Olib borish usullari


Kon jinslarida shpur va skvajinalarning burg’ilash usullari va


Download 495.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana01.04.2023
Hajmi495.13 Kb.
#1317171
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-maruza (2)

 Kon jinslarida shpur va skvajinalarning burg’ilash usullari va 
klassifikastiyasi.Tog’ jinslarini yoki massivni parchalash uchun ularga shpur yoki 
skvajinalar burg’ulanadi va ularga PM lar joylashtirilib portlatish ishlari amalga 
oshiriladi.
Burg’ilash jarayoni-qazish joyidagi tog’ jinsini burg’ilash asbobi bilan 
yemirishni va hosil bo’lgan mayda tosh bo’lakchalarini chiqarib tashlashni o’z 
ichiga oladi.
Shpur va skvajinalarni burg’ilash jarayonida tog’ jinslarining maydalanishi 
mexanik, fizik va kombinastiyalangan usullarga bo’linadi. 
Shpur va skvajinalarni burgilashning mexanik usuliga zarbli, aylanma, 
aylanma-zarbli va zarbli-aylanma usullari kiradi.
Zarbli burg’ilash usulida tog’ jinsi asosan burg’ilash uskunasi yordamida 
zaboyga berilayotgan ketme-ket zarblari asosida amalga oshiriladi. Tog’ jinslarini 


zarbli maydalash asosan pnevmatik bolg’alar orqali amalga oshirilib, ular xarsang 
toshlarni maydalash ishlarida keng qo’llaniladi. 
Burg’ilash perforatorlarining ishlash printsipi ham zarbli usulga kiradi. Tog’ 
jinsining maydalanishi zaboyda shpurning zarb-burilma printsipiga asoslangan. 
Har bir beriladigan zarbadan keyin burg’i asbobi ma’lum burchakga burilib 
zaboyda tog’ jinsini maydalaydi. Siqilgan havo ta’sirida maydalangan tog’ jinsi 
shpurdan tashqariga chiqarib tashlanadi. Hozirgi kunda shpur va skvajina 
parmalash 32-85 mm diametrda amalga oshirilib quyidagi burg’ilash bolg’alari 
orqali amalga oshiriladi: PR-19, PR-20N, PR-22, PR-24MV, PR-25L, PP-36, PP-
54. 
Burg’ilashning aylanma usulida tog’ jinsini maydalash asosan burg’ilash 
uskunasi orqali berilayotgan bosim va koronka tomonidan amalga oshiriladi. 
Maydalangan tog’ jinsi shnekli shtanga yordamida yuqoriga chiqariladi. 
Burg’ilashning aylanma usuli asosan qattiqligi SNiP shkalasi bo’yicha VII 
guruhdan oshmagan tog’ jinslarida skvajina parmalash ishlarida keng qo’llaniladi. 
Sanoatda SVB-2M, 1SBR-125, SBR-160 shunday markali shnekli uskunalar
qo’llanilmoqda. 

Download 495.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling