Olib borish usullari
Download 495.13 Kb. Pdf ko'rish
|
2-maruza (2)
2-MA’RUZA. SHPUR VA SKVAJINALARNI BURG’ILASHDA TOG’ JINSLARINI PARCHALASH USULLARI. BURG'ILASH PORTLATISH ISHLARINING UMUMIY MASALALARI VA BURG'ILASH PORTLATISH ISHLARINI OLIB BORISH USULLARI. Burg’ilash ishlarining vazifalari. Tog’ jinslarida yoki foydali qazilmalarda sun’iy ravishda tsilindr shaklida bo’shliqlar hosil qilish burg’ilash deb ataladi. Burg’ilash ishlari tog’ jinslarida yoki massivdva chuqurliklar va bo’shliqlar hosil qilish hamda keyinchalik ularga PM larni joylashtirish uchun amalga oshiriladi. Shuningdek burg’ilash ishlari sanoat korxonalarini, shahar va aholi punktlarini suv bilan ta’minlash yoki foydali qazilma konlarida qidiruv ishlarini olib borishda ham keng qo’llaniladi. Shpur - tog’ jinsida tsilindrik shaklda burg’ilangan, chuqurligi 5mgacha va diametri 75mm gacha bo’lgan bo’shliqqa aytiladi. Shpurlardan bloklarni maydalashda, pog’ona asosini tekislashda, lahimlarni o’tishda va yumshatish ishlarini olib borishda foydalaniladi. Shpurlardan xarsang toshlarni donalab blok shaklida qazib olishda, tekis-parchalanmagan qiyaliklar hosil qilishda, kanallar va transheyalarni konturli portlatib yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Shpurlardan tog’-kon ishlariga xos bulmagan ishlarda (gruntni yumshatishda, muzlagan gruntlarni yumshatishda va boshqalar) ham keng foydalaniladi. Shu jumladan shpurlardan gorizontal va vertikal er osti kon laxmlarini o’tishda, rudalarni maydalash ishlarida ham qo’llaniladi. Skvajina – tog’ jinslari massivi yoki foydali qazilmada tsilindrsimon shaklida burg’ilangan, uzunligi 5m dan va diametri 75mm dan katta bo’lgan bo’shliqqa aytiladi. Ochiq kon ishlarida – barcha turdagi foydali qazilmalarni qazib olishda tik va qiya skvajinalardan foydalaniladi. Skvajinalardan shahar va qishloqlarni suv bilan ta’minlashda, neft va gaz maxsulotlarini qazib olishda, avtomobil va temir yo’llari qurilishida, kanal va kollektor qurilish ishlarida ham keng qo’llaniladi. Shuningdek yer osti gaz stansiyalari, uran va oltinni qazib olish ishlarida ham keng foydalaniladi. Download 495.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling