Temir davri
Bronza va mis yaralganidan ancha vaqt o’tib temirni odamlar yaratihsdi.Ammo bu jarayon ancha ser-mahsaqqt jarayon bo’lib temir (1500°C) eriydi. Ammo temir mis va bronzaga nisbatan qattiqroq edi.
Temirdan birinchi bo‘lib Kichik Osiyodagi xettlar (mil. avv. XIV–XIII asrlar), so‘ngra qo‘shni mintaqalardagi (Mesopotamiya, Eron, Kavkazorti) xalqlar foydalana boshlaganlar. Temir buyumlarning tarqalishi sekinlik bilan borgan. Sof temir tabiatda kamyob metal bo‘lgani
uchun undan dastlab zeb-ziynat buyumlari yasashda foydalanishgan. Shunday buyumlar 1)Misr fir’avni Tutanxamon maqbarasidan va 2)Kavkazdagi Maykop qo‘rg‘oni yodgorligidan topilgan.
Mehnat qurollarining temirdan yasalishi eng avvalo, dehqonchilikning rivojiga ta’sir qildi.
Eslab qoling! Harbiy demokratiya – ilk davlatchilikka o‘tish davrida qabilalar ittifoqlariga saylab qo‘yilgan harbiy sardorlar boshchilik qilgan boshqaruv shakli.
Eslab qoling! Harbiy demokratiya – ilk davlatchilikka o‘tish davrida qabilalar ittifoqlariga saylab qo‘yilgan harbiy sardorlar boshchilik qilgan boshqaruv shakli.
Doimiy harbiy to‘qnashuvlar sharoitida qabilalar ittifoqlari paydo bo‘ldi. Bu ittifoqlarga harbiy sardorlardan saylangan kishilar rahbarlik qilganlar, jamiyat esa harbiy demokratiya tamoyillari asosida yashay boshladi.
Temir asri boshlarida O‘rta Osiyoda aholi to‘rtta guruhga bo‘lindi: 1)kohinlar, 2)jangchilar,
3)dehqonlar, 3)hunarmandlar.
Avestoga ko’ra jamiyat asoslari
Eslab qoling! Ijtimoiy tuzum taraqqiyoti: ibtidoiy to‘da → urug‘ → qabila → qabilalar ittifoqi.
Tuzuvchi: Baxtiyor Akbarzoda
Do'stlaringiz bilan baham: |