134
Beton qorishmasi - murakkab ko‗pkomponentli polidispersion tizimni
o‗zida ifodalovchi
beton qorishmasini suv, sement va to‗ldiruvchilarni bevosita
qorishtirish orqali olinadi.
Gidravlik bog„lovchi moddalar - ham havoda xam suvda qotib o‗z
mustaxkamligini havoda xam suvda ham (suvda yaxshiroq) oshirib boradi.
Donador domna shlagi metallurgiya sanoatining chiqindisidir.
Metall
olishda domna qozoni sirtiga ko‗tarilgan eritmani tez sur‘atda sovutib yirik qum
singari g‗ovak donalardan tashkil topgan (5-10 mm) shlak olinadi.
Yonilgi shlagi va kuli - toshko‗mir, qo‗ng‗ir ko‗mirni
yoqishdan hosil
bo‗ladigan yengil betonbop g‗ovak to‗ldirgichlardir. Ko‗mir tarkibidagi
anorganik qo‗shimchalar (masalan loy) yuqori tempuraturada erib, bo‗lak-bo‗lak
g‗ovak materialga aylanadi.
Yirik to„ldirgich – shag‗al tosh va chaqiq tosh.
Keramzit - ko‗p g‗ovakli, mustaxkam, yengil g‗ovak to‗ldirgich. Keramzit
olishda xom ashyo sifatida tarkibida 6-12% temir oksidi ( 1-3%
organik
aralashmalar) bo‗lgan yengil eruvchan loy ishlatiladi. Nam yoki nim quruq
usulda tayyorlangan loy 1100-1300°C da xumdonda 30-60 minutda pishiriladi.
Pishiriga jarayonida loydagi organik aralashmalar qo‗yib, komponentlar o‗rtasida
oksidlanish boshlanadi va gaz ajrala boshlaydi. Natijada loy ko‗pchiydi va unda
g‗ovaklar hosil bo‗ladi.
KSK (konstrutiv sifat koeffitsienti) – materialning mustaxkamligini uning
zichligiga bo‗lgan nisbati bilan ifodalanuvchi ko‗rsatkich.
Ko„pchitilgan perlit - tarkibida suv miqdori kam (2-4%) bo‗lgan
vulqondan otilib chiqqan shishasimon tog‗ jinslarini (perlitlar, obsidianlar) 950-
1200°S da jadal pishirib olingan yengil to‗ldirgich.
Do'stlaringiz bilan baham: