Oli\' va o•rta maxsus ta'lim vazirligi o•rta maxsus
Download 0.77 Mb.
|
Anorganik kimyo Tashev [uzsmart.uz]
6.4- §. Kolloid eritmalarBiror moddaning mayda bo'lakchalari boshqa bir modda ichida taqsimlansa, hosil bo'lgan sistema dispers sistema deb ataladi. Taqsim langan modda dispers faza, ikkinchi modda esa dispersion muhit deb ataladi. Agar dispersion muhitga tarqalgan dispers faza zarrachalari ning kattaligi I mmk bilan l00 mmk (mmk - millimikron) ora sida bo'lsa, bunday dispers sistemalar kolloid eritma/ar yoki wl /ardeb ataladi. Zol ichidagi zarrachalar to'xtovsiz harakatda bo'ladi. Kolloid sistemalar geterogen, aniqroq aytganda, mikrogete rogen sistema deb qaraladi. Odatda, kolloid kimyoga ingliz olimi T.Grem asos solgan deb hisoblanadi, lekin Gremdan avval bu sohada M.V.Lomonosov, Berselik Selmi, Musin-Pushkin, Fa radey, I.G.Berigov, P.P.Veymam va boshqa olimlar ham ilmiy ish olib borganlar. Haqiqiy eritmalami molekular-dispers, kolloid eritmalar, kolloid-dispers va suspenziya kabi sistemalar dag'al dis pers sistemalar deb ataladi. Bu uch xii dispers sistemalar bir biriga aylanishi, biri ikkinchisidan hosil bo'lishi mumkin, chu nonchi, molekular-dispers sistemadan kolloid-dispers sistema hosil qilib, undan dag'al dispers sistema tayyorlash va keyin dag'al dis pers sistemani kolloid eritmaga, so'ngra uni haqiqiy eritmaga aylantirish mumkin. Kolloid eritmalar liofil va liofob kolloidlarga ajratiladi 1• Masalan, oqsilning suvdagi, kauchukning benzoldagi eritmalari liofil kolloidlar jumlasiga kiradi; liofil kolloid olish uchun eruvchi modda bilan erituvchi moddani o·zaro aralashtirish ki foya, chunki ular o'z-o'zicha hosil bo'ladigan sistemalardir. Lio fob kolloidlar mexanik ta'sir yoki kimyoviy reaksiyalar vositasi da, qiyinchilik bilan hosil bo'ladi. Ulaming dispers fazalari, asosan, anorganik moddalar - oksidlar, kislotalar, asoslar, sulfidlar, er kin metallar yoki metallmaslaming zarrachalaridan tashkil top- 1 Liofi/ kol/oid/ar - zarrachalari dispersion muhit bilan kuchli bog'langan. liofob kol/oidlar - bo'sh bog'langan kolloidlar. gan, yaxshi solvatlanmaydigan zarrachalardir. Aslida, liofil kolloid lar yuqori molekular moddalaming haqiqiy eritmalaridir. Lekin bu moddalaming molekulalari nihoyatda yirik bo'lganligi sababli ulaming eritmalari kolloid eritmalarga oid xossalarni namoyon qiladi: ular xuddi kolloid eritmalar kabi yarimo'tkazgich parda lardan o'tmaydi, diffuziya tezligi xuddi kolloid zarrachalamiki kabi kichik, yondan tushgan yorug'lik ularda tarqaladi. Agar eritmada yuqori molekular moddaning konsentratsiyasi ortib borsa, ma'lum bir konsentratsiyaga erishilganidan keyin sistema birdaniga qattiq modda, ya'ni iviq. boshqacha aytganda, gel xossasini namoyon qiladi. Demak, zol gelga aylanib qoladi. lviq hosil bo'lish jarayoni ba'zi liofob kolloidlarda ham ro·y bcradi. Shunday qilib, kolloid laming liofil va liofob kolloidlarga ajratilishi shartlidir. Liofob kol loidlaming gellari yuqori molekular moddalaming gellaridan shu bilan farq qiladiki, liofob kolloid geli ustiga erituvchi solib qo'yilsa, u gel qaytadan yana zolga aylanmaydi. Shuning uchun liofob kol loidlar qaytmas kolloidlar. liofil kolloidlar esa qaytar kolloidlar ham deyiladi. Liofob kolloidlarga oltin, platina, kumush, oltingu gurt zollari, metall sulfidlaming gidrozollari kiradi. Liofil kolloid larga oqsil,jelatina, pepsin va molekularog'irliklarijuda katta bo'lgan yuqori molekular moddalaming eritmalari kiradi. Zollar turli tuman xossalari bilan xarakterlanadi. Kolloid eritmalar o'z zarra chalarining katta-kichikligiga qarab turli rangga ega bo'ladi, masa lan, oltinning kolloid eritmasi dispers zarrachalarining katta-kichik ligiga qarab ko'k, binafsha. gilosrang va qizilrangga ega bo'ladi. Kolloid critmalarda haqiqiy eritmalarda kuzatilmaydigan hodisa - Tindal effekti kuzatiladi. Bu hodisa quyidagidan iborat: zol orqali yorug'lik nuri o'tkazib, sistemani yorug'lik nuri yo·nalishiga nisbatan biror burchak ostida qaralsa, yorug'likning sistema ichida tarqalishi tu fayli hosil bo'lgan yorug' konusni ko'ramiz. Tindal konusi. ayniqsa. qorong'i joyda yaxshi ko'rinadi. Kolloid eritmalaming muhim xos salaridan biri shundaki, zolning barcha zarrachalari bir xii isho rali elektr zaryadiga ega bo'ladi. Shuning uchun ham kolloid zarrachalar o'zaro birlashib ketmaydi, aks holda ular tezda eritma tubiga cho'kib ketgan bo'lar edi. Metall sulfidlari, silikat kislota zollarining zarrachalari manfiy zaryadli, metall gidroksid zollar ining zarrachalari esa musbat zaryadga cga. Kolloid zarrachalar ning manfiy yoki musbat zaryadga ega ekanligining sababi shun daki, koJloid eritmalaming zarrachalari eritmaning manfiy yoki musbat ionlarini adsorbilaydi. Kolloid zartachalar atrofi adsor bilangan ionlar bilan qurshab olingan. Zarrachaning yadrosi bir necha ming molekulalardan iborat neytral modda bo'lib, uni ion lar qurshab turadi. Yadro va unga adsorbilangan ionlar birgalikda granula (yoki kolloid zarracha) deb ataladi. Granula musbat yoki manfiy zaryadga ega bo'lganligi uchun uning atrofida qarshi zaryadli ionlar yig'iladi. Lekin bu ionlar zarrachaga bo'shroq tortilib tura di va dispersion muhitning bir qismini tashkil qiladi. Granula va uning atrofidagi qarshi zaryadli ionlardan iborat sistema mirsel/a deb ataladi. Mitsellani qurshab turgan suyuqlik inrermitselar suyu qlik deyiladi. Mitsella elektr-neytraldir. Masalan. agar kumush nitrat eritmasiga ortiqcha miqdorda kaliy bromid ( KBr) qo'shilsa, zarrachaning yadrosi AlBr dan, granula AI Br va uning adsorbilan gan Br ionlaridan iborat bo'ladi. Agar kolloid zarrachalar o·zaro birikib, yirikroq agregatlar hosil qilsa, kolloid eritma koagulyatsi yaga uchraydi. Koagulyatsiyaga uchragan zarrachalarning og'irlik kuchi ta'sirida cho'kishi sedimentatsiya deb ataladi. Koagulyatsiyani amalga oshirish uchun zolga elektrolit va zolga teskari zaryadli boshqa zol qo'shish hamda zolni qizdirish kcrak. Kolloid eritmalar haqi qiy (chin) eritmalarga nisbatan ko'p uchraydi. Tirik hujayralar ning protoplazmalari, qon, oqsil, sut va h. murakkab kolloid lardan, o'simlik va hayvonlarning oziq moddalari ham, ko'pincha, kolloidlardan iborat bo'ladi.Sintetik kauchuk, sun 'iy i pak, plast mas.sa va b. ishlab chiqarish texnologiyasi ham kolloid kimyo yu tuqlariga asoslanadi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling