Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
107 
imperiyaning markaziy shaharlarida masjidlar, madrasalar bino qilindi. Jahon ilm-
faniga katta hissa qo‗shgan, Sharq va G‗arb mamlakatlari o‗quv yurtlarida 
foydalanilayotgan va tadqiqot ishlari olib borilayotgan shoh asarlar – ―Hindiston‖, 
―Menerologiya‖, ―Osorul boqiya‖ (Beruniy), ―Shohnoma‖ asarlari G‗aznada 
yaratilgan edi. Mahmud G‗aznaviy Xorazmni zabt etgach, Ma‘mun akademiyasining 
aksariyat olimlari G‗aznaga ko‗chirildi va ma‘lum ma‘noda bu akademiyaning 
faoliyati shu yerda davom ettirildi. G‗aznaviylar davlati esa turkiy imperiya sifatida 
Markazi Osiyo davlatchiligi tarixida alohida ahamiyat kasb etadi. 
Qo‗llanilgan tarixiy atamalar: 
Qo‗llanilgan tarixiy sanalar: 
Hojib, hojib ul – buzruk, devon, muhtasib, 
vaqf, qozilik, shariat, xonaqoh Nosir ud-din ud-
davla, Shams ud-din, Yamin ud-davla va amin 
al-milla, mulki sultoniy, sayyid, mulki xos, 
mulk yerlari, iqto‗, xiroj, ushr, jiz‘ya, zakot, 
Buyuk ipak yo‗li, tamg‗achxon, lashkarboshi
xalifa, roja, diktatura, mustamlakachilik, 
sulton, voliy, rais, amid, qutvol sipohsolor, 
solor, sarxang, flot, gurzi, nazm, masnaviy
sivilizatsiya, imperiya, akademiya. 
X asr, 962-963-yillar, 962-1186-
yillar, 962-963, 977-997, 997-998, 
998-1030, 1030, 1030-1041, 1041, 
1041-1048, 1049-1051, 1051-
1099, 1099-1115, 1117-1153, 
1153-1160, 1160-1186-yillar, 996-
yil, 1025-yil, 1017-yil, 1040-yil, 
1025-yil.
 
Boburiylar davlati 
 
Boburiylar davlati 1526-1858 yillarda, ya‘ni 332 yil yashagan. Boburiylar 
davlatining hududi Bobur davrida Afg‗onistonning sharqiy viloyatlari, hozirgi 
Pokiston va shimoli-g‗arbiy Hindistondan iborat bo‗lgan. Uning vorislari zamonida 
davlat hududi Hindiston yarim orolining to‗liq bo‗ysundirilishi evaziga Hind 
okeanigacha bo‗lgan yerlar hisobiga kengaydi. Boburiylar saltanati shimolda Himolay 
tog‗lari bilan, g‗arbda Shayboniylar va Eron safaviylari davlati bilan, janub va 
janubiy-g‗arbda Arabiston dengizi bilan, janubiy-sharqda esa Hind okeani bilan 
chegaradosh bo‗lgan. 
Bu davlatning poytaxti Agra shahri bo‗lgan. Ushbu davlatning asoschisi 
Zahiriddin Muhammad Boburdir. 
Bobur Mirzo barcha temuriyzodalar kabi bobosi Amir Temur davlatini tiklash 
orzusida bo‗lgan. Lekin Movaraunnahrdagi siyosiy vaziyat bunga yo‗l qo‗ymadi. 
Sababi bu davrda Shayboniylar va Safaviylar, shuningdek, Bobur o‗rtasidagi vaziyat 
ancha murakkab bo‗lib, Bobur Mirzo Movaraunnahrdan chiqib ketishga majbur 
bo‗lgan va Afg‗onistonda o‗z davlatiga asos solgan. Bobur Mirzo Qobul hukmdori 
bo‗lib, Dehkat qishlog‗ida turgan paytda bir kampirdan Amir Temurning Hindistonga 
yurishi haqidagi hikoyasini tinglab, bobosi kabi Hind yurtini bosib olishga kirishadi. 
Bu vaqtga kelib Hindistonda ham siyosiy vaziyat ancha murakkab edi. Bu vaqtda 
Hindiston mayda-mayda knyazliklarga bo‗linib ketgan edi. Ibrohim Lo‗diy Dehli va 
Agra sultoni edi, lekin u Shimoliy Hindistonda to‗la hukmronlik qila olmasdi. Bu 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling