Olib borish usullari
Burgilash dastgohlari va portlovchi skvajinalarni burg’ilash
Download 495.13 Kb. Pdf ko'rish
|
2-maruza (2)
Burgilash dastgohlari va portlovchi skvajinalarni burg’ilash
texnologiyasi. Skvajinada qazish joyiga yemiruvchi kuchlanishning ta’siri xarakteriga qarab, burg’ilash uchun qo’llaniladigan dastgohlarni uchta guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga – skvajinada qazish joyiga mexanik ta’sir ko’rsatilishini ta’minlovchi dastgohlar kiradi. Ikkinchi guruhga – skvajinada qazish joyiga termik yoki gidravlik portlatish ta’sirini kursatuvchi uskunalar kiradi. Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olishda (karerlarda) bu guruhdan faqatgina termik (olovli) ta’sir etuvchi dastgohlar (SBO turdagi) qo’llaniladi. Uchinchi guruh uskunalariga – qazish joyiga kombinastiyali ta’sir ko’rsatuvchi dastgohlar kiradi. Burgilash dastgohlarining barcha turalari uchun amallar bajarilishining ketma-ketligi burg’ilash texnologiyasi bilan belgilanadi. Portlatishga tayyorlanayotgan blokni burg’ilashda quyidagi amallar bajariladi: Parmalash dastgohini skvajinani qazish uchun muljallangan joyga o’rnatish; Burg’ilash ishlari; Skvajina chuqurlashgani sayin burgilash stavini uzaytirib borish; Burg’ilash stavini ajratib olish; Yeyilgan (ishdan chiqqan) burg’ilash asbobini almashtirish; Dastgohni keyingi skvajinani burg’ilash joyiga o’tkazish. Skvajinalarni burg’ilashning texnik tezligi – deb faqatgina sof burg’ilash uchun ketgan vaqtda olingan burg’ilash hajmiga aytiladi. Skvajinalarni SBR rusumli dastgohlar bilan burg’ilaganda qattiq qotishma bilan armirovkalangan keskichli koronkalar qo’llaniladi. Qayishqoq-zich jinslarga burg’ilash ishlari olib borilganda, qattiq qotishmali plastinkalar bilan armirovkalangan va tosh yemiruvchi keskichlari qiya joylashtirilgan koronkalar qo’llaniladi va shu keskichlarning qiya joylashtirilishi hisobiga koronkaning o’z yo’nalishini o’zgartirmasligi ta’minlanadi. Mustahkamligi yuqoriroq bo’lgan tog’ jinslarida burg’ilash ishlari olib borilganda olmosli qattiq qotishmali shtirlari uzlukli joylashtirilgan keskichlardan foydalaniladi. Skvajinalarni aylantirib burg’ilovchi dastgohlarning tuzilishi anchagina oddiy, bir joydan ikkinchi joyga ko’chirishga qulay va ularning og’irliklari ham katta emas. SBR-125 rusumli dastgohlarni burg’ilahs ko’rsatkichi kichik bo’lgan tog’ jinslarida qo’llash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Dastgohning sof burg’ilash uchun sarflangan vaqti – smena umumiy vaqtining 35-40% ni tashkil etadi. SBR- 160 rusumli dastgoh qo’llanilganda sof burg’ilash vaqti – umumiy smena vaqtining 50-55% ni tashkil etadi va burg’ilash ko’rsatgichi 3 5 bo’lganda bu dastgohning mehnat unumdorligi – 120m/sm ni va undan ko’proqni tashkil etishi mumkin. SBR-125 va SBR-160 rusumli dastgohlar ko’proq ko’mir konlarida va qurilish materiallarini qazib chiqaruvchi karerlarda qo’llaniladi. Ko’mir konlaridagi burg’ilash ishlarining 35% gacha shu rusumdagi dastgohlarga to’g’ri keladi. SBSh rusumli sharoshkali dastgohlarda tog’ jinslarini yemiruvchi asbob sifatida tishli dolotalar yoki shtirlar bilan ishlatilib, ular yordamida tog’ jinsidan parchalar ajratiladi va havo yoki suv-havo qo’shilmasi yordamida qazish joyidan chiqarib tashlanadi. SBSh rusumli dastgohlarni burg’ilash ko’rsatkichi 6 15 bo’lgan tog’ jinslarida qo’llab, yaxshi natijalarga erishish mumkin. Sharoshkali dastgohlar bilan burg’ilanganda burg’ilash ko’rsatkichi 15ga teng bo’lgan tog’ jinslarida unumdorlikni 50-60 m/smenagacha yetkazish mumkin. Sharoshkali dastgohlar og’irligiga va hosil qila oladigan o’qli kuchlanishiga qarab: Download 495.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling