Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 106 Davlat hukmdorlarining ayrimlari amalga oshirgan ishlari va islohotlari mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojini ta‘minlagan. Xususan, Sobuqtegin turk g‗ulomlaridan iborat 20 mingdan iborat muntazam yollanma qo‗shin tuzdi, o‗z nomidan tanga zarb qildirdi. Uning o‗g‗li Mahmud davrida harbiylarning nufuzi yanada oshdi. U qo‗shin tarkibiga harbiy fillarni ham olib kirdi, G‗azna va Qobul shaharlarida o‗z nomidan kumush dirham zarb qildirdi. Ilm-fanga homiylik qilib, saroyda ijod muhitini yaratgan. U 1025-yil saljuqiylardan jabr chekkan 4 ming o‗tovdan iborat turkman qabilalarini Abiverd, Niso va Farova tumanlariga ko‗chirib, ularga yer ajratib berdi. Uning vorislaridan Xusravshoh taqdir taqozosi bilan poytaxtni G‗aznadan Lohurga ko‗chirdi. G‗aznaviylar davlatida ilm-fan, madaniyat, xususan, adabiyot rivojlangan. Hatto, Mahmud G‗aznaviyning o‗zi turkiy ona tili bilan bir qatorda fors, arab va pahlaviy tillarini ham mukammal bilgan, she‘rlar yozgan. Poytaxt saroyda 400 dan ortiq olim, shoir va san‘atkorlar ijod qilgan. G‗aznaviylar davlatida qurilish va me‘morchilikka ham jiddiy e‘tibor berilgan. G‗azna, Balx, Nishopur, Lohur va boshqa shaharlarda ko‗plab madrasalar, masjid, xonaqoh va saroylar bino qilinib, kutubxonalar faoliyat ko‗rsatgan. Bu yerda yashab faoliyat ko‗rsatgan tarixiy shaxslar Abul Fazl Bayhaqiy, Gardiziy, 1017-yil Xorazm Mahmud G‗aznaviy tomonidan bosib olingach, u yerdan poytaxt G‗aznaga keltirilgan buyuk mutafakkirlar – Abu Rayhon Beruniy, Nosir Husrav va ma‘lum muddat G‗aznaviylar saroyida yashagan Abul Qosim Firdavsiylardir. Beruniy ―Qonuni Mas‘udiy‖, Bayhaqiy ―Tarixi Mas‘udiy‖ asarlarini Sulton Mas‘udga bag‗ishlaganlar. Firdavsiy 34 yillik ijod mahsuli bo‗lgan, nazmda (she‘riy), masnaviy (ikkilik) janrida yozilgan mashhur ―Shohnoma‖ asarini sulton Mahmudga taqdim etgan. G‗aznaviylar tarixini o‗rganishga oid bir qancha manbalar mavjud. Bular Nizomulmulkning ―Siyosatnoma‖, muallifi noma‘lum bo‗lgan ―Chahor maqola‖ (XII asr), ―Jome ul-hikoyat‖, ―Lubob ul-albob‖ (XIII asr), ―Miftox ul-adl‖ (XIV asr) hamda eng ishonchli manbalar hisoblangan Gardiziyning ―Zayn ul-ahbor‖, Bayhaqiyning ―Tarixi Mas‘udiy‖ (Tarixi Bayhaqiy), Beruniyning ―Qonuni Mas‘udiy‖, ―Hindiston‖, ―Osorul boqiya‖, Abu Nasr Utbiyning ―Tarixi Yaminiy‖ (Yamin ud-davla tarixi) asarlari shular jumlasidandir. Mustaqillik yillarida o‗zbek davlatchiligiga oid juda ko‗plab asarlar yaratildiki, ularni nomma-nom sanab o‗tishning hojati bo‗lmasa kerak. G‗aznaviylar davlatining o‗ziga xos jihatlari shundan iboratki, u kuchli harbiy qo‗shin hisobiga qudratga erishgan imperiya edi. Uning qo‗shinida boshqa turkiy davlatlarda bo‗lmagan harbiy fillar mavjud bo‗lgan. Davlatning poytaxti esa ilgari hech qaysi bir davlatning ma‘muriy markazi vazifasini bajarmagan. Tashqi tomondan qaraganda qudratli bo‗lgan bu imperiya (hududi kattaligi jihatidan) ich-ichidan yemirilib bordi. Bu davlatning boshqa davlatlardan farqlanadigan asosiy jihati esa unga asos solgan hukmdorlar oddiy qullikdan sulton darajasiga ko‗tarilgan edi. G‗aznaviylar davlati qisqa muddat yashagan bo‗lsa-da, insoniyat sivilizatsiyasiga munosib ta‘sir ko‗rsatdi, albatta. Sultonlar islom dini bayrog‗i ostida qo‗shni davlatlarni fath etdi va buning natijasida Shimoliy Hindiston aholisining ko‗pchiligi islom dinini, madaniyatini qabul qildi. Yuqorida aytganimizdek, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling