Olib boruvchi: Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar! Xush kelibsizlar. Men sizlarni axborot-resurs markazimizda ko‘rib turganimdan juda mamnunman. Bilasizlarki


Download 96.39 Kb.
bet2/2
Sana08.05.2020
Hajmi96.39 Kb.
#104318
1   2
Bog'liq
kitobim oftobim


2 :

har ko‘ngilning orzusi shul erur obi hayot,

qadrini bilgan kishiga shubhasiz jondir kitob.

Ko‘zning nuri, dil sururi dillarning darmonidir,

har qorong‘u dilga go‘yo mohitobondir kitob.

har balodan asraguvchi eng muhim himmat yarog‘,

Tiyri vahshat xanjari zillatga qalqondir kitob.

har kishi yoshlikda qilsa vaqtida g‘ayrat agar,

Tez zamonda oshno bo‘lmog‘i osondir kitob.

3 : O‘quvchilar qalbida yuksak ma’naviyatni shakllan- tirishda kitob va kitobxonlikning ahamiyati beqiyosdir.

Kitob asrlarni-asrlarga, zamonlarni-zamonlarga, rishta- larni-rishtalarga ulovchi vosita. “Kitobsiz xonadon jaholatga o‘xshaydi”,degan ekan bir donishmand. Lekin to‘g‘ri kelgan kitobni o‘qish ham yaramaydi. Chunki buning bir qator sabablari bor. Avvalo, insonning umri barcha kitoblarni o‘qishga yetmay- di. Bundan tashqari, duch kelgan asarni o‘qib ketaverish kishi- ning saviyasiga, uning dunyoqarashining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin.



2- :

Ilm kaliti – kitob,

Gar o‘qisang bobma-bob,

O‘rganib bor bilimni,

Ochar bag‘ri dilingni.

Safarga chiqqan chog‘ing,

U eng yaqin o‘rtog‘ing.

Oshno bo‘lsang kitobga,

Yuksalasan oftobga.

4- : Inson tabiati, fe’l-atvori, ruhiyatiga mos narsa- larga qiziqadi. Kimdir tarixiy kitoblarga qiziqsa, kimdir falsafiy romanlarni o‘qiydi, kimdir sarguzasht asarlarni yoqtirsa, yana kimdir hajviy asarlar ixlosmandi. Yana bir boshqa odam esa she’riyat shaydosi bo‘ladi. Shuningdek, kitob- larning davriyligi ular uchun muhimdir. Masalan, mumtoz-an’anaviy, zamonaviy adabiyot namunalarining ixlosmandlari ham o‘ziga yarasha topiladi. Odamning o‘qiyotgankitobiga qarab ham uning maqsad va intilishlari, fe’l-atvori, kayfiyatini aniqlash mumkin. Shu ma’noda unga ana shu qiziqishlarini hisobga olgan holda kitob o‘qishni tavsiya qilish mumkin.

2- : Kishilar savdosi boshimdan yiroq

Erta-kech bo‘lmisham kitobga o‘rtoq

5-talaba: Bilasizlarmi, mashhur kinoaktyor kung-fu ustasi Bryus Li kitob mutolaa qilishni judayam yaxshi ko‘rar, ularga g‘oyalarning sarchashmasi deb qaragan ekan. Bryus Lining kutub-xonasida falsafiy kitoblar har qanday amerikalik faylasuf- ning kitoblaridan-da ko‘p bo‘lgan. Uni ko‘pincha Xitoy dao-monaxlarining kurash jarayoni aks ettirilgan suratlar dunyo- siga g‘arq bo‘lib o‘tirishi, og‘ir o‘ylarga cho‘mib she’r yozayotgan yoki tarjima qilayotganini ko‘rish mumkin edi.

6- : O‘quvchilarning kitob o‘qishga bo‘lgan havaslari oiladan boshlanadi.

Ota-bobolarimiz xonadonlarida Mashrab, Navoiy, Bedil va boshqa shoirlarimizning asarlarini maroq bilan o‘qishgan. Farzandlari kitobxonlik davralarida ishtirok etishgan. Natijada ularda kitob o‘qishga havas uyg‘ongan.

XIX asrning o‘rtalarida Buxoro madrasalari faoliyati bilan tanishgan N.Xanikovning guvohlik berishicha, madrasa- ning to‘liq kursini o‘qib tugatish uchun tolib taxminan 137 ta kitob o‘qishi talab etilgan ekan.

7- : Bilim manbai bo‘lgan kitobni sevish va o‘qish uchun uni tanlay olish va o‘qish madaniyatini bilish kerak. Kitob o‘qish madaniyatiga kitob xarid etish va kutubxonani muntazam boyitib borishga alohida e’tibor bilan qarash, kitob saqlash odobi, o‘qish jarayoni, o‘qiganni o‘ziga va hayotga tatbiq etish, bilish kabi yana o‘nlab masalalar kiradi.

2- :

Kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q jahonda,

g‘amxo‘ring bo‘lgay u g‘amli zamonda.

U bilan hol tang‘o, hech bermas ozor,

Joningga yuz rohat beradi takror.

8- : Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti- ning “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’min- lashni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni yuksaltirish uchun mana shunday g‘amxo‘rlik zarur edi. Bu o‘z vaqtida chiqqan qaror, ertaga o‘z samarasini berishi shubhasizdir.

9- : Biz talabalar esa o‘z navbatida kutubxonalari- mizni turli janrdagi adabiyotlar bilan boyitishimiz mumkin. Buning uchun har bir talaba o‘z ixtiyori bilan bittadan kitob olib kelib topshirsa, kutubxona 20-30 dona kitob bilan qo‘shimcha ravishda boyiydi. Natijada 1 dona kitob olib borgantalaba yana 20-30 dona yangi kitob o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu ishga homiylarni ham jalb etish mumkin.

Farzandlari kamolini, yurt kelajagini, Vatan ravnaqini o‘ylaydigan saxovatpesha insonlarning bu ishda faol ishtirok etishi katta savob deb o‘ylaymiz.



10-talaba: Ammo, hozirgi kunda rang-barang voqea va hodisalarga boy filmlar, sarguzashtlar haqida hikoya qiluvchi boshqa vositalar – televizor, kompyuter, Internetning ta’siri kuchaymoqda. Odam kitob o‘qimasa, divanga yotvolib kuniga o‘n soatlab FM radiosini tinglaydimi, yo ikki-uchta teleserial ko‘radimi-boshining garang bo‘lgani qoladi.

Televizor, radio hech qachon kitobning o‘rnini bosa olmaydi. O‘qish va uning orqasida keladigan zakovat mamlakatni dunyoga tanitishdan ham zarurroq bo‘lgan narsaga – ma’rifatga yo‘l ochadi. Ma’rifatli, ya’ni ma’naviyati yuksak va bilimi teran bo‘lgan kadrlar yurtni farovon qiladi, mamlakat taraqqiyotini tezlashtiradi. Chinakam bilimni esa kitob o‘qimasdan turib egallash aslo mumkin emas. Shunday ekan “har doim bo‘lsin kitob” deymiz (barcha talabalar ushbu xitobnibaland ovozda aytadilar).

Talabalarning chiqishi tugagandan so‘ng navbat musiqaga beriladi ( qo‘shiq yoki raqs ijro etilishi mumkin).

Musiqa tugagach bir necha talaba sahnaga chiqib donolarning kitob haqidagi fikrlarini aytib beradi.

Ushbu chiqish yakunlangach, boshlovchi 2 oy davomida ARMga faol qatnagan kitobxonni davraga taklif etadi va unga esdalik sovg‘alarini: kitoblar, o‘quv qurollarinitaqdim etadi.

So‘ngra boshlovchi mehmonlarga, talabalarga va barcha tomo-shabinlarga doimo kitob bilan hamroh bo‘lishlarida yaxshi tilaklar bildirib, tadbirni yopiq deb e’lon qiladi.

Kitobni sev-ardoqla” mavzusida tadbir ssenariysi

Kitob – insonning yaqin do`sti, suhbatdoshi, sirdoshi. U kishining dunyoqarashi, so`z boyligini oshiradi. Amerikalik olim, yozuvchi Nil Geyman olib borgan tadqiqot natijasi shuni ko`rsatdiki, kitob mutolaa qilmaydigan bolalar kelajakda bezori bo`lib ulg`ayishi ehtimoli yuqori ekan. Shu bilan birga, kitob o`qish odamlarni empatiyaga – faqat o`z xohish-istaklari va manfaatlarini o`ylashdan voz kechib, umumiy maqsad yolida birlashishga undaydi. Xitoylik olimlar esa AQShning butun dunyoni zabt etgan Apple, Microsoft kompaniyalari sirini bilish maqsadida u yerda o`z tadqiqotchilarini yuborganlar. Izlanishlar shuni ko`rsatdiki, nanotexnologiyalar ixtirochilari bolalikda fantastik asarlar mutolaasiga mehr uyg`otishimiz, asrlar osha ajdodlar ilmiy, adabiy merosini qadrlashga, unda ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga o`rgatishimiz muhim. E`tiboringizga havola etilayotgan tarbiyaviy soat ishlanmasi aynan shu maqsadlarga erishishga qaratilgan.



Maqsadlar: mashg`ulotlar davomida o`quvchilarga kitob turlari haqida ma`lumot berish, bir kitob nashrga tayyorlanib o`quvchilar qo`liga yetib kelgunicha ketadigan mehnatni qadrlash, kitoblarga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishni shakllantirishda eng yaqin yordamchi ekanini tushuntirish.

Metodlar: suhbat, savol-javob, “Davom ettir” oyini, klaster.

Jihozlar: kompyuter,proyektor, slaydlar yoki kitob turlari haqida ma`lumot beruvchi plakatlar, kartochkalar, biror ertak qahramoni rasmi.

Mashg`ulotning borishi

  1. Tashkiliy qism.O`quvchilarni darsga hozirlash.

  2. O`qililgan mavzuni mustahkamlash. Qisqa vaqt ichida o`quvchlar bilan o`tgan tarbiyaviy soat mavzu yuzasidan fikr almashiladi. O`qituvchi mavzuni xulosalaydi.

  3. Yangi mavzuni tushuntirish.

O`quvchilarga uyda o`zlarininig didi va istaklariga qarab, qo`lbola kitobcha yasab kelish topshirig` beriladi va mehnat mahsullari bo`lmish kitob haqida “Mening sevimli kitobcham” mavzusida qisqagina taqdimot tayyorlash aytiladi. Tarbiyaviy soatda maktab kutubhonachisini ham taklif qilish mumkin.

O'qituvchi: — Bolalar, siz har kuni uyda, maktabda, do'konlarda turfa xil kitoblarni ko'rasiz. Lekin nima uchun «Kitob — insonning eng yaqin do'sti, hamrohi» deyishadi, bu haqda hech o'ylab ko'rganmisiz?

  1. o'quvchi: — Chunki, biz kitoblar orqali ilm o'rganamiz. Maktabda va uyda darsliklarimizdan ko'p qiziqarli narsalarni bilib olamiz.

  2. o'quvchi: — Kichkinaligimda uyqudan oldin buvim menga ertak kitoblar o'qib berardilar...

  3. o'quvchi: — Men esa ulardagi suratlarni tomosha qilib o'tirishni yaxshi ko'rardim.



O'qituvchi: — Yaxshi. Bilasizmi, birgina kitob yozilishi uchun kishilar yillab izlanishadi. Keyin u kitoblar qo'lingizga yetib kelgunga qadar unga ko'plab kishilarning mehnati singadi.

(Kitob chop etish jarayoni slaydlar orqa, namoyish etiladi).

O'qituvchi: — Bolajonlar, kitoblarning qanday turlarini bilamiz?


Fantastik kitoblar

Darsliklar Ertak kitoblar



Kitob turlari




Tarixiy Ilmiy

asarlar asarlar
(O'quvchilarning javoblari klaster usulida doskaga yoziladi va o'qituvchi tomonidan to'ldirilib boriladi).

O'qituvchi: — Hamma zamonlarda ham kitobga katta ehtirom bilan qarashgan, unga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishgan. Ocharchilik va urush yillarida kishilar nochor xolatda qolganlarida ham, uyda bor bisotlarini sotishgan, biroq kitoblarni bebaho buyum sifatida asraganlar.

O'quvchi: — Ustoz, xatto yeyishga ovqatlari bo'lmaganda ham, kitobni yegulikka almashishmaganmi?!

O'qituvchi: — Yo'q. Boisi, kitob kishini bemehr, beshafqat bo'lishdan asraydi, ezgu fazilatlarni tarbiyalaydi. Bobolarimiz shu narsani bilganlari uchun ham, kitoblarni juda qadrlashgan.

Sinfga Kitob kirib keladi:

Tanishaylik, men kitob,

Asl ilmlarga kon.

Boylik beray behisob,

Bo'lsang agar qadrdon.

Lekin yirtib, burdalab,

Kamaytirma varag'im.

Sendan yana bir talab,

Iflos qilma hech yog'im.

Kitob o'zi bir olam,

Vatan ichida vatan.

Kitobni ko'p o'qigan

Dono bo'lar hammadan.

Kitobimda qo'zichoq

Dikir-dikir chopadi.

Quvsam, qochib o'sha choq

Onasini topadi.

Har so'zni kitobimdan

Lola kabi teraman.

Ustoz-muallimlarga

Sovg'a qilib beraman.

O'qituvchi: — Xush kelding, Kitobjon. Hozirgina o'quvchilarga sen haqingda gapirib turgan edim.

Kitob: — Ha, to'g'ri, avvallari qadrim baland edi, biroq hozir meni avvalgidek avaylashmaydi. Varaqlarimni yirtib, jonimga ozor berishadi, yuzlarimga rasmlar chizib, husnimni buzishadi. Bundan ko'nglim juda ozor chekadi.

O'qituvchi: — Mening o'quvchilarim yaxshi, bunday qilishmaydi. Bugundan boshlab esa boshqa o'rtoqlariga ham seni avaylash kerakligini aytishadi, «yarador» do'stlaringni «tuzatishadi». Shundaymi, bolajonlar?

O'quvchilar: — Ha.

Kitob: — Rahmat, xursand bo'ldim.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

O'qituvchi: — O'tgan darsda sizlarga «Sevimli kitobcha»ngizni yasab kelishni aytgandim. Marhamat, endi o'zingiz ham noshirlik tajribangiz bilan o'rtoqlashing.

O'quvchilar o'zlari yasab kelgan kitobchalari haqida gapirib, uni yasashga, bezashga ketgan mehnatlari, vaqtlari haqida gapirib berishadi. Keyin o'quvchilarning «Sevimli kitobcha»lari sinf kutubxonasidan joy oladi.

Yuqorida o'qituvchi bergan ma'lumotlardan kelib chiqib, o'quvchilar o'zlari yasab kelgan kitoblari qanday turga kirishini aytadilar. Kitobjon esa ularning to'g'ri javob berishlariga yordamlashadi.

Kitobjon: — Barakalla , bolajonlar! Bu kitobchalarni mehr bilan tayyorlaganingiz ko'rinib turibdi. Rahmat.

O'qituvchi: — Kitobjon, shuncha yo'l bosib kelibsan, bolalarga bir ertak aytib bermaysanmi?

Kitob: — Albatta, bajonidil. (Kitob ertak qahramoni tushirilgan rasmni qo'liga olib, o'quvchilarga ertak so'ziay boshlaydi (ertak darslikdan yoki kutubxonada o'quvchilarga yetadigan miqdorda bo'lgan kitobdan tanlangani ma'qul). Yarmiga kelib esa, «Davomini bilishni xohlasangiz, mana bu kitobdan o'qib oling. Shunda qahramonning sarguzashtlari nima bilan tugaganini bilib olasiz», deydi.)

V. Tarbiyaviy soatni yakunlash.

O'qituvchi: — Xo'sh, bola­jonlar, bugun kitob haqida nimalarni bilib oldik?

O'quvchilar javobi tinglanadi. Xulosa yasaladi.



VI. Uyga vazifa. Kitobjon boshlab bergan ertakni o'qib kelish. O'quvchilar ota-onalari, buvi-buvalaridan varaqlari yirtilgan, betlariga chizib tashlangan kitoblarni tuzatish yo'llari haqida so'rab kelishlari va keyingi mashg'ulotga bilib olganlarini do'stari bilan o'rtoqlashishlari kerakligi aytiladi.

      Maktab zali bayramona bezatilgan, Kitob marafoni haqida stentlar ilingan, o`quvchilar tomonidan tayyorlangan ko`rgazmalar bilan bezatilgan.



Boshlovchi:  Assalomu alaykum, hurmatli mehmonlar, kitobsevar o’quvchilar, ”Ommaviy kitobxonlik  xaftaligi” qatnashchilari!

2017-yil 12-yanvar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining                    “Kitob maxsulotlarini chop etish va kitob mutolaasi, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha kоmissiya tuzish to’g’risida “gi farmoyishiga binoan: ”Kitob orqali dunyoni kashf etamiz” shiori ostida o’tkaziladigan ommaviy kitobxonlik xaftaligini ochilish marosimiga hush kelibsiz!

Ushbu tadbirni ochib berish uchun so’z navbatini maktab direktori Muxtorova Nigora Muxtorovnaga beriladi.

Boshlovchi: “Ommaviy kitobxonlik xaftaligi”o’quvchilar kitobxonligi darajasini va mutolaa faolligini oshirishga ko’maklashadi. “Kitob – boylik. Sotib olingani emas, o’qilgani” degan edi yozuvchilardan biri. Chindanam, inson olamni tanish, hayot ma’nosini anglash, yashashdan murod neligini tushunish ilinjida kitob o’qiydi. Hech bir zavq mutolaa zavqiga teng emas.

“Ommaviy kitobxonlik xaftaligi”o’quvchilar kitobxonligi darajasini va mutolaa faolligini oshirishga ko’maklashadi.

“Kitob – boylik. Sotib olingani emas, o’qilgani” degan edi yozuvchilardan biri. Chindanam, inson olamni tanish, hayot ma’nosini anglash, yashashdan murod neligini tushunish ilinjida kitob o’qiydi. Hech bir zavq mutolaa zavqiga teng emas.

Hozirgi navbatni maktab o’quvchilari tomonidan tayyorlangan raqsga beramiz.

So`ng 5-“D” sinf o`quvchilari ijrosida raqs namoyish etiladi.

Shahar hokimligi Ma`naviyat targ`ibot markazi rahbari- I.I.Fayzullayevga so`z beriladi.



Boshlovchi: O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi , Respublika ilmiy pedagogika  kutubxonasi tomonadan o’quvchilar kitobxonligini rivojlantirish bo’yicha joriy yilning 3-8-aprel hamda 23-28-oktabr kunlarida “Ommaviy kitobxonlik haftaligi”loyihasi amalga oshiriladi. Xalq millatga, yigitlar barkamol o’g’longa, munusa opa-singillar, ma’rifatli onaga aylanishi uchun ham kitob , adabiyot, mutolaa zarur.

So`ngra 4-“B” sinf o`quvchisi Muxammedova F ijrosida qo`shiq kuylanadi.

“Kamolot” YOIH kengashi raisi- O.S.Rasulovga so`z navbati beriladi.

Boshlovchi: Hozirgi kunda axborot –kutubxona muassasalari mutaxassislari oldida   turgan asosiy maqsad:

-Ma’nan yetuk, yaratuvchilik , ijodiy qobiliyatga egа, bilimli, erkin, hayotsevar, mustaqil shaxslarni tarbiyalash va rivojlantirishdir;

-Barcha yosh guruhlardagi o’quvchilarda mutolaaga rag’batni rivojlantirish mutolaa madaniyatini oshirish;

-O’zbekiston xalqlarining tarixiy merosi, intelektual ma’naviy boyligi va qadriyatlarini rivojlabtirish va targ’ib etishga yo’naltirilgan ommaviy tadbirlar o’tkazish;

-Umumta’lim muassasasi kutubxonasining maktab ma’muriyati, fan o’qituvchilari, ota –onalar, o’quvchilar, mahalla jamoatchiligi, ijodkor ziyolilar qatlami, yoshlar tashkilotlari vakillari bilan o’zaro hamkorligini ta’minlashdan iboratdir.

Bu yil o’tkaziladigan “Ommaviy kitobxonlik haftaligi” ham xayrli ishlarimizning sarchashmasi bo’lsa ajab emas.

So`ng navbatni 3-“V” sinf o`quvchilari ijrosida turli millatlar raqslaridan ijro etiladi.

So`ngra Filologiya fanlari nomzodi, ko`plab ilmiy va badiiy asarlar muallifi Nazirjon Nazarov bilan davra suhbati o`tkaziladi.

Bu yil o’tkaziladigan “Ommaviy kitobxonlik haftaligi” ham xayrli ishlarimizning sarchashmasi bo’lsa ajab emas.

So`ngra maktab MMIBDO` A.Boytemirova va kutubxonachi N.Yusupovalar marafonda faol ishtirok etgan va  tanlov g`oliblarini taqdirlaydilar.



Boshlovchi: Aziz marafon ishtirokchilari, bugungi marafonda oldimizga qo`ygan maqsadimizga erishdik. Sizlarni maktabimizda tashkillangan arzon kitoblar  savdosiga taklif etamiz. “Farzandimga kitob sovg`a qilaman” aksiyasi davom etadi.
Download 96.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling