Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети


-MAVZU. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan o‘quv


Download 6.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/127
Sana08.09.2023
Hajmi6.61 Mb.
#1674601
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   127
Bog'liq
ИУМ мажмуа (Lotincha)

1-MAVZU. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan o‘quv 
adabiyotlar tahlili (2 soat)
Reja:
1. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan umumiy o‘rta ta’lim dasturi mazmuni, 
mohiyati va tahlili. 
2. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan ta’lim 
mazmunining minimal hajmi.
3. O‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarning 5-11 
sinflar kesimidagi darajalari. 
Tayanch iboralar: informatika fani, uzluksiz ta’lim tizimi, an’anaviy 
ta’lim, zamonaviy ta’lim, interfaol ta’limning omillari.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan umumiy o‘rta ta’lim dasturi mazmuni, mohiyati 
va tahlili.
Informatika va axborot texnologiyalari (Informatika va AT) – o‘sib 
kelayotgan avlodga axborotlar bilan ishlash texnologiyalari va ulardan 
foydalanish 
jarayonlarini 
puxta 
o‘zlashtirishni ta’minlashdan iborat. 
O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, 
aqliy rivojlanishi, o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllanishi va o‘sishi ko‘p 
jihatdan axborot texnologiyalariga bog‘liqdir.
Inson o‘z hayotida shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga 
kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, duch keladigan muammolarning 
echimini hal etishi, eng muhimi o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha raqobatbardosh 
bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim.
Bundan tashqari, ta’limda har bir o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida 
o‘quvchilarda, shu fanning o‘ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, 
sohaga tegishli fanga oid kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
Fanning maqsadi o‘quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida 
axborot 
kommunikatsiya 
texnologiyalaridan 
oqilona 
foydalanish 
kompetensiyalarini shakllantirish orqali ularni mamlakatimiz taraqqiyotiga 
munosib hissa qo‘shadigan shaxs etib tarbiyalashdan iborat.
Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv fani o‘rta umumta’lim 
maktablarining 5-sinfidan boshlanadi va 11-sinfgacha davom etadi.
Ilg‘or milliy va xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda fanni o‘qitishda rivojlangan 
davlatlarda keng qo‘llanilayotgan STEAM (science, technology, engeenering, art and 
mathematic - fan, texnologiya, muxandislik, san’at va matematika) o‘qitish konsepsiyasiga 
hamda dasturlashning tayanch tushunchalarini (mantiqiy amallar,
28


algoritmlar, blok-sxemalar va x.k.) shakllantirish metodologiyasiga tayanish maqsadga 
muvofiq.
Ta’lim sohasidagi islohotlar zaminidagi g‘oyani amalga oshirish bir qator muhim 
omillarga bog‘liq. Bu omillardan biri «Informatika va axborot texnologiyalari» yo‘nalishini 
tashkil etuvchi «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari», «Informatika», «Axborot 
texnologiyalari» kabi fanlarni o‘qitish muammosidir.
«Informatika va axborot texnologiyalari» yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish zaruriyati, 
tuzilmasi va faoliyat ko‘rsatish sohalarida yuqori sur’atlar va fundamental o‘zgarishlar sodir 
bo‘layotgan hozirgi jarayonning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Jamiyatdagi 
bunday o‘zgarishlarning ildizi axborotlar hosil qilish, ularni saqlash, uzatish va ulardan 
foydalanishning yangi usul va vositalariga borib taqaladi. Biz axborotlashgan davrda turibmiz. 
Doimo o‘sib borayotgan axborot hajmini qayta ishlash va o‘z faoliyat doirasida undan unumli 
foydalanish zaruriyatiga duch kelayotgan jamiyat a’zolari, turli kasb egalari soni tobora ortib 
bormoqda.
«Informatika va axborot texnologiyalari» yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish 
zaruratining zamini, asosi bo‘lib quyidagilarni anglash hisoblanadi:

kompьyuterlar, axborot va kommunikatsion texnologiyalar dunyodagi 
axboriy inqilobning mahsulidir;



O‘zbekiston 
Respublikasidagi 
ta’lim 
jarayonida 
ta’limni 
kompьyuterlashtirishning jahon darajasiga moslashtirish yo‘llarini izlash zarur;



kompьyuter ta’lim jarayonining samaradorligini oshiruvchi quvvatli 
vositadir, chunki u o‘quv axborotlarini sifatli etkazish imkoniyatlarini 
kengaytiradi, fanni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshiradi, ta’limni qiziqarli 
olib borish imkonini kengaytiradi, o‘quv faoliyatini boshqarish usullarini 
o‘zgartiradi, o‘qituvchining axborot uzatuvchi sifatidagi rolining yuqori darajada 
bo‘lishini ta’minlaydi va hokazo;



zamonaviy kompьyuterlarda grafik interfeys, «do‘stona» muloqot 
vositalari va boshqa imkoniyatlarning mavjudligi barcha soha mutaxassislariga, 
umuman foydalanuvchilarga kompьyuter bilan bemalol muloqot qilish imkonini 
beradi;



kompьyuter savodxonligi natijasida yosh avlod rivojlanib borayotgan 
dunyoda kelajak hayotga va moddiy farovonlikka erishishga yaxshiroq tayyor 
bo‘lishlari mumkin;



zamonaviy 
kompьyuter 
texnologiyalarining 
imkoniyatlari 
shu 
darajadaki, ulardan nafaqat ta’limda, balki, har tomonlama etuk, barkamol 
avlodni tarbiyalashda ham foydalanish mumkin.

29


Maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
va undan keyingi ta’lim bosqichlarini o‘z ichiga olgan va informatika va 
dasturiy 
ta’minot bo‘yicha mutaxassis bo‘lmaganlarga mo‘ljallangan 
«Informatika va axborot texnologiyalari» fani pedagogikamiz uchun yangi 
bo‘lgan nizom va qarashlar sistemasiga asoslangan:

kadrning butun «hayotiyssikli» hisobga olinishi kerak;



informatika yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish dunyoning hozirgi

holati va rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda ta’lim mazmunidagi 
o‘zgarishlarni aks ettirishi kerak;

informatika va dasturiy ta’minot bo‘yicha mutaxassis bo‘lmaganlarga 
dasturlashni o‘rgatish zaruriyatidan voz kechish lozim;

informatika yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish didaktik spiral tamoyili 
asosida qurilishi kerak;



ishlab chiqilayotgan o‘quv kurslari mazmunining yangiligi va dolzarblik 
muddatini uzaytirishni axborotni qayta ishlash tamoyillariga urg‘u berish 
asosidagina amalga oshirish mumkin;



shaxsni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish sifatlarini kafolatlashga 
yo‘naltirilganlik;



o‘qish vaqti resurslarini o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish, o‘quv 
ijodiy faoliyatini tashkil etish foydasiga qayta taqsimlash.



Download 6.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling