Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat: G‘aznaviylar davlati.
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar.uz 103 DAVLATLAR TARIXINI YOZISH BO‘YICHA NAMUNA Davlat: G‘aznaviylar davlati. X asrning ikkinchi yarmiga kelib Somoniylar davlatida ichki nizolar, mahalliy hokimlarning boshboshdoqlik harakatlari avj olib ketdi. Oqibatda mamlakatda iqtisodiy tanglik sodir bo‗ldi. Mamlakatda sodir bo‗layotgan bunday og‗ir vaziyatda turk hojiblari (harbiy boshliqlar) tashkil topgan saroy gvardiyasining nufuzi nihoyatda kuchaydi. Chunki harbiy va mudofaa ishlari to‗liq ularning qo‗lida edi. Turkiy sarkardalarning xizmatlari evaziga somoniy hukmdorlari aksariyat iqtidorli lashkarboshilarni ―hojib ul-hojib‖ (hojiblar hojibi) yoki ―hojib ul-buzruk‖ (katta, ulug‗ hojib) kabi oliy harbiy mansablarga tayinlab, ularga hatto ayrim viloyatlarni boshqarish huquqini berganlar. Shunday hojiblardan biri Alpteginga G‗azna viloyatini boshqarish vakolati beriladi. U bu viloyatni 962-963-yillarda boshqargan. Alptegin G‗azna va Qabul viloyatlarini mustaqil idora etishga intilib, G‗aznaviylar davlatiga asos soladi. Mana shunday tarixiy shart-sharoit tufayli yangi bir turkiy davlat tashkil topdi. Bu davlat 962-1186-yillarda hukm surgan va o‗zining eng qudratli cho‗qqisiga ko‗tarilgan paytda uning chegarasi g‗arbda Erondagi Ray va Isfahon shaharlari, Kaspiy dengizi, shimoliy-g‗arbda Xorazm va Orol dengiziga cho‗zilgan. Sharqda esa Shimoliy Hindistonning kattagina qismini o‗z ichiga olgan va Janubiy Belujistongacha yetgan edi. Somoniylar sulolasi barham topgach, Mahmud G‗aznaviy ularning Xurosondagi hududini, so‗ng Xorazm davlatini ham o‗z saltanatiga qo‗shib olgan. Bu qudratli davlatning poytaxti G‗azna (hozirgi janubiy-sharqiy Afg‗onistonda) shahri bo‗lgan va davlatni shu shahar nomi bilan ataluvchi G‗aznaviylar sulolasi boshqargan. G‗aznaviylar sulolasida 14 hukmdor bo‗lgan. Bular: Alptegin (962-963), Sobuqtegin (977-997), Ismoil (997-998), Mahmud G‗aznaviy (998-1030), Muhammad (1030), Mas‘ud (1030-1041), Muhammad (ikkinchi marta) (1041), Mavdid (1041- 1048), Mas‘ud II, Ali abul Hasan (1049-1051), Abdurashid (1051-1099), Mas‘ud III (1099-1115), Sherzod, Arslon, Bahromshoh (1117-1153), Xusravshoh (1153-1160), Xusrav Malik (1160-1186)lardir. G‗aznaviylar davlati hukmdorlaridan faqat eng buyuklarininggina shaxsiy fazilatlari haqida tarixiy manbalarda ma‘lumotlar saqlanib qolgan. Xususan, davlatning birinchi va ikkinchi hukmdorlari, ya‘ni Alptegin va Sobuqtegin asli turk g‗ulomi (qul) bo‗lgan va somoniylar oldidagi sadoqatli xizmati hamda harbiy-siyosiy iste‘dodi tufayli hukmdorlik darajasiga yetib borgan. Tarixiy manbalarda (Abul Fazl Bayhaqiy) Sobuqtegin iste‘dodli sarkarda, somoniylarga Hindistonni zabt etib bergan fotih, oqko‗ngil va odil inson deb ta‘riflangan. Sobuqtegindan keyin taxtga chiqqan uning kichik o‗g‗li Ismoil mamlakatni 7 oy boshqargan. U tabiatan tartibsiz, tor fikrlovchi, takabbur bo‗lgan. Lekin undan keyin taxtga chiqqan ukasi Mahmud G‗aznaviy adolatli, fuqaroparvar, tadbirkor, sermulohazali va kelajakni oldindan ko‗ra biladigan, har qanday murakkab muammolarni aql bilan odilona hal etadigan hukmdor bo‗lgan. Uning metindek intizom, qattiqqo‗llik va talabchanlik siyosatiga asoslangan harbiy yurishlariga uncha-buncha kuch bas kela olmagan. Uning o‗g‗li Mas‘ud esa biroz xotirjam, harbiy san‘atda otasi darajasida bo‗la olmagan va uning davrida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling