Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги урганч давддат университети техника факультети


Download 251.54 Kb.
bet8/18
Sana17.06.2023
Hajmi251.54 Kb.
#1553311
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Kurs loyxa Bog\'lovchi moddar Yuldashev.P

Darzliklarga chidamligi.


Beton va temir-beton konstruksiyalarda darzliklar paydo bo`lishi ularni uzoq vaqt ishlatilishiga, yuk ko`taruvchi qobiliyatiga salbiy ta‘sir ko`rsatadi.Darzliklarkonstruksiyalarda mexanik yuklama, harorat va namlik ta‘sir etish natijasida yuzagakeladi.Temir-betonkonstruksiyalardadarzlikhosilbo`lishi,harorat-namlik ko`rsatkichlariga, beton xossasiga bevosita mustaxkamligiga, cho`kish ko`rsatkichiga,sudraluvchanligigabog`liq.Ko`polimlarningtadqiqotlarigako`ra, cho`kish ko`rsatkichlari bir hil bo`lgan sementlarni darzliklarga chidamligi har-xi bo`ladi. Masalan: Qotish tezligi past bo`lgan sementlar, darzliglarga chidamlik moyilligi kam bo`ladi. Darzliglarga chidamligini oshirish uchun 0.1 – 2% miqdorda sirtini aktivlashitruvchi qo`shimchalarni qo`shish tavsiyaetiladi.

Kimyoviy va fizikaviy agressiv faktorlarga sement va betonlarning


chidamligi.
Beton va temir beton konstruksiyalar nafaqat mexanik mustahkamlikka ega bo`lishlari kerak, balki xilma – xil tashqi kimyoviy va fizikaviy faktorlar ta‘siriga ham qarshilik ko`rsatishlari kerak.Yemirilish fizikaviy va kimyoviy turlarga bo`linadi:
Kimyoviy yemirilishi – har xil moddalarni, gazlarni, suvlarni suvli eritmalari, suyuk va gaz holatdagi noorganik va organik moddalar ta‘sirida yemirilishi.
Fizikaviy yemirilish – ko`p marotaba qaytaruvchi namlanish, qurish, erish va muzlash jarayonlari ta‘siridagi yemirilishi.
Sement va betonlarini g`ovak va kapillyarda mineral suvlarni kristall holatda yig`ilishi ham fizikaviy yemirilishi turiga kiradi.
Umuman olganda portlandsement asosida tayyorlangan beton buyumlari agressiv muxitlarga ancha chidamli bo`ladi deb hisoblanadi, ammo nomaqbul muxitda yoki sharoitda ular buzilib ketishlari mumkin. Portlandsementning har xil turlari u yoki bu agressiv faktorlar ta‘siriga har xil bo`lgan qarshiligi bilan harakterlanadi. Masalan: tarkibida alyuminiy kalsiy kam bo`lgan sementlar sulfatga chidamli deb hisoblanadi, pussalan portlandsement esa suvga chidamligi bilan harakterlanadi.Sementtoshda gidrat minerallar mahsulotlaridan eng eruvchan mineral bu Ca(OH)2 u bir litr suvda 1,3 gr eriydi, undan keyingi o`rinda gidroalyuminatlar, gidrosulfoalyuminatlar va nixoyat gidrosilikatlar turadi. V.M. Moskvin yemirilish jarayonini 3 guruhga bo`lgan: 1 — guruh: bunda tarkibiy qismlari erib ketishi natijasida sementtosh buziladi.2 —guruh: bu xil yemirilishda suvdagi moddalar bilan sementtoshdagi mineral orasida kimyoviy reaksiya natijasida hosil bo`lgan mahsulotlar yoki juda yengil eruvchan, yoki bog`lovchi xususiyatlargaegabo`lmaganbo`ladilar.3—guruhgasementhamirig`ovaklarida kameriydigantuzlarningcho`kishivakristallanishnatijasidasementtoshbuziladi.
Lekin yemirilishning to`la klassifikasiiyasini Kind V.V. tuzib chiqdi.

    1. Ishqorlarning, ya‘ni Ca(OH)2 ning o`z —o`zidan erib betondan ajralib yuvilibchiqilishi.

    2. Kislotalar ta‘sirida yemirilish — kislotayemirilishi.

    3. Sulfat yemirilishi — sementtoshga ionlarni ta‘siri ostida o`tadigan yemirilish (250 — 300 1000 mg. birlitrga).

    4. Uglekislota CO3 ta‘sirida o`tadiganyemirilishi.

    5. Magneizal yemirilish. Bunda sementtoshni va betonni yemirilishi eruvchan magniy ta‘sirida o`tadi. MgO dan tashqari kalsiy gidorsilikatlari va gidroalyuminatlar parchalanishi mumkin. Bu esa betonni buzilishiga olibkeladi.

Download 251.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling