Olimlarning asarlari;qaysi davrda yashagani;asarining nimaga oidligi:
Download 1,05 Mb.
|
6-sinf 1-bo'lim maxsus qo'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ibtidoiy to`da
- O lduvay
Eng qadimgi urug`chilik tuzumi – insoniyat tarixining barcha mehnat qurollari umumiy bo`lgan, hamma odamlar hamkorlikda mehnat qilgan bir davridir. Insoniyat rivojidagi birinchi bosqich kishilarning ibtidoiy to`daga birlashuvi bo`lib, bu to`da o`zida qadimgi odamlarning katta jamoasini mujassam etgan edi. Ibtidoiy to`da – turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan qadimgi odamlar jamoasidir. Eng qadimgi to`da asta-sekin bo`linib ketdi, qarindoshlarning alohida uyushmasiga – urug` jamoasiga aylana bordi. Urug` – birgalikda yashagan va hamkorlikda mehnat qilgan, umumiy mehnat qurollari va qurol-yaroqqa ega bo`lgan qarindoshlar jamoasidir. Dastlabki urug` jamoalari ayol, ya`ni ona tevaragida jipslasha boshlagan. Insoniyat tarixidagi bu bosqich ona urug`i davri – matriarxat deb ataladi. Matriarxat – eng qadimgi tuzum rivojidagi bir bosqich bo`lib, qarindoshlik munosabatlari ona tomonga qarab belgilangan, urug`ga va oilaga ayol kishi sardorlik qilgan. Ancha keyinroq, mehnat qurollari va xo`jalik yuritish shakllari takomillashgani sayin jamoadagi yetakchilik mavqeyi asta-sekin erkak kishiga o`ta boshladi, endi erkak kishi urug`ga sardor bo`lib qoldi. Olimlar insoniyat tarixidagi bu davrni patriarxat deb atashadi, patriarxat bilan eng qadimgi urug`chilik tuzumi ham nihoyasiga yetdi. Patriarxat – eng qadimgi jamoa tuzumining bir davri bo`lib, unda erkak kishi jamiyat hayotida yetakchi mavqega ega bo`lgan, qarindoshlik munosabatlari ham ota tomonga qarab belgilangan.
Yer yuzidagi dastlabki odamlar qaddi-qomatini tik tutib yurgani, mehnat qurollarini yasash va ularni ishlatishni bilgani uchun hayvonot dunyosidan farqlanib turishgan. Qadimgi odamlarning yashagan hududlari
Download 1,05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling