Олдиндан зўриқтирилган темир-бетон технологияси


  7.2 Quruq issiq iqlim sharoitida beton ishlarining o„ziga xos taraflari


Download 6.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/61
Sana02.11.2023
Hajmi6.92 Mb.
#1739571
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   61
Bog'liq
Камилов Х Олдиндан зўриқтирилган

117 
7.2 Quruq issiq iqlim sharoitida beton ishlarining o„ziga xos taraflari 
Tashqi muhit harorati 35-40
0
С, nisbiy namlik 10-25%, tez-tez esib turgan 
shamol ta‘sirida betonning tez suvsizlanishi ro‗y berishi mumkin va bu esa beton 
qotishini sekinlashishiga va ayrim xollarda to‗xtashiga ham olib kelishi mumkin. 
Betonning barvaqt suvsizlanishi uning mustahkamligiga katta ta‘sir 
ko‗rsatadi. U serg‗ovak bo‗ladi, unda darzlar hosil bo‗ladi va suv 
o‗tkazuvchanligi ortib ketadi. 
Quruq-issiq iqlim sharoitida foydalaniladigan betonlar uchun to‗ldirgich 
sifatida karbonat tog‗ jinslaridan foydalangan ma‘qul. Bu tog‗ jinslariga sement 
yaxshi yopishadi va ularning chiziqli kengayish koeffitsientlari ham bir biriga 
yaqindir. Vulqon tog‗ jinslari, misol uchun bazaltdan chaqiqtoshdan foydalanish 
tavsiya etilmaydi, chunki qotgan betonning mustahkamligini tushib ketishiga olib 
keladi. Beton qorishmasini tayyorlashdan oldin to‗ldirgichlarni quyosh nuridan 
ximoyalash, serqovak to‗ldirgichlarni namlash zarur bo‗ladi. 
Quruq-issiq iqlim sharoitida beton qorishmasini aralashtirish vaqti 30-50% 
ga uzoqroq davom etdiriladi. Betonlash ishlarini to‗xtovsiz amalga oshirish zarur. 
Agarda tanaffus zarur bo‗lib qolsa, ishchi yuzalarni sinchkovlik bilan tekshirish 
lozim. Beton qorishmasi qolipga joylab zichlangandan so‗ng uning qotishiga 
barcha sharoitlarni yaratib berish zarur. Yangi qoliplangan betonning ochiq 
yuzalarini qanor qop, brezent, pohol va boshqalar bilan yopib, xar 3-4 soatda
surunkali suv sepib namlab turish kerak bo‗ladi. Suv sepib turishning 
davomiyligini 28 sutkagacha olib boriladi. 
Beton konstruksiyalarning yuzalariga nam qum yoki yog‗och qipig‗ini ham 
sepib qo‗yish mumkin. 
Tashqi muhit harorati 30-35
0
С bo‗lsa betonni har 2 soatda, 35-40
0
С bo‗lsa 
har 1,5 soatda va harorat 40
0
Сdan yuqori bo‗lsa har 1 soatda suv sepib 
namlabturish kerak. Bundan tashqari atrof-muhitning nisbiy namligi va 
shamolning tezligini xam hisobga olish zarur.


118 
Beton qotish jarayonida tizimli suv sepib turishning ilojisi bo‗lmasa, shartli 
ravishda ―namsiz‖ usuldan, ya‘ni beton ustini polivinilxloridli plenka bilan
yuning yuzasida havo o‗tkazmaydigan plenka hosil qiluvchi tarkiblar bilan 
qoplash maqsadga muvofiqdir. 
So‗ngi vaqtlarda polimer materiallardan foydalanib quyosh energiyasi 
yordamida betonning qotishini tezlashtirish keng ommalashmoqda. Quyosh 
radiatsiyasi ta‘siri va atrof muhitning yuqori haroratida plenki ostida ushlab 
turilgan beton 1-3 sutka davomida intensiv ravishda o‗zining 7 sutka davomida 
oladigan mustahkamligiga erishadi. 

Download 6.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling