Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети


Download 6.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/127
Sana08.09.2023
Hajmi6.61 Mb.
#1674601
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   127
Bog'liq
ИУМ мажмуа (Lotincha)

Metodning maqsadi: mazkur metod o‘quvchilar yoki qatnashchilarni 
mavzu buyicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash, o‘z 
bilimlarini mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu 
buyicha dastlabki bilimlar darajasini tashhis qilish maqsadida
22


qo‘llaniladi.
Metodni amalga oshirish tartibi:

ishtirokchilar mashg‘ulot qoidalari bilan tanishtiriladi;

o‘quvchilarga mavzuga yoki bobga tegishli bo‘lgan so‘zlar, tushunchalar 
nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi ( individual yoki guruhli tartibda);

o‘quvchilar mazkur tushunchalar qanday ma’no anglatishi, qachon, 
qanday holatlarda qo‘llanilishi haqida yozma ma’lumot beradilar;

belgilangan vaqt yakuniga etgach o‘qituvchi berilgan tushunchalarning to‘g‘ri 
va to‘liq izohini o‘qib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish etadi; 

har bir 
ishtirokchi berilgan tugri javoblar bilan uzining shaxsiy munosabatini
taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va o‘z bilim
darajasini tekshirib, baholaydi.
Namuna: “Moduldagi tayanch tushunchalar tahlili”
Sizningcha bu tushuncha 
qanday
Qo‘shi
m
Tushunchalar
cha
ma’noni anglatadi?
ma’lumot
Activity
adb (Android Debug
Bridge)
SDK
(Software
Development Kit)
JDK
(Java
Development Kit)
Layout Resource
Manifest File
Service
Izoh: Ikkinchi ustunchaga qatnashchilar tomonidan fikr bildiriladi.
“Brifing”- (ing. briefing-qisqa) biror-bir masala yoki savolning 
muhokamasiga bag‘ishlangan qisqa press-konferensiya.
O‘tkazish bosqichlari:
1. Taqdimot qismi. 
2. Muhokama jarayoni (savol-javoblar asosida). 
23


Brifinglardan trening yakunlarini tahlil qilishda foydalanish mumkin. 
SHuningdek, amaliy o‘yinlarning bir shakli sifatida qatnashchilar bilan birga 
dolzarb mavzu yoki muammo muhokamasiga bag‘ishlangan brifinglar tashkil 
etish mumkin bo‘ladi. O‘quvchilar yoki tinglovchilar tomonidan yaratilgan 
mobil ilovalarning taqdimotini o‘tkazishda ham foydalanish mumkin.
Klaster texnologiyasini individual va guruhda ishlaganda qo‘llash 
mumkin.
Klasterlarga ajratish texnologiyasi uncha murakkab emas.
1. Katta o‘lchamdagi qog‘oz yoki doskaning o‘rtasiga ochqich so‘z yoziladi. 
2. O‘quvchilar xayoliga kelgan ushbu so‘z bilan bog‘liq so‘z va jumlalarni uning 
atrofiga yoza boshlaydilar. 
3. YAngi g‘oyalar paydo bo‘lishi bilan xayoliga kelgan so‘zlarni ham darhol yozib 
qo‘yishadi. 
4. So‘larni yozish jarayoni o‘qituvchi tomonidan belgilangan vaqt tugaguncha yoki 
barcha so‘z va g‘oyalar tugaguncha davom etadi. 
Klasterlar texnologiyasini foydalanish uchun bir qator qoidalarga rioya qilish zarur: 
1. Hayolga kelgan hamma narsani fikrlarning sifatiga e’tibor bermasdan yozib borishi. 
2. Orfografiya va boshqa omillarga e’tibor bermaslik. 
3. Vaqt tugaguncha, iloji boricha to‘xtamasdan yozish. 
4. Imkon darajasida ko‘proq bog‘lanishlar hosil qilishga harakat qilish. G‘oyalar va 
so‘zlar sonini cheklab qo‘ymaslik. 

Download 6.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling