Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
96 
maqbara yodgorligining tarixiy favvoralari maydonidagi gorizontal mozaika va 
mayolikalarini konservatsiyalash loyihasini tayyorlangan.
―Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish 
to‗g‗risida‖gi qonunga binoan madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan 
foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi, O‗zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi arxivlar Bosh boshqarmasi 
va joylardagi davlat hokimiyati organlari amalga oshiradilar.
Ko‘k gumbaz masjidi 
 
Ko‗k gumbaz masjidi temuriylar 
hukmronligi 
davrida, 
1435-yili 
Shahrisabzdagi 
Shamsiddin 
Kulol 
maqbarasining qarama-qarshisida qurilgan. U 
jome‘ masjidi vazifasini o‗tagan.
Masjidning tarhi chorsu shaklida 
bo‗lib, yon devorlariga toqilar joylashtirilgan. 
Yuqorisiga qarab, tik devor, burchaklari 
qalqonsimon bag‗alli, bag‗allar qatori hamda 
16 qirralik asosdan baland gumbazga 
o‗tilgan. 
Inshootning qurilishida pishgan g‗isht, har xil o‗lchamdagi toshlar, yog‗och, 
marmar va boshqa ashyolardan foydalanilgan. 
G‗arbiy devorida mehrob qilingan, uning tashqarisi esa, berk peshtoq 
ko‗rinishini olgan. Binoning birchak asoslariga tomga chiqadigan aylanma zinalar 
joylashtirilgan. Ichki gumbaz tashqarisidan, kvadratning ustidagi sakkiz qirralikda 
mahobatli asosga joylashtirilgan va moviy sirkor g‗ishtchalar qoplangan gumbaz 
ko‗rinishini olgan. Masjidning kirish qismi sharq tomondan bo‗lib, u baland peshtoqli 
qilingan. Peshtoq bezagini asosan sirkor g‗ishtlardan terilgan girrix naqshlar tashkil 
qiladi. Uning burchagi nim ustunlariga, ravoq qanoslari va arabiy yozuvli 
hoshiyalariga mayolika ishlatilgan. 
2002-yil Shahrisabz shahrining 2700 yilligi munosabati bilan inshoot atrofida 
ko‗pgina ishlar amalga oshirildi. 

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling