O’quv fanning maqsadi va vazifalari
Ushbu fanning maqsadi – ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish haqida umumiy ma`lumotlar, avtomatlashtirishning jamiyat, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotidagi rolini o’rgatadi.
Ushbu fanning vazifasi – mashinasozlikdagi kompleks avtomatlashtirishning rivojlanish muammolari va yo’nalishlari, asosiy tushunchalar va atamalar bo’yicha masalalarni o’rgatadi.
Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar
Konstruktsiyaning avtomatik yig`ishda texnologik mosligi, moslanuvchan ishlab chiqarishdagi ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks avtomatik boshqarish tizimlar qoidalarini, tuzilishi, ishlash ‘rintsi’ini, mashinalar va havfsizlik texnikasi, atrof-muhitni muhofaza qilish va sanitariya qoidalarini bilishi kerak.
Raqamli dasturda boshqariladigan texnologik jixozlarni, robotlashtirilgan texnologik komplekslarni hamda avtomatik liniyalarni zamonaviy texnologik tizimda tashkil qilish, yuklash va nazorat qilish qurilmalarini, yig`ish jarayonlarini va ularda ishlash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
Ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini zamonaviy texnologiyadagi ahamiyatini, ishlab chiqarish texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish imkoniyatlarini yaqqol tasavvur qilgan holda u yoki bu avtomatlashtirish vositalarini va aniq shart – sharoit uchun ularni hamda avtomatlashtirish zaminini tanlanishini asoslay olishi va ulardan foydalana olish malakasiga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |