvnikiga nisbatan yuqori bo‗ladi. Shuning uchun beton g‗ovaklarida uning strukturasini buzuvchi yuqori bosim hosil bo‗ladi va oqibatda betonning mustahkamligi pasayadi. Beton qorishmasi qanchalik vaqtli muzlasa betonning mustahkamligi shunchalik pasayadi. Eng xavflisi beton qorishmasining muzlashi sementning qotish vaqtiga to‗g‗ri kelgan vaqtidir. Oldindan zo‗riqtirilgan konstruksiyalarni zavod sharoitlarida tayyorlanishining afzalliklaridan yana biri shundaki, zavod sharoitida tayyorlangan beton qorishmasining manfiy haroratda muzlab qolishini oldini olish maqsadida hamma choralarni ko‗rish imkoniyatlari mavjud. Sovuq vaqtda betonlashda betonning qotish jarayonida beton tashkil etuvchilarini isitish, va sementni qotishi davrida ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga musbat haroratni ta‘minlovchi eng ko‗p tarqalgan usullaridan biri bu termos usulidir. Betonning qotish jarayonini tezlatish maqsadida kimyoviy qo‗shimchalardan yoki elektr toki, bug‗ va issiq havo yordamida issiqlik ishlovi berish mumkin. Oldindan zo‗riqtirilgan temir-beton konstruksiyalarni tayyorlashda, agarda taranglashtiriluvchi armatura korroziyadan himoyalanmagan bo‗lsa beton qorishmasini tayyorlashda sovuqqa qarshi qo‗shimchalardan foydalanish mumkin emas. Beton va temir-beton ishlarini sovuq vaqtda olib borilganda zavod laboratoriyasi va texnik xodimlar barcha bajarilayotgan ishlarni qattiq nazorat qilishlari shart. Olib boriladigan ishlar normativ xujjatlarning talablari asosida amalga oshirilishi shart. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling